Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlari mohiyati




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
6.3. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlari mohiyati 
Pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim metodlarini tanlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zero, tanlash o‘qituvchi imkoniyatlarini 
kengaytiradi, ta’lim o‘rganishda ta’lim oluvchilarning o‘quv-biluv 
faoliyatlarini faollashtiradigan ta’lim metodlarini tanlash muhim 
pedagogik hodisa hisoblanadi. Ta’lim metodlarini tanlash va optimal 
qo‘llashda o‘qituvchi muayyan tartib qoidalarga rioya qilishi lozim: 
1.
Tanlanayotgan metod o‘quv materiali mazmuniga muvofiq 
bo‘lishi, mavzuni murakkabligi, o‘rganilayotgan o‘quv material 
yuzasidan o‘quvchilarda ayrim hayotiy hodisalar mavjudligi, o‘quv 
materialining hajmini inobatga olish zarur. Mavzu o‘quvchilarning real 
o‘quv imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, 
o‘rganilayotgan material o‘quv jarayonining qaysi bosqichida 
turganligini va qanday aniq o‘quv hamda tarbiyaviy masalalar hal 
etilayotganligini aniq tasavvur qilish lozim. Mavzu o‘quvchilarning 


104 
o‘quv imkoniyatiga muvofiq kelsa, yani u shu mavzu yuzasidan 
qandaydir tushunchalarni egallagan bo‘lsalar, yoxud avvalgi o‘qish 
bosqichlarida o‘rganilayotgan o‘quv ma’lumoti yuzasidan muayyan 
tasavvurga ega bo‘lsalar, reproduktiv metodlar bilan muammoli bayon 
qilish metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Pedagogik 
turkum fanlardan, ayniqsa umumiy pedagogika, pedagogika tarixi, 
ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi fanlarining ayrim mavzularini 
o‘tishda bu metodlardan foydalanish ma’qul. Talabalar yuqorida tilga 
olingan fanlarning qaysi bir bo‘limlari yuzasidan quyi bosqichlarida 
ayrim ma’lumotga ega bo‘lganlar. Masalan, 1-bosqichda “Pedagogika 
nazariyasi va tarixi” fanidagi “Shaxsning rivojlanishi, ijtimoiylashuvi 
va tarbiya”, 3-bosqichda “Oila pedagogikasi” fanidagi “Ota onaning 
tarbiyachilik faoliyati” 3-bosqichda “Ijtimoiy pedagogika” fanidagi
“Bolaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktor” bo‘limidagi 
ma’lumotlar bir-biriga yaqin va bir-birini to‘ldiradi. Shu singari 
bo‘limlardagi mavzular bog‘lanishini ta’minlash zarur. 
2.
Qo‘llaniladigan ta’lim metodlari ta’lim prinsiplariga muvofiq 
kelishi lozim. Bunda tanlanadigan o‘qitish metodlari pedagogika 
fanlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ta’lim prinsiplarini 
amalga oshirishda real imkoniyat vujudga keltirilmog‘i darkor. 
Pedagogik fanlarni o‘qitishda talabalarga ta’lim-tarbiya berish, 
tarbiyalash, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi bunda 
nazariyaning amaliyot bilan, ilmiylikning puxtalik bilan mustaqillik va 
izchillik prinsiplariga bog‘liqlikda olb borilishi ta’lim metodi 
muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi 
va 
o‘zlashtirishni 
kuchaytiradi. 
Shuningdek real o‘quv imkoniyatlarini inobatga olgan holda pedagogik 
ma’lumotlar-shaxs ta’lim, tarbiya, bilim oluvchilarning ijtimoiy kelib 
chiqishlari pedagogik jarayonning xos xususiyatlarini hamda bolaning 
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktorlar, ota-onaning tarbiyachilik sanati; 
tarbiya va ma’naviyat, bolaning rivojlanishi, tarbiyaning nazariy ilmiy 
va milliy asoslari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni o‘zaro bog‘liqlikda 
o‘rgatish, pedagogika turkum fanlarini o‘qitishda tarixiylik va 
milliylikka asoslanishda reproduktiv, tadqiqiy-ijodiy, tadqiqot, 
muammoli o‘qitish, maqsadga muvofiq bo‘ladi 
3.
Ta’lim metodi mashg‘ulot turi, maqsadi va vazifalariga muvofiq 
bo‘lishi shart. Pedagogika fanlari ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi 
funksiyalar bilan ruhiy-ijtimoiy malakalar, aqliy qobiliyat, ijodiy 
tafakkur, o‘zini anglash, shaxs, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat, o‘zini 


105 
boshqarish, ma’naviy yuksalish kabilarni amalga oshirish pedagogika 
darslarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun 
pedagogik turkum fanlar mashg‘ulotlarida bu funksiyalarni amalga 
oshirishga yaxlit bir tizim sifatida yondashishga yordam beradigan 
metodlarni qo‘llash kerak. Bu funksiya va maqsadlar yaxlitligini 
ta’minlashda namoyish-kuzatish, ma’ruza, suhbat metodlari bilan birga 
nazorat, o‘z-o‘zini nazorat metodlarini qo‘shib olib borish tavsiya 
etiladi. 
4.
Talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta 
shug‘ullanishdagi faoliyatlarini faollashtiruvchi o‘qish motivlarini 
shakllantiruvchi, o‘quv axborotini egallashga qiziqish, tashabbusni, 
mustaqillikni va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishga undovchi 
metodlarni qo‘llash. Bunga uchun ta’limning muammoli, qisman 
izlanish va evristik, tadqiqotlilik, rag‘batlantirish metodlaridan 
foydalanish orqali erishiladi. 
5.
Qo‘llaniladigan metod o‘qituvchining o‘quv ishi sharoitlari va 
imkoniyatlari-mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona va uning jihozlanishi, 
o‘quv asboblari, gigiyenik sharoitlar mavjudligi, yil fasli, kunning 
tarkibiy qismi, o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishga 
tayyorligi va shu kabilarni inobatga olib tanlanishi lozim. 
6.
Qo‘llaniladigan metod o‘rganilayotgan mavzu xususiyatlariga 
muvofiq bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishni nazardan qoldirmaslik 
darkor. Masalan, “Pedagogikaning umumiy asoslari” bo‘limini 
o‘tishda, ko‘proq pedagogika fanining predmeti, metodologiyasi, 
drektiv va normativ hujjat (“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim 
sohasida davlat ta’lim standarti” vazirliklar, rektorat tomonidan fanni 
o‘qitishga qo‘yilgan talablar)ni inobatga olgan holda metod tanlash 
lozim. 
Buning 
uchun 
o‘qitishning tushuntirish-illyustrastsiya, 
muammoli bayon qilish, hikoya, suhbat, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish kabi metodlardan foydalanish maqul hisoblanadi. 
7.
Qo‘llaniladigan metod talabalarning real o‘quv imkoniyatlari 
o‘zlashtirish darajali, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan 
holda tavsiya etiladi. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib 
chiqib bir mashg‘ulotning o‘zida bir necha metoddan foydalanish 
mumkin. Masalan, o‘quvchi-talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirishi bo‘sh bo‘lgan talabalar uchun reproduktiv, produktiv, 
qisman izlanish (evristik) metodlardan foydalanilssa yaxshi bo‘ladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlari mohiyati

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish