Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
5.2.Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi 
muhim g‘oyalar (asoslar) 
Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi 
darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va 
madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir. Ijtimoiy 
tajriba quyidagi to‘rt element bilan tavsiflanadi: 
- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari 
- faoliyatning ko‘nikma, malaka va usullari; 
- yangi vazifalarni hal etish bo‘yicha ijodiy faoliyat tajribasi; 
- atrofdagilar bilan o‘zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli 
munosabatlar tajribasi. 
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g‘oyalariga ko‘ra ta’lim 
mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi: 1) olam haqidagi 
bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy 
faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga emotsional (hissiy) qadriyatli 
munosabat tajribasi. 
Bilim va ko‘nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo‘lib qolishi mumkin, 
lekin unga tayyorlikka kafolat bo‘la olmaydi. Ijodga, ta’limning o‘ziga 
xos turi sifatida maxsus o‘qitish kerak bo‘ladi. Atrof-muhitga 
emotsional-umumiy munosabatda bo‘lish u haqida bilish, lekin ularga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish 
uchun o‘qitish jarayonida maxsus ishlash olib berish zarur. 
Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? 
Ta’lim mazmuniga nima ta’sir ko‘rsatadi? U nimaga bog‘liq bo‘ladi? 
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat 
bo‘ladi: 
-
fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
-
ta’limning maqsad va vazifalari;
-
o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari;
-
o‘quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmuni o‘quvchilarda atrof-
muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o‘zlarining 
amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni izlashg va bu 
bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo‘llashga o‘rgatishi 
kerak. Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarida, darsliklarda 


80 
aks ettiriladi, XX asr 80-yillarida amaliy qo‘llanilgan o‘rta umumta’lim 
maktabi namunaviy o‘quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil 
qilishga mos kelmas edi. Bu o‘quv rejasining eng asosiy kamchiligi 
– uni shakllantirishning haddan tashhari markazlashtirilishidir, bu esa 
maktablarning hammasi bir xil bo‘lishi, taklif etilayotgan ta’lim 
idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning 
turli 
ta’limiy 
talablari 
hisobga 
olinmaydi; ko‘p 
predmetlilik, o‘quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og‘irlik qiladi va 
ta’lim mazmunining sun’iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu 
ta’limning texnokratik yo‘nalishi uning insonparvarlik va madaniy, 
badiiy-yaratuvchilik rolini yo‘qotishiga olib keladi. O‘quv rejasining 
ana shu va boshqa ko‘plab kamchiliklari didakt olimlar va 
amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi. 
Hozirgi sharoitda o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari uchun ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari)ni ishlab chiqishda 
ta’lim mazmunida quyidagi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi:
-
insonparvarlashtirish;
-
integratsiya;
-
standartlashtirish;
-
ko‘p bosqichlilik;
-
axborotlashtirish;
-
individuallashtirish;
-
ketma-ketlik.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish ta’lim muassasasining 
o‘quvchiga e’tibor haratishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini 
hurmat qilishi, birinchi navbatda o‘quvchilarning qobiliyatlarini 
rivojlantirish, ularning mustaqil hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlari 
uchun sharoit yaratishni ko‘zda tutadi. Insonparvarlashtirish gumanitar 
va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo‘lishi, matematik, biologik, 
texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni 
ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g‘oyalarining aks 
etishi o‘quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam 
beradi. 
Ta’limni insonparvarlashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim 
jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o‘rtasida 
o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning 


81 
sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining 
his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga 
xizmat qiladi. 
Ta’limni insonparvar (gumanitar)lashtirish yangi tayanch o‘quv 
rejasining ikkinchi muhim g‘oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish 
birinchi navbatda tayanch o‘quv rejasida gumanitar fanlar hajmini 
oshirishda o‘z ifodasini topadi. Bu xususan estetik tarbiyani tashkil 
etishga 
o‘quv vaqtini ikki barobar ko‘paytirishga imkon 
beradi. Gumanitarlashtirish – bu ta’limning bosqichi va turidan qat’iy 
nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal 
etishga 
imkon 
beruvchi 
ta’lim 
mazmunini 
o‘zlashtirishga 
yo‘naltirishdir. 
Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g‘oyasi – 
ta’limni differentsiyalashtirish. Bu yo‘nalish majburiy kurslar bilan 
birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o‘qitish, 
fanlarni tanlash asosida olib borishni ko‘zda tutadi. Sinfda, sinflar 
o‘rtasida hamda turli yoshdagi o‘quv guruhlarida fakultativ kurslarni 
individual, guruhli mashg‘ulotlar hamda qiziqishlariga ko‘ra 
to‘garaklarni rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Differentsatsiyalash – 
bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo‘nalishi 
hisoblanadi. Respublikada o‘tgan asrning 90-yillarida ta’limni 
differentsatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar 
(fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o‘rganish bilan) 
litseylar, gimnaziyalar ochildi. 
Kurslarni integratsiyalashtirish ta’limning yangi mazmunini ishlab 
chiqishga qaratilgan yana bir g‘oya o‘quvchilarda dunyoni yaxlit 
tasavvur 
qilish 
layoqatini 
rivojlantirishda 
umumlashtiruvchi, 
dunyoharashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni 
yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yangi yagona (tayanch) o‘quv rejasida integratsiyalash hisobiga 
o‘quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi 
ixchamlashtirildi. Xususan, “Tarix” fani umumiy tarix va O‘zbekiston 
xalqlari tarixiga asoslanadi. 
Standartlashtirish – bu majburiy o‘quv fanlari to‘plamini soatlari 
aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida 
ta’lim muassasalarida o‘quv ishlarining normativlari moslashtiriladi, 
o‘quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab 
chiqiladi.


82 
Ko‘p bosqichlilik – bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining 
imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim 
darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini 
tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o‘qitishning 
yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
Fundamentallashtirish
 – 
shaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga 
nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashni kuchaytirish. Bu yerda maktab 
bo‘lsa ham, litsey, kollej yoki oliy o‘quv yurtining ta’lim tizimi, o‘quv 
rejasi, barcha fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli 
o‘zlashtirishga alohida ahamiyat beriladi. 
Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni 
o‘qitish 
jarayonida 
hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n 
yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-
radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir. 
Individuallashtirish ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
o‘quvchi 
va 
o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan 
foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va 
rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o‘zgarib borishi odamni doimiy 
ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon 
mohiyatini anglatadi.

Download 3,05 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish