Nazorat savollari
1.
Shaxslararo konfliktlar haqida aytib bering.
2.
Pedagogik jarayondagi konflikt turlari haqida.
3.
Oilada sodir bo`ladigan konfliktlar haqida
4.
Konflikt tuzilishi qanday bo`ladi?
5.
Tashkiliy va ishlab chiqarish konfliktlari haqida aytib bering.
6.
Mehnat innovatsion konfliktlar haqida tushuntiring.
7.
Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari haqida aytib bering.
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
14
5-ma`ruza
5-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar
Reja:
1.
Guruhiy konfliktlar
2.
Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari
3.
Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari
Tayanch tushunchalar:
Guruhiy konfliktlar, guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari, guruhiy
konfliktlarning asosiy ko`rinishlari haqida, «shaxs-guruh» konflikti, «guruh-guruh» konflikti.
5.1.Guruhiy konfliktlar
Guruhiy konfliktlar o`z oldiga bir alohida ko`rinishga ega, bunda ikki tomondan bittasi kichik
ijtimoiy guruh bo`lib keladi. Bunday qarama-qarshiliklar qarama-qarshi yo`nalgan guruhli
motivlarning to`xnashuvi asosida paydo bo`ladi.
Bundan kelib chiqib, guruhli konfliktlarning asosiy ikki turini ajratishimiz mumkin: «shaxs-
guruh» konflikti va «guruh-guruh» konflikti. Ajratilgan konfliktlarning har ikkalasi asosiy
ko`rinishi jihatidan o`ziga xos ko`rinishga ega. «Shaxs-guruh» konflikti
Shaxs va guruh o`rtasidagi konfliktlar guruhdagi o`zaro munosabatlar orqali paydo bo`ladi va
o`ziga xosligi bilan ajralib turadi, buni biz konfliktni boshqarishda esdan chiqarmasligimiz kerak
Guruh – bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida
birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta,
qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar
guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar).
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil
etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysinadi.
Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipliguruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil
etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya
qiladilar. V.M. Karimova guruhlarning asosiy turlarini keltirgan. Guruhlar avvalo shartli va real
guruhlarga bo`linadi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to`plangan laboratoriya tipidagi
hamda tabiiy guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida
tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta, kichik
guruhlarga bo`linadi. Katta guruhlar uni tashkil etvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari,
psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida,
endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksakpog`onasiga ko`tarila olgan jamoa
turlariga bo`linadi.
|