Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1. Pedagogik texnologiya nima?
2. O‘qitish metodikasi va pedagogik texnologiyalarning farqli
tomonlarini ko‘rsating.
3. Pedagogik fanlarni o‘qitishda qaysi ta’lim texnologiyalaridan
foydalaniladi?
4. Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan modulli o‘qitish
texnologiyasini tushuntiring.
5. Pedagogik fanlarni o‘qitishda qaysi axborot texnologiyalaridan
foydalaniladi?
6. Taqdimot tayyorlashning didaktik talablarini ayting?
161
9-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH
JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA
MALAKALARINI TASHXIS ETISH
Tayanch so‘zlar: diagnostika, tashxis, nazorat,
hisobga
olish,
tekshirish,
baholash,
baholash
mezonlari.
9. 1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Diagnostika (yunon tilida «dia»-shaffof, «gnosiss»-bilim degan
ma’noni bildiradi) - o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon
to‘g‘risidagi aniq ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Diagnostikaning ahamiyatini meditsina nuqtayi nazaridan
qarasak, kasallik belgilari va ulami kelib chiqish sabablari to‘g‘ri
aniqlansa, davolanish natijasida bemor tuzalib ketishining kafolati
oshadi. Xato diagnoz esa faqat shifokorlaming aqliy harakatini
yo‘qqa chiqaribgina qolmay, balki kasalning tuzalish imkoniyatini
ham susaytirishi mumkin. Tana a’zolari salomatligi to‘g‘risidagi
aytilgan ushbu fikrlar ruhiy sog‘liqqa ham bevosita aloqadordir.Inson
jismoniy rivojlanishini diagnoz qilish ancha oson kechadi, buning
uchun ayrim mashqlar bajarilgach, uning natijasiga binoan xulosa
chiqarish mumkin. Lekin ruhiy, ma’naviy, ijtimoiy rivojlanishni
diagnostika qilish mashaqqatli faoliyatning mahsulasi hisoblanadi.
Bu maqsadda qo‘llanayotgan metodikalar muayyan darajada
murakkab bo‘lib, har doim ham to‘g‘ri natija beraveradi, deb xulosa
chiqarish, shoshilinch qaror qabul qilish noxush oqibatlaiga olib
keladi. Pedagogik amaliyotda pedagog-psixologlar va o‘qituvchilar
shaxsning alohida sifatlarini o‘rganadilar, lekin olingan natijalarga
asoslangan holda, rivojlanishning barcha tarkiblariga umumiy baho
berishga har doim ham musharraf bo‘Iavermaydilar. Chunki tajriba
uzluksizligini ta’minlash integrativ yondashishni taqozo etadi, ko‘p
omillik tahlilgina uning yechimiga ijobiy ta’sir etadi, xolos.Ta’lim
oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniqlashning, hech
bo‘lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-
pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biridir. Oliy va
162
o‘rta maxsus o‘quv maskanlari o‘qituvchilari ko‘pincha o‘quvchi-
yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o‘rganishga e’libor qaratadilar, ammo
ulaming tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma’noda) va xulqiy
nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta’lim
tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin
qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O‘quvchilar va
talabalajning aqliy rivojlanishlari ko‘p jihatdan mustaqil fikrlashga,
umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq. Ulaming
tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish, ma’navi-yma’rifiy
rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, zarur bo‘lsa xulqiy nuqsonlarini
bartaraf etish hozirgi davming muhim talablaridan biridir.
Ijtimoiy pedagogik diagnostika - pedagogik omillaming
samaradorligini oshirish maqsadida shaxsga axloqiy, intellektual,
estetik, jismoniy, sotsiologik, ekologik va ijtimoiy-psixologik ta’sir
ko‘rsatish haqidagi axborotlaming majmuyi. Yoshlar jamoasidagi
har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish uchun
avvalambor «tarbiya» va «tarbiyalanganlik» atamasining tarkibiy
qismlari, mezonlari nimalar bilan belgilanishini tushunish zarur.Jahon
pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida
baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar
mavjud. Tarbiyani kattalar (o‘qituvchilar, murabbiylar va ota-
onalar)ning bolalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida tushunish
eng ko‘p tarqalgan tendensiyadir. Bu o‘rinda kattalar to‘g‘ri deb
hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar
va talablarga muvofiq tarzda ta’sir ko‘rsatish ko‘zda tutiladi,
albatta.Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir
tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, mazkur jarayonning faqat muayyan
qismini aks ettiradi, xolos. Tarbiyaga bunday ta’rif berishda bolaga
kattalaming ta’siri yo‘naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi.
Pedagogik tashxislashning asosiy maqsadi ham tashabbuskor va
mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo‘lsa, u
tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi subyekt
rolini beradi.Bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot
muammolarini tadqiq qilish va yechimini topishda pedagogik
diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.«Pedagogik
diagnostika» atamasi ilk bor 1968-yili nemis olimi Karlxayns
Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi.
163
K. Klauer (Germaniya), V.Burk, Rollet (Angliya), S.D.
Smirnova, I.V.Dubrovina (Rossiya) va boshqa bir qator olimlarning
«pedagogik diagnostika»ning «psixologik diagnostika» zamirida
tug‘ilganligini ta’kidlashlari, albatta, o‘rinsiz. Bir paytlari psixologik
diagnostika biologiya va tibbiyotning tashxis modellarini andoza
qilib olgani kabi pedagogik diagnostika ham zarur bo‘lganda
psixologik ilmiy-tadqiqot metodlardan o‘z o‘mida foydalandi.
Pedagogik, psixologik, sotsiologik adabiyotlar tahlili
tashxislashga turli qarashlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu pedagog
shaxsining diagnostikasi (o‘zini-o‘zi tashxislash), ota-onalar,
pedagoglar tomonidan o‘quvchilar jamoasini tashxislash;
ma’muriyat, mutasaddi mutaxassislar va ta’lim bo‘limlari
uslubiyotchilari tomonidan o‘quv dargoqining faoliyatini tashxislash
va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Pedagogik diagnostika o‘z mohiyatiga binoan korreksion
tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. «Korreksiya - deb
ta’kidlaydi M. Quronov-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va
o‘smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyatdir»
1
.
Bir qator olimlar: (R.S.Nemov, D.V.Olshanskiy, G.Broyer,
G.Mattes) «Pedagogik korreksiya - tarbiya jarayonida yoshlaming
ma’naviy-ma’rifiy sohalarda oldin yo‘l qo‘ygan nuqsonlarini
bartaraf etish jarayonidir», - deb hisoblaydilar.
Fikrimizcha, korreksiyalash jarayoni-yoshlarning ongiga, his
tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlari hamda shaxsiy
fazilatlarni shakllantiruvchi faoliyat turidir.
Korreksiyalash ta’sirida ulaming g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy,
estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga nisbatan ilmiy
qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quwatlari
mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiyaviy masalalar
amalga oshiriladi.Korreksiya jarayonida yoshlarda jamiyatning
shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulq-
atvor malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish kezida
yoshlarning ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va
sinfdan tashqari ish) K.Yung pedagogik diagnostikaga ta’rif bergan
bir qator olimlarni tanqid ostiga olib, shunday fikrlami bildiradi:
1
Quronov M., Qurboniyozova Z. Ijtimoiy pedagogika. T., «Universitet»,
1994, 42-b.
164
«Pedagogik diagnostika (tashxislash) vazifalarini birvarakayiga
klassifikatsiyalash (turkumlash)ni, bir paytning o‘zida amalga
oshirishi mushkul, shu sababli pedagogik diagnostika atamasining
mohiyatini belgilamasligi kerak. Pedagogik diagnostika dolzarb
pedagogik qarorlami, hukmlarni chiqarishga bo‘lgan urinishlar
majmuyidan iborat».
Rus olimi V.I.Zverev: «Pedagogik diagnostika - bu turli pedagogik
vaziyatlami o‘rganish, aniqlash, ta’lim tizimi qatnashchilarining
xilma-xil qobiliyatlari darajasini bilishdan iborat jarayon» (34,12),
- degan fikmi ilgari suradi. Boshqa ms olimasi L. Denyakina:
«Pedagogik diagnostika bu pedagogning o‘quv-tarbiyaviy jarayonni
tashxislashda individual-malakaviy sifatlarini belgilovchi,
«Pedagogik diagnostika o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish,
mazmunini boyitish va attestatsiya uchun qo‘llaniladi».
Pedagogik diagnostika: birinchidan, individual ta’lim jarayonini
qulaylashtirishi, ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda,
ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri aniqlashni taminlashi, kafolatlashi,
uchinchidan, o‘ziga xos ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikni oqilona
tanlashga yordam berishi kerak. Pedagogik diagnostika yordamida
ma’naviy-ma’rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta’lim-tarbiya natijalari
aniqlanadi.Tashxislashda nafaqat ta’lim-tarbiya natijalarini sarhisob
qilish, balki ularning o‘zgarish dinamikasini ham nazarda tutish
lozim.Shakllanib borayotgan demokratik huquqiy davlatning
yoshlarga nisbatan amalga oshirayotgan siyosati yigit va qizlarga
o‘z qobiliyati va iste’dodini to‘la ro‘yobga chiqarishda, yangilanish
va taraqqiyot jarayonlariga faolroq qo‘shilishga yordam berishdan
iboratdir. Shu jihatdan ta’lim-tarbiya jarayonini diagnostika qilishga
zarurat oshmoqda. Yoshlaming kamolot darajasini diagnostika
qilishda va xulqi dagi nuqsonlami korreksiyalashda intellektual va
tarbiyalanganlik darajasi orasidagi aloqadorlikni aniqlash, xalq
pedagogikasi tajribalarini zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish,
ta’lim-tarbiya tizimini qulaylashtirish, komil inson fazilatlarini
shaklllantirishga qaratilgan milliy qadriyatlar va ilg‘or metodikalar
|