5.3.Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari
Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar quyidagicha:
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida
shunday fikrga kelindiki, kichik guruh “diada” ikki kishidan tortib to maktab sharoitida 30-40
kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda avvalo oila, yangii shakklangan oila
ko`proq nazarda tutiladi. Lekin samarali o`zaro ta`sir nazarda tutilganda 7- 2 kishi kuzlanadi.
16
Bunday guruh turli ijimoiy psixologik tadqiqotlar uchun ham sotsial psixologik treninglar
o`tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o`lchami qanchalik katta bo`lsa uning alohida olingan shaxslar
uchun qadrsizlanib borish havfi kuchayadi. Ya`ni shaxsning ko`pchilikdan iborat guruhdan
o`zini tortish va uning normalarini bo`zishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhninghajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o`zaro munosabatlar
taranglashib boradi. Chunki shaxslarning bir-birlari oldida mas`uliyatlarining oshishi va
yaqindan bilishlari ularning o`rtasidagi aloqalarda doio aniqlik bo`lishini talab qiladi.
Munosabatlardagi har qanday
disbalanslar,
ya`ni nomutanosibliklar ochiq holdagi
ziddiyatlarnikeltirib chiqaradi.
To`rtinchidan, agar guruh a`zolarining soni toq bo`lsa ular o`rtasidagi o`zaro
munosabatlar juft bo`lgan holdagidan ancha yaxshi bo`ladi. Shundan bo`lsa kerak, boshqaruv
psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi
odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh taz`iqiga berilishi va bo`ysinishi ham guruh a`zolarining
soniga bog`liq. Guruh soni 4-5 kishi bo`lgunga qadar uning ta`siri kuchayib boradi. Lekin undan
ortib ketgach, ta`sirchanlik kamayib boradi.
Nazorat savollari
1.
Guruhiy konfliktlar haqida aytib Bering.
2.
Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari qanday?
3.
Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari haqida.
4.
«Shaxs-guruh» konflikti qanday kechadi?
5.
«Guruh-guruh» konflikti qanday kechadi?
|