• Tizimlilik (sistemalilik)
  • Ko‘rgazmalilik (oshkoralik)
  • Oraliq nazorat
  • Yakuniy nazorat
  •  Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    9.3. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash 
    tamoyillari. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari
    shakl, va metodlari 
    Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), 
    tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning 
    barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim
    malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan 
    iborat.
    Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, 
    tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – 
    bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan 
    bosqichlarida olib borish kerak.
    Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim 
    oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan 
    o‘tkazishni anglatadi.
    Nazorat turlari 
    Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan talabalarning xar bir o‘quv 
    ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan 
    mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari 
    darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
    Oraliq nazorat – bu talabalar tomonidan mazkur fanning muayyan 
    bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni 


    168 
    o‘qituvchi mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotda o‘quv 
    materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.
    Yakuniy nazorat – sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari 
    singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda 
    amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi. 
    Nazorat shakllari 
    nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi talabalarga 
    materi-alning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, talabalar unga
    qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik talabani nazorat 
    qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu 
    nazoratni talabalarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun 
    qo‘llab bo‘lmaydi. 
    - nazoratning guruhli shaklida talabalarning ma’lum bir qismi 
    nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan talabalar guruhiga vazifa 
    beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa 
    talabalar ham qatnashi-shi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan 
    talabalar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini 
    baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi. 
    - nazoratning individual shaklidan har bir talabaning bilim, 
    ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. 
    Nazoratning bu shaklida odatda talabalar javob berish uchun sinf 
    taxtasi oldiga chaqiriladi.


    Download 3,05 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish