165
uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olayotgan yoshlaming tarbiyalanganlik
darajasini takomillashtirishda muhim yo‘nalish sifatida qaralmoqda.
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni
oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik
jarayonni
sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal
natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishil-gan natijalar va ta’lim
olganlik ajratib olina-di. Shuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqti-
da belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi.
Didaktik tashxislashning
maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha
jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda o‘z
vaqtida aniqlash,
baholash va tahlil qilishdan iborat.
9.2. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash
va baholash jarayonini
anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa
tekshirish deb ataladi. O‘qituvchi
o‘qi-tish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni
qanday
qilib idrok etishini, esda saqlash-ga xarakat qilishini va uni
amalda qo‘llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va
o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Nazorat funksiyalari
1. Diagnostik funksiya.
2. Ta’limiy funksiya.
3. Tarbiyalovchi funksiya.
4. Rivojlantiruvchi funksiya.
5. Rag‘batlantiruvchi funksiya.
6. Korrektsiyalovchi funksiya
Tekshirishning bo‘g‘inlari (zvenolari)
Tekshirish tizimidagi
birinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning bilim
darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi.
Bilimlarni
tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni
o‘zlashtirish jarayonidagi
joriy tekshirishdir.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshi-rishning