Nazorat savollari
1. Konfliktning yuzaga kelish shart-sharoitlarini aytib Bering.
2. Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar haqida
3. Konfliktning tuzilishi haqida gapiring.
4. Konflikt funktsiyalari qanday?
5. Konflikt rivojlanish bosqichlari qanday?
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya.,Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
3-ma`ruza
3-Mavzu: Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti
Reja:
1.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti tushunchasi va ko`rinishlari
2.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari va oqibatlari
3.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlarning oldini olish va bartaraf qilish
Tayanch tushunchalar:
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti tushunchasi, ko`rinishlari, shaxsning
o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari, oqibatlari, shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga
keladigan konfliktlarning oldini olish, bartaraf qilish
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti tushunchasi va ko`rinishlari
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikt psixologik konfliktlarning ichida eng
qiyini hisoblanadi, ya`ni u insonning ichki dunyosida ro`y beradi. Bunday konfliktlar bilan inson
har doim to`xnash keladi. Bunday konfliktlar konstruktiv xarakteri jihatidan shaxsning
rivojlanishining muhim onlaridan hisoblanadi. Lekin destruktiv ichki konfliktlar shaxs uchun
jiddiy xavf tug`diradi, og`ir kechinmalarga ya`ni stresslar natijasida, eng oxirgi nuqtasi suitsidga
1 2 3 4 5 6 7 8
3.2.Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari va oqibatlari
Nazorat savollari
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
9
olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir inson uchun ichki konfliktlarning aniq sababini,
ularni bartaraf qilish yo`llarini bilish muhim hisoblanadi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o`ziga xosligi shundaki, u turli
guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi.
Ya`ni, konfliktologiya avvalo biror guruhning a`zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday
qonuniyatlarga bo`ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta`sirlari uning ongida
qanday aks topishini o`rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta`siri qay yo`sinda sodir
bo`lishi konfliktologiyada sotsializatsiya, ya`ni ijtimoiylashuv muammosibilan o`zviy bog`liq
bo`lsa, bu ta`sirlarning shaxs hatti – harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi
ijtimoiy yo`l – yo`riqlar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan
fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-
atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixolgiyaning asosiy vazifalaridan
biridir.
|
|