|
Konflikt tuzilishi: tashkiliy, ishlab chiqarish, mehnat innovatsion konfliktlar
|
bet | 10/21 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 138 Kb. | | #103426 |
Bog'liq 1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal4.2.Konflikt tuzilishi: tashkiliy, ishlab chiqarish, mehnat innovatsion konfliktlar
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o`zora hamkorlikdagi faoliyatlarining
ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi.Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar
sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial – birgalikda
chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va
muloqot texnikasi mehnat unumdorligi hamda samaradorlikning muhim omillaridandir.
Muloqotning shakllari va bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich – odamning o`z-
o`zi bilan muloqotidir. T.Shibutani “Konfliktologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo`lsa ham
o`zini anglasa, demak, u o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi” – deb to`g`ri yozgan edi. Odamning
o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini
belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini
chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot –
muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leont`ev o`zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida muloqotning uchinchi
shakli – avlodlar o`rtasidagi muloqotning ahamiyati to`g`risida shunday deb yozadi: “Agar
barcha katta avlod o`lib ketganida, insoniyat turi yo`q bo`lib ketmasdi, lekin jamiyatning
taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo`qolib ham ketishi mumkin edi”. Haqiqatan
ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy
boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg`or
vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlad keladilar hamda ta`lim, tarbiya va kundalik
muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
|
| |