2.2.Konflikt funktsiyalari, tuzilishi
Shunday qilib yuqorida qayd qilingan ilmiy-falsafiy, ijtimoiy manbalar, shart-sharoitlar
tufayli ijtimoiy-psixologik g`oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga ham
o`xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fanning – konfliktologiyaning
paydo bo`lishi uchun zamin rolini o`tadi.
6
XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo`ya boshladi.
Shuning uchun psixologiya fani oldiga tadqiqotlar asosida psixologik qonuniyatlarni asoslash
vazifasi turar edi. Ikkinchidan esa, Amerikada ko`pgina psixologlar o`z tadqiqot ob`ektlarini
laboratoriyalarda ayrim psixik jaraenlarni o`rganishdan kichik guruhlarga ko`chira boshladilar.
Bu davrda psixologiyada shakllanib bo`lgan uch asosiy oqim (psixoanaliz, bixoviorizm, va
geshtal`t psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o`rganish
tendentsiyasi paydo bo`ldi. Bunda asoaiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha
eksperimentlar
o`tkazishga
qaratilgan
edi.
Bunday
holatning
paydo
bo`ganligi
konfliktologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol` o`ynadi. Geshtal`t
psixologiya yo`nalishi negizida maxsus ijtimoiy psixologik yo`nalishlarning-interaktsionizm va
kognitivizmning paydo bo`lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini ekanligini yana bir
bor isbot qildi.
Konfliktologiya yo`nalishshlari doirasida o`tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar
avvalo amerikalik olimlar K. Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog`liq. Ular va ularning
izdoshlari xisoblangan K.Miller, D.Dollardj, Dj. Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki kishi
o`rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko`rinishlarini tadqiq qilib, ularda
matematik o`yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar. Diada sharoitida tajribada o`tkazilgan
tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g`oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan
farqli o`laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o`rniga laboratoriyaga naqd pulga
odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g`oyasida biologizm va mexanizm
tarzda ilgarigi hayvonlarda to`plangan dalillar modelini insonlarda qo`llash hollari kuzatildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj.Salliven ishlari
bilan bog`liq bixevioristlardan farqli o`laroq bu erda eksperimentlar ikki kishi emas, balki
ko`pchilik ishtiroqida o`tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. Sheparde,
V. Shutk) o`tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o`rganilayotgan
kichik T-guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga
ta`siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta`siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy
psixologik treninglar o`tkazishga asos solindi.
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo`nalish bo`lib,
undagi o`rganish ob`ektiv munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong
tizimiga taalluqli bo`lgan kognetiv holatlar bo`ldi. Kognitizm doirasida shunday mukammal,
boshqalarga o`xshamas nazariyalar yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini
yo`qotgani yo`q. Masalan F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. N`yukomning
kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar
shular jumlasiga kiradi.Ulardagi asosiy g`oya shundan iboratki, shaxs o`ziga o`xshash shaxslar
2.3.Konfliktning rivojlanish bosqichlari, unga ta`sir qiladigan omillar va yuzaga kelish shart-sharoitlari
Nazorat savollari
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
7
bilan muloqatga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik tenglik bo`lishiga, shu
tufayli ziddiyatlardan chiqishga harakat qiladi. Maqsad – turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-
atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo`l-yo`riqlar
ishlab chiqishdan iborat, hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou,
K.Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom
ettirmoqdalar.
Navbatdagi nazariya interaktsionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib
hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari ta`sirida T. Sarbinning rollar
nazariyasi, G.Xaymen va R.Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Gofmanning ijtimoiy
dramaturgiya nazariyalari shakllandi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni
tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qildilar,
har bir shaxs doimo ijtimoiy o`zaro ta`sir tizimida mavjud bo`ladiki, unda u to`g`ri harakat qilish
uchun o`zgalarni tushunishga harakat qilishi, o`zgalar rolini qabul qilishga tayyor bo`lishi lozim.
Lekin o`zgalar rolini to`g`ri qabul qilish uchun unda “umumlashtirilgan o`zga” obrazi bo`lishi
lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar
guruhi bilan muloqotda bo`lish jarayonida shakllanadi. Ya`ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa
fan tarixida o`ta progressiv hol edi.
|
|