236
parametrlar o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida tizimlashtirilgan
bilimlarni
namoyish etadi.
Matnli tasvir - ma'ruzaning eng muhim qismlarini, olimlarning
ismlarini, sanalarni, terminlar va eshitilishi qiyin bo‘lgan tushunchalarni
sinf taxtasiga yozish yoki boshqa vositalar yordamida namoyish etish.
Axborotni parallel ovozli va ko‘rgazmali
tarzda taqdim etish
muvaffaqiyatli va xatosiz idrok etilishga yordam beradi. Talabalar o'zlari
ko'rgan narsalar haqida xulosa chiqarishga moyildirlar. Tajribali
o'qituvchilar biladiki, o'qituvchi doskaga qancha ko'p yozsa,
talabalar
daftarida shuncha ko'p ma'lumot qoladi.
Og'zaki namoyish - tasvirlarni nutq shaklida ifoda etish. U biron
bir sababga ko'ra predmetli yoki tasviriy ko‘rsatish imkoni bo'lmagan
hollarda
qo'llaniladi.
Bunday
hollarda
o'qituvchi
psixologik
eksperiment holatini aniq tasvirlab beradi, muayyan psixologik
hodisalar va voqialarni tavsiflovchi badiiy asarlardan misollar keltiradi.
Ko'rgazmali metodninig samaradorligini oshiruvchi talablar:
1) namoyish etiladigan ko‘rgazma
materialning mazmuniga mos
bo‘lishi;
2) obyekt barcha talabalarga aniq ko'rinishi;
3) illyustratsiya, diagramma va jadvallarni namoyish qilishda
asosiy jihatni
aniq belgilash;
4) namoyish davomida berilgan tushuntirishlarni batafsil ko'rib
chiqish.
15.2. Psixologiyani o‘qitishda amaliy metodlar
Amaliy metodlar o'quvchilar (talabalar) bilim, ko'nikma va
malakalarni egallashga qaratilgan amaliy faoliyatni nazarda tutadi.
Amaliy metodlar guruhiga shunday metodlar kiradiki, ulardan
foydalanishda o'quvchilar nafaqat tinglaydilar (og'zaki
metodlar
singari), ko‘radilar (ko‘rgazmali metodlar singari), balki ta'lim
muammolarini hal qilishga qaratilgan ma'lum bilim harakatlarini ham
amalga oshiradilar. Psixologik fanlarini o'qitishda quyidagi amaliy
metodlardan foydalanadilar:
1) psixologik eksperimentlarni modellashtiruvchi laboratoriya
mashg’ulotlari;
2) psixodiagnostik vazifalar va psixologik testlarni
bajarish;
3) psixologik muammolarni hal qilish;
237
4) mashq qilish;
5) guruh muhokamasi;
6) o'rganilayotgan jarayonlarga taqlid qiluvchi didaktik va
ishbilarmon o'yinlar.
Laboratoriya ishlari psixologik eksperimentlar
modeli sifatida
quyidagilar uchun amalga oshirilishi mumkin:
1) talabalarga ma'lum psixologik qonuniyatlarni namoyish etish;
2) psixologik eksperiment metodikasini o'zlashtirish.