№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

VA VOSITALARI 
 
Tayanch so‘zlar: 
metod, ta’lim metodlari, 
axborotli namoyish etish metodi, mustaqil ish 
metodlari, ma’ruza, ma’ruza-bahs metodi, suhbat, 
laboratoriya 
metodi, 
manbalar 
bilan 
ishlash 
metodi,ta’lim vositalari.
 
 
6.1. Ta’lim metodi va usullari tushunchalari 
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar 
bo‘lajak o‘qituvchilarga shu fanlar haqida ma’lumot berib mazkur 
kasbga tayyorlaydi. Bu ta’lim jarayonida amalga oshadi. Ma’lumki, 
ta’lim ikki yoqlama jarayon bo‘lib, ta’lim beruvchilar va o‘quvchilar 
faoliyatini qamrab oladi. Bu jarayonning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan 
ta’lim beruvchilar bilan ta’lim oluvchilar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishi bilan tasvirlanadi. Bu yo‘lni pedagogika fanida o‘qitish 
metodlari deb atash va nomlash qabul qilingan. Chunonchi o‘qitish 
metodlarini faoliyatni amalga oshirish yo‘li bo‘lib, u ko‘zlangan 
maqsadga erishishiga olib boradi.
Darhaqiqat, “Metod” yunoncha “metodos” so‘zidan olingan 
bo‘lib, “tadqiqot yo‘li”, “usul” kabi ma’nolarni anglatadi va maqsadga 
erishish uchun ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchining o‘zaro ta’limiy 
muloqotlarini, tadqiqotlari amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 
Ta’lim metodlarining mohiyati, ularga berilgan ta’riflarda o‘z 
izohini topa olgan. Zero, o‘qitish jarayonning mohiyati shu jarayon 
uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon 
bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni amalga oshirishga 
ko‘maklashuvchi usul, metod, so‘zlarda aks ettiriladi. 
Keyingi davrlarda ilmiy pedagogik manbalarda “ta’lim metodlari” 
tushunchasida ko‘pgina ta’riflar berilgan bo‘lib, bu ta’riflarda o‘qitish 
jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini bir 
yo‘nalishda undovchi fikrlar qayd etilganki, ular to‘liq ma’noda “ta’lim 
metodlari” terminining mohiyatini to‘la ochib bera olishga qodir. 
Masalan, ta’lim metodlari o‘quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri 
(komponenti) bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini barcha 
yo‘nalishlarini yoritishda xizmat qiladi, ular o‘rtasida ko‘p sonli 


95 
aloqani va bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi
1
deb yozgan edi professor 
G.I.Shukina. Bu ta’rifda ta’lim metodlarining mohiyati o‘qitish 
jarayonida o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar faoliyatlarini yakka 
maqsad bo‘yicha tashkil qiladi hamda faoliyatning turli aloqadorlik va 
bog‘lanishlik holatini vujudga keltirishdaligi ochib berilgan. 
Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchini o‘rgatuvchanligi 
faoliyati asosida o‘quvchilar o‘quv mehnatini tashkillashtiruvchi 
hamda didaktik topshiriqlar yechimini topishga yo‘naltirilgan o‘quv-
biluv faoliyati usullari jamigina ta’kidlovchi ta’rif ham mavjud. 
“Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchining o‘rgatuvchanligi va 
o‘quvchilarning o‘quv materialini egallashga yo‘naltirilgan turli 
didaktik masalalar yechimini topishga oid o‘quv-bilish faoliyatlarini 
tashkil etish usullari tushuniladi”
2
Shu nuqtai nazarda pedagogik turkum fanlarni o‘qitadigan 
o‘qituvchilar unutmasligi kerakki, qayd qilingan ta’riflarda ta’lim 
metodlari o‘quv jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun 
o‘qituvchi - o‘quvchilar faoliyatini yagona yo‘nalishi nazariy va amaliy 
bilimlarni o‘zlashtirishiga yo‘naltirish yo‘llarini anglatishi nazarda 
tutilgan.
Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va 
o‘quvchining faoliyati qanday tartibda bo‘lishini, o‘qitish jarayonini 
qanday tashkil etish va olib borish talabga muvofiqligini hamda bu 
jarayonda 
o‘quvchilarning 
o‘quv-bilish 
harakatlari 
qanday 
tashkillashtirilishi lozimligini ham bilib beradi. 
Ma’lumki, o‘qituvchi ta’lim berish jarayonida insoniyat taraqqiyoti 
va tajribasida to‘plangan hamda bilimlar holatiga keltirilgan 
ma’lumotlarni bu ma’lumotylarni hali egallamagan o‘quvchining ongi 
o‘rtasida vositalik vazifasini bajaradi. Bunday holatda bola 
o‘qituvchining ko‘magisiz ijtimoiy tarixiy tajribalarni ifodalovchi 
barcha bilimlarni o‘zlashtirishga qodir emas. Bunday o‘qituvchining 
katta xizmati o‘quv meyorini bayon qilishga eng maqbul yo‘l, metod va 
usullarni tanlashda namoyon bo‘ladi. Ta’lim metodlari o‘quv 
materialini bayon qilishda va bolalar yaxshi bilib olishlariga qaratilgan 
o‘qituvchi 
va 
o‘quvchining 
o‘zaro 
hamkorlikdagi 
tartibli 
faoliyatlarining usullari ham hisoblanadi. “Ta’lim metodlari dastlab 
1
Qarang: Pedagogika: o’qituvchilartayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishi uchun 
darslik.- T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010, 125-bet. 
2
Харламов И.Ф. Педагогика: учеб. пос. 2- изд Высшая школа, 1990, 194-195-ст


96 
pedagog ongida, muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashgan 
tarzdagi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mazkur ko‘rinish amaliy 
faoliyatda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘zaro bogliqligida 
o‘qitish va o‘qish vazifalarini aniq bajarishga yo‘naltirilgan harakatlar, 
amallar usullar birligida amalga oshiriladi. Metod boshqa 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmaydi, buning sababi ta’lim metodi o‘zida 
umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”
1

Shuni e’tirof etish joizki ta’lim metodlari tarkiban, o‘qitish va 
o‘qish usullaridan tashkil topgan. Bunda o‘qitish va o‘qish usullari 
metodning bir qismi bo‘lib, o‘quv vazifasini hal etishda metodning 
metodning ta’sirchanligi va natijaviyligini kengaytiradi. Masalan, 
o‘qituvchi og‘zaki bayon metodidan foydalanganda, tushuntirish yoki 
suhbat usulidan foydalanishi mumkin, o‘quvchi esa o‘qishda mustaqil 
ish yoki kitob bilan ishlash usulidan foydalanadi. Bunda bilimlarni 
og‘zaki bayon etish, tushuntirish, suhbat, mustaqil ish, kitob bilan 
ishlash kabilar usullar hisoblanib, ular yordamida didaktik vazifalar-
bilimlarni o‘rgatishi, mustahkamlash, tadbiq qilish hal etiladi. 
Chunonchi, o‘qituvchi ijtimoiy tajribani o‘quvchilarga o‘rgatish 
talablaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatini o‘quvchi-yoshlar faoliyatiga 
muvofiqlashtiradi. 
Bunda 
ta’lim 
metodlarini 
ta’lim 
usullari 
to‘ldiradigan bo‘lishi kerak, mabodo bunday bo‘lmasa, ta’lim 
metodlarining natijasi foydasiz narsaga aylanadi. 
Ta’lim metodlari yana bir tomondan oliy o‘quv yurti talabalarining 
anatomik-fiziologik, 
biologik 
xususiyatlariga 
ham 
bog‘liqdir. 
Talabalarning bilim faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos 
biologik rivojlanishni hisobga olish lozim. Chunki, ta’limning ko‘p 
jihatlari ishlash qobiliyati, jismoniy sog‘lik, aqliy o‘sish, kayfiyat, 
intellekt, gigiyenik shart-sharoitlar aynan biologik rivojlanish bilan 
bog‘liq. Oliy ta’lim talabalarining intellektini inobatga olib ta’lim 
metodlarini tanlash muhim ahamyat kasb etadi. Binobarin intellekt-
bilish, tushunish, idrok qilish hisoblanib, yoshlarni aqliy qobiliyati 
fikrlashi, o‘qish-o‘rganishi ijtimoiy hayotni, muhitni, voqelikni aynan 
ongda aks ettirishni voqea hodisalarni oldindan ko‘ra bilish layoqatini 
ifodalaydi va turli muammolarni oqilona hal qilish, aniq qarorlar 
chiqarish, to‘g‘ri ish yuritishi uchun muhim ahamyat kasb etadi.
1
Лернер И.Я. Дидактическая система методов обучения. –М.; «Знание» , 14-15-ст.


97 
Demak, pedagogik fanlarni o‘qitish metodlari deyilganda, 
pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan pedagogik 
turkum fanlaridagi ma’lumotlarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi 
tomonidan bayon qilish, uzatish va ta’lim oluvchi(o‘quvchi)lar 
tomonidan bu ma’lumotlarni, nazariyalarni idroklash, o‘zlashtirish 
yo‘li deb tushunmoq kerak. 
Pedagogika fanlarini pedagogika va psixologiya ta’lim kurslarida 
o‘qitish jarayonida ta’lim metodlarini optimal tanlashga erishish uchun, 
avvalo, o‘qituvchi ta’lim metodlarining nazariy va amaliy asoslarini, 
o‘quvchi yoshlarning yosh va individual ruhiy xususiyatlarini, ilmiy 
bilimlarni o‘zlashtirishdagi layoqatlarini, qiziqishlarini inobatga olgani 
bo‘lishi, tajribadan sinalgan metodlar bilan to‘la qurollangan, ulardan 
optimal foydalanish yo‘llarini mukammal egallagan bo‘lishlari lozim. 
Shuningdek, ta’lim metodlarini pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida 
optimal tanlash uchun ta’lim metodlari tasnifini chuqur egallagan 
bo‘lishlari talab etiladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish