Muammoli ta’lim texnologiyasi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Muammoli ta’lim texnologiyasi. Pedagogik manbalarda qayd 
qilinishicha, muammoli o‘qitish texnologiyasi g‘oyasi yangi emas. 
O‘tmish pedagoglari bilim oluvchilar aqliy kuchlari, qobilyatlari, 
tafakkurini rivojlantirishga xizmat qila oladigan, o‘quvchi 9talaba)larga 
rohat 
va 
quvonch 
bahsh 
etadigan, 
bilish 
faoliyatlarini 
takomillashtiradigan o‘quv jarayonini qurush to‘g‘risida yillab 
izlandilar va uning yo‘llarini topishga intildilar (Ya.A.Komenskiy, 
Burxonidin Zarnutjiy, Az-Zamaxshariy, J.J.Russo, I.G.Pestolosiy, 
F.A.Disterberg, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniy va hokazo) . 
XX asrga kelib muammoli ta’lim jadal rivojlanish bosqichiga kirdi. 
Dastlab amerikalik filosof, pedagog, psixolog Dmon Doi, XX –asrning 
30- yillarida ananaviy, dokmatik o‘qitishga qarshi faol, mustaqil 
1
Селевко Т.К. « Совримений оброзавани телиний технология. –М:. “Народние оброзовани” 1998,57-58 ст 


151 
o‘qitishda o‘quvchilar amaliy faoliyatlarini rivojlantirishga yordam 
beruvchi muammoli o‘qitish g‘oyasini ilgari surdi. U o‘zining “Biz 
qanday fikrlaymiz“ risolasida, “ Tafakkur muammolarini yechish 
sharti” deb ta’riflaydi va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishi 
mumkin bo‘lgan ta’lim – muammoli o‘qitishi deb biladi. 
Keyinchalik bu g‘oya amerikalik psixolog Djon Bruner va 
polshalik pedagog Vintensi Okon tomonidan, XX asrning 2- yarmida 
tatar pedagogi M.I.Maxmudov tomonidan rivojlantirildi. Bularning 
g‘oyasi mazmunida muammoli vaziyatni yaratish, muammolarni 
shakllantirish va bu muammolarni xal qilishga o‘quvchilar aqliy 
kuchlarini jalb qilishi yotadi. 
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarda fanlarni, jumladan, 
pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda pedagog talablar oldida har bir 
fanning hususiyatidan kelib chiqib o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha 
muammolar qo‘ydi, ularni yechish uchun muammoli vaziyat yaratadi, 
bu vaziyatga talabani kiritadi va yechimini topishga talabani o‘zini 
yo‘naltiradi. Bunda talabalrning faol, ijodiy, mustaqil izlanuvchanlik 
faoliyati yotadi. 
Shunday qilib, muammoli o‘qitish degandA, o‘quvchilarning faol 
mustaqil faoliyatlarini ko‘zda tutadigan, bilim ko‘nikma, malakalarini
ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan pedagog tomonidan muammoli vaziyat 
yaratilib muammoni o‘qituvchi rahbarligida yechishga yo‘naltirilgan 
ta’lim tushuniladi. 
Rus 
pedagoglari 
M.A.Danilov, 
V.P.Eshnov, 
I.Ya.Lerner, 
G.V.Pudrasev, M.I.Mahmudov va boshqalar muammoli o‘qitish 
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi tiliga kirib muntazam ravishda 
ta’lim oluvchilarini izlanishga, mustaqil o‘rganishga yo‘llovchi, 
pedagog va talabaning o‘zaro hamkorligi muloqot vositasida ta’lim 
oluvchilarining bilim faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim 
deb takidlaydilar. 
Muammoli o‘qitishning asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil 
etadi. O‘qituvchi rahnamoligida muammoni yaratish, muammoli bayon 
qilish evristik suhbatlar tashkil etish muammoli topshiriqlarni bajarish 
natijasida talabalarda mustaqil izlanish ko‘nikmalari shakllanadi, ijodiy 
tafakur rivojlanadi, faol, erkin faoliyat tashkil topadi. 
Yuqorida 
qayd 
qilganimizdek, 
muammoli 
o‘qitish 
texnologiyasining asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil etadi . 


152 
Muammoli vaziyatda o‘quv muammosi, farazlar, ispotlar, izohlar, 
taxlil, sintez, mustaqil anglash, o‘rganishlar asosiy component 
hisoblanib, ular o‘quvchilarni yangi bilim, ko‘nikma, malakalr bilan 
qurollantirish aqliy faoliyatlarni egallashga qaratilganligi sababli 
o‘quv- bilim faoliyatini o‘stiradi va ijodiylashtiradi. Bu jarayonda 
o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, yo‘lga soluvchi, muammoni bayon qiluvchi 
rolini bajaradi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi bayon etgan ma’lumotlar emas 
talabalar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka haqiqiy hisoblanadi 
shuning uchun bu jarayonda talaba eshituvchi emas, muammoni hal 
qiluvchi faol bajaruvchi hisoblanadi. 
Pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan 
foydalanish bo‘lajak tarbiyachi- o‘qituvchilarda ijodiy tafakkur, 
mustaqil faolikni o‘stiradi muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni 
yechish yo‘larini o‘rgatadi; vaziyatni turlicha yechish yo‘llari haqida 
tushuncha beradi, aynan bir hildagi pedagogik voqeallarga turlicha 
yondoshish haqida ma’lumot beradi. 
Olib borilgan tajriba ishlarning natijalariga asoslanib, aytish 
mumkinki,pedagogika fanlarini muammoli o‘qitishda quyidagilarga 
rioya qilish lozim: 
- Eng zarur muammoli ta’lim yordamida yechiladigan muhim 
mavzular tizimini ishlab chiqish; 
- Turli o‘quv mashg‘ulotlari (ma’ruza, seminar, amaliy 
mashg‘ulotlar)da muammoli vaziyatlarni yaratishda, muammoli 
ta’limning o‘ziga xos pedagogik jihatlarida kelib chiqish ; 
- Muammoli talimda talabalarning bilm darajasi, aqliy zakovati 
o‘zlashtirish meyorlarini inobatga olish; 
- O‘z shaxsiy tajribasi, mahorati o‘quvchi –talabalrga tasir etish 
qiymatidan kelib chiqish v.h.k 
Shundagina pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli o‘qitish 
texnologiyasidan maqsadli foydalanish amalga oshadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish