• Joriy, oraliq, yakuniy nazoratga tayyorgarlik.
  • Har bir fan bo‘yicha talabalarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash muntazam ravishda olib boriladi.
  • Seminar-konferensiyaga tayyorgarlik




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/186
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #263241
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Seminar-konferensiyaga tayyorgarlik. 
    Seminar-konferensiya 
    semestr davomida 1-3 marta o‘tkaziladi. Chunki talabalar bu mustaqil 
    ish faoliyatiga ma’lum vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rishlarini taqozo 
    etadi. Uni tashkil etishda seminar mashg’uloti hamda ilmiy 
    konferensiya shakllari uyg’unlashadi. Bunda turli tadqiqodchilarning 
    ma’lum bir yo‘nalish yoki muammo yuzasidan dokladlari tinglanadi. 
    Seminar - konferensiyaga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishda talabalardan 
    muhokama qilinadigan muammoning nazariy jihatlari yoritilgan 
    hamda eksperimental tadqiqotlar natijalari qayd etilgan 2-3 manba 
    (monografiya, maqolalar) mazmunini o‘rganishlari talab etiladi. 
    So‘zga chiquvchi o‘z dokladi mavzusi bo‘yicha barcha 
    beriladigan savollarga javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. Har bir 
    chiqishdan so‘ng turli tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy 
    fikrlarning muhokamasi amalga oshiriladi. 
    Joriy, oraliq, yakuniy nazoratga tayyorgarlik. 
    Ta’lim sohasida 
    erishilgan yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, 
    ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo 
    bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va 
    baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir. 


    188 
    Har bir fan bo‘yicha talabalarning o‘quv faoliyatini nazorat 
    qilish va baholash muntazam ravishda olib boriladi. 
    Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o‘quv 
    dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha 
    bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu 
    nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, talabalarning bilim darajasini 
    aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib 
    borishni nazarda tutadi.
    Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining 
    muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma 
    va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish