• Psixologik muammolarning yechimi
  • Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar 
    Psixologik testlar psixodiagnostik qobiliyatlarni rivojlantirish 
    yoki o'z-o'zini anglash uchun amalga oshirilishi mumkin. 
    Shu bilan birga, psixologiyani o'qitishning maqsadlariga qarab 
    testlarni sinchkovlik bilan tanlash va ulardan to'g'ri foydalanish muhim 
    ahamiyatga ega. Psixologiyaning amaliy mashg'ulotlarida foydalanish 
    imkoniyatlariga qarab testlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin. 
    1. Murakkab professional testlar (masalan, MMPI intellekt 
    testlari,
    Veksler intellekt shkalasi). Mazkur testlarni o'tkazish jiddiy 
    psixologik kompetentlikni talab etadi. 
    2. Nisbatan oddiy umumpsixologik testlar (masalan, 
    komunnikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlarni aniqlovchi testlar). 
    Ularni amalga oshirish uchun unchalik jiddiy bo'lmagan psixologik 
    tayyorgarlik talab etiladi. 


    238 
    3. Kasbiy faoliyatning muayyan sohalari uchun mo'ljallangan 
    psixologik testlar (masalan," Boshqarish uslubi so'rovnomasi","Oilaviy 
    tarbiya uslubi testi").
    4. Ko'ngilochar testlar (masalan, "Boshqalar sizni yaxshi 
    ko'rishadimi?"). Mazkur testlarni o‘tkazish juda sodda bo‘lib, jiddiy 
    ilmiy asoslarga ega emaslar. 
    Psixologik muammolarning yechimi nazariy bilimlarni 
    mustahkamlashga yoki amaliy muammolarni hal qilishda ushbu 
    bilimlardan foydalanishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Bunga nazariy 
    tushunchalar, qonunlar va ulardan foydalanish misollari o'rtasida 
    moslikni o'rnatish bo'yicha vazifalar bo'lishi mumkin yoki adabiy 
    qahramonlar va taniqli odamlarning xatti-harakatlarini psixologik-
    mantiqiy tahlil qilish bo'yicha vazifalar, shaxsiy hayot yoki ta'lim 
    holatlarini psixologik tahlil qilish uchun vazifalar kiradi. 
    Mashqlar talabalarda ko'nikmalar va tadqiqot qobiliyatlarini 
    rivojlantirishga imkon beradi. Masalan, matematik statistik yoki amaliy 
    psixologik ishlarning ba'zi metodlarini qo'llashda, masalan, konsalting 
    ko'nikmalarini egallashda mashqlardan foydalaniladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish