• 9-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH
  • Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

     
    Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar 
    hamda topshiriqlar: 
     
    1.
     
    Pedagogik texnologiya nima? 
    2.
     
    O‘qitish metodikasi va pedagogik texnologiyalarning farqli 
    tomonlarini ko‘rsating. 
    3.
     
     Pedagogik fanlarni o‘qitishda qaysi ta’lim texnologiyalaridan 
    foydalaniladi? 
    4.
     
    Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan modulli o‘qitish 
    texnologiyasini tushuntiring. 
    5.
     
    Pedagogik fanlarni o‘qitishda qaysi axborot texnologiyalaridan 
    foydalaniladi? 
    6.
     
    Taqdimot tayyorlashning didaktik talablarini ayting? 


    161 
    9-MAVZU.
    PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH 
    JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA 
    MALAKALARINI TASHXIS ETISH 
     
    Tayanch so‘zlar: 
    diagnostika, tashxis, nazorat, 
    hisobga 
    olish, 
    tekshirish, 
    baholash, 
    baholash 
    mezonlari. 
     
    9.
     
    1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati

    Diagnostika (yunon tilida «dia»-shaffof, «gnosiss»-bilim degan 
    ma’noni bildiradi) - o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon
    to‘g‘risidagi aniq ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat 
    qiladi. Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtayi nazaridan
    qarasak, kasallik belgilari va ulami kelib chiqish sabablari to‘g‘ri
    aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati
    oshadi. Xato diagnoz esa faqat shifokorlaming aqliy harakatini
    yo‘qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini
    ham susaytirishi mumkin. Tana a’zolari salomatligi to‘g‘risidagi
    aytilgan ushbu fikrlar ruhiy sog‘liqqa ham bevosita aloqadordir.Inson
    jismoniy rivojlanishini diagnoz qilish ancha oson kechadi, buning
    uchun ayrim mashqlar bajarilgach, uning natijasiga binoan xulosa
    chiqarish mumkin. Lekin ruhiy, ma’naviy, ijtimoiy rivojlanishni
    diagnostika qilish mashaqqatli faoliyatning mahsulasi hisoblanadi.
    Bu maqsadda qo‘llanayotgan metodikalar muayyan darajada
    murakkab bo‘lib, har doim ham to‘g‘ri natija beraveradi, deb xulosa
    chiqarish, shoshilinch qaror qabul qilish noxush oqibatlaiga olib
    keladi. Pedagogik amaliyotda pedagog-psixologlar va o‘qituvchilar
    shaxsning alohida sifatlarini o‘rganadilar, lekin olingan natijalarga 
    asoslangan holda, rivojlanishning barcha tarkiblariga umumiy baho
    berishga har doim ham musharraf bo‘Iavermaydilar. Chunki tajriba 
    uzluksizligini ta’minlash integrativ yondashishni taqozo etadi, ko‘p
    omillik tahlilgina uning yechimiga ijobiy ta’sir etadi, xolos.Ta’lim
    oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlashning, hech
    bo‘lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-
    pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Oliy va


    162 
    o‘rta maxsus o‘quv maskanlari o‘qituvchilari ko‘pincha o‘quvchi-
    yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o‘rganishga e’libor qaratadilar, ammo
    ulaming tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma’noda) va xulqiy
    nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta’lim
    tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin
    qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O‘quvchilar va
    talabalajning aqliy rivojlanishlari ko‘p jihatdan mustaqil fikrlashga,
    umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq. Ulaming
    tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish, ma’navi-yma’rifiy
    rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, zarur bo‘lsa xulqiy nuqsonlarini
    bartaraf etish hozirgi davming muhim talablaridan biridir. 
    Ijtimoiy pedagogik diagnostika - pedagogik omillaming
    samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual,
    estetik, jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy-psixologik ta’sir
    ko‘rsatish haqidagi axborotlaming majmuyi. Yoshlar jamoasidagi
    har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish uchun
    avvalambor «tarbiya» va «tarbiyalanganlik» atamasining tarkibiy
    qismlari, mezonlari nimalar bilan belgilanishini tushunish zarur.Jahon
    pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida
    baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar
    mavjud. Tarbiyani kattalar (o‘qituvchilar, murabbiylar va ota-
    onalar)ning bolalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida tushunish 
    eng ko‘p tarqalgan tendensiyadir. Bu o‘rinda kattalar to‘g‘ri deb
    hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar 
    va talablarga muvofiq tarzda ta’sir ko‘rsatish ko‘zda tutiladi, 
    albatta.Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir 
    tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, mazkur jarayonning faqat muayyan
    qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta’rif berishda bolaga 
    kattalaming ta’siri yo‘naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi.
    Pedagogik tashxislashning asosiy maqsadi ham tashabbuskor va 
    mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo‘lsa, u
    tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi subyekt 
    rolini beradi.Bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot
    muammolarini tadqiq qilish va yechimini topishda pedagogik
    diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.«Pedagogik
    diagnostika» atamasi ilk bor 1968-yili nemis olimi Karlxayns 
    Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi. 


    163 
    K. Klauer (Germaniya), V.Burk, Rollet (Angliya), S.D.
    Smirnova, I.V.Dubrovina (Rossiya) va boshqa bir qator olimlarning 
    «pedagogik diagnostika»ning «psixologik diagnostika» zamirida
    tug‘ilganligini ta’kidlashlari, albatta, o‘rinsiz. Bir paytlari psixologik 
    diagnostika biologiya va tibbiyotning tashxis modellarini andoza 
    qilib olgani kabi pedagogik diagnostika ham zarur bo‘lganda
    psixologik ilmiy-tadqiqot metodlardan o‘z o‘mida foydalandi. 
    Pedagogik, psixologik, sotsiologik adabiyotlar tahlili
    tashxislashga turli qarashlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu pedagog
    shaxsining diagnostikasi (o‘zini-o‘zi tashxislash), ota-onalar,
    pedagoglar tomonidan o‘quvchilar jamoasini tashxislash;
    ma’muriyat, mutasaddi mutaxassislar va ta’lim bo‘limlari
    uslubiyotchilari tomonidan o‘quv dargoqining faoliyatini tashxislash
    va hokazolar bo‘lishi mumkin. 
    Pedagogik diagnostika o‘z mohiyatiga binoan korreksion
    tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. «Korreksiya - deb
    ta’kidlaydi M. Quronov-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va 
    o‘smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyatdir»
    1

    Bir qator olimlar: (R.S.Nemov, D.V.Olshanskiy, G.Broyer, 
    G.Mattes) «Pedagogik korreksiya - tarbiya jarayonida yoshlaming 
    ma’naviy-ma’rifiy sohalarda oldin yo‘l qo‘ygan nuqsonlarini
    bartaraf etish jarayonidir», - deb hisoblaydilar. 
    Fikrimizcha, korreksiyalash jarayoni-yoshlarning ongiga, his 
    tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlari hamda shaxsiy 
    fazilatlarni shakllantiruvchi faoliyat turidir. 
    Korreksiyalash ta’sirida ulaming g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, 
    estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga nisbatan ilmiy
    qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quwatlari
    mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiyaviy masalalar
    amalga oshiriladi.Korreksiya jarayonida yoshlarda jamiyatning
    shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulq-
    atvor malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish kezida
    yoshlarning ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va
    sinfdan tashqari ish) K.Yung pedagogik diagnostikaga ta’rif bergan
    bir qator olimlarni tanqid ostiga olib, shunday fikrlami bildiradi:
    1
    Quronov M., Qurboniyozova Z. Ijtimoiy pedagogika. T., «Universitet»,
    1994, 42-b.


    164 
    «Pedagogik diagnostika (tashxislash) vazifalarini birvarakayiga
    klassifikatsiyalash (turkumlash)ni, bir paytning o‘zida amalga 
    oshirishi mushkul, shu sababli pedagogik diagnostika atamasining
    mohiyatini belgilamasligi kerak. Pedagogik diagnostika dolzarb
    pedagogik qarorlami, hukmlarni chiqarishga bo‘lgan urinishlar 
    majmuyidan iborat».
    Rus olimi V.I.Zverev: «Pedagogik diagnostika - bu turli pedagogik
    vaziyatlami o‘rganish, aniqlash, ta’lim tizimi qatnashchilarining
    xilma-xil qobiliyatlari darajasini bilishdan iborat jarayon» (34,12),
    - degan fikmi ilgari suradi. Boshqa ms olimasi L. Denyakina:
    «Pedagogik diagnostika bu pedagogning o‘quv-tarbiyaviy jarayonni
    tashxislashda individual-malakaviy sifatlarini belgilovchi, 
    «Pedagogik diagnostika o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish,
    mazmunini boyitish va attestatsiya uchun qo‘llaniladi». 
    Pedagogik diagnostika: birinchidan, individual ta’lim jarayonini 
    qulaylashtirishi, ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, 
    ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri aniqlashni taminlashi, kafolatlashi, 
    uchinchidan, o‘ziga xos ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikni oqilona 
    tanlashga yordam berishi kerak. Pedagogik diagnostika yordamida 
    ma’naviy-ma’rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta’lim-tarbiya natijalari 
    aniqlanadi.Tashxislashda nafaqat ta’lim-tarbiya natijalarini sarhisob 
    qilish, balki ularning o‘zgarish dinamikasini ham nazarda tutish 
    lozim.Shakllanib borayotgan demokratik huquqiy davlatning
    yoshlarga nisbatan amalga oshirayotgan siyosati yigit va qizlarga
    o‘z qobiliyati va iste’dodini to‘la ro‘yobga chiqarishda, yangilanish
    va taraqqiyot jarayonlariga faolroq qo‘shilishga yordam berishdan
    iboratdir. Shu jihatdan ta’lim-tarbiya jarayonini diagnostika qilishga 
    zarurat oshmoqda. Yoshlaming kamolot darajasini diagnostika
    qilishda va xulqi dagi nuqsonlami korreksiyalashda intellektual va
    tarbiyalanganlik darajasi orasidagi aloqadorlikni aniqlash, xalq
    pedagogikasi tajribalarini zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish,
    ta’lim-tarbiya tizimini qulaylashtirish, komil inson fazilatlarini
    shaklllantirishga qaratilgan milliy qadriyatlar va ilg‘or metodikalar

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish