|
Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari
|
bet | 13/21 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 138 Kb. | | #103426 |
Bog'liq 1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal5.2.Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari
5.3.Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari
Nazorat savollari
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
15
Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni ko`pchilikni
tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini
ta`minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini
belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, olimlar ko`pincha kichik
guruhlarda ish olib borishni afzal ko`radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini
bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy – mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi
tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o`tilganidek ko`pchilikni qamrab olishda
qiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga qaratilgan
metodik ishlar zahirasining kamligidir.
Psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya`ni etnopsixologiya
bo`yicha ko`proq tadqiqotlar o`tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir jumhuriyatlar alohida,
mustaqil davlat mavqen olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdo`stlik mamlakatlari
ittifoqi sharoitida millat o`rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy
psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida quyilmoqda.
Kichik guruhlar muammosi psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko`plab ilmiy
tadqiqotlar o`tkazilgan ob`ektlardandir. Bu muammoni tadqiq etishda olimlar o`z oldiga
shunday masalani qo`yganlar, ya`ni, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda
yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta`sir
ko`rsatadi. Shuni ta`kidlash lozimki,bunday sharoitlarda individlarning o`zaro hamkorligi emas,
balki ularning bir vaqtda bir erda birga bulganligi faktining ta`siri o`rganiladi. Olingan
ma`lumotlar shuni ko`rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi
oshadi. Lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bu psixologik hodisa psixologiyada
ijimoy fastsilitatsiya nomini oldi. Uning mohyati shundan iborat ediki, individning faoliyat
mahsllariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta`siri bo`lib, bu ta`sir avvalo
sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo`ladi. Lekin
ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya`ni boshqalar ta`sirida individ
reaktsiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari, bu narsa fanda ingibitsiya deb
ataladi.
|
|
| |