• Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo`nalishining shakllanishi.
  • Maqsadlar va ideallar.
  • Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o`zgartiruvchi omillar. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli.
  • Ma’naviyat va ma’rifat.
  • Ijtimoiy ustanovkalar.
  • Jadval 4. Shaxs autodialogining muhim belgilari




    Download 252,89 Kb.
    bet13/39
    Sana20.11.2023
    Hajmi252,89 Kb.
    #102050
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
    Bog'liq
    1-mavzu. Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti. Yang-fayllar.org

    Jadval 4.
    Shaxs autodialogining muhim belgilari.

    Ichki dialog-ning shakllan-ganlik darajasi


    Bosqichlari


    Ichki dialogning darajaviy belgilari (autokommunikatsiya)




    Oliy


    6-bosqich

    Shaxsiy mazmundagi dialog (o`zidagi shaxsiy sifatlarni muhokama qilish, shaxsiy mulohaza)




    daraja


    5-bosqich

    Xodisa va narsalarga bog`liq bo`lgan sifatlar xususidagi ichki dialog




    ¤rta


    4-bosqich

    Shaxsiy sifatlar muhokamasiga qaratilgan savollar — o`ziga talablar




    daraja


    3-bosqich

    Boshqalarning baholari ta’siridagi ichki mulohazalar, shaxsiy ahamiyat kasb etgan o`zgalar fikrlari asosida ichki dialog




    quyi


    2-bosqich

    Shaxsiy sifatlarga aloqador bo`lmagan o`zgalar fikrlari asosidagi dialog (xodisa va narsalarga aloqador fikrlar)




    daraja


    1-bosqich

    Kimdir nima haqidadir gapirishi mumkin bo`lgan xolatlar yuzasidan tasavvurlar, lekin aniq fikr yoki munosabat yo`q. Autokommunikatsiyaga xojat yo`q.



    Demak, sotsializatsiya yoki ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot — faoliyat jarayonida uni faol tarzda o`zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv — har bir shaxsning jamiyatga qo`shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko`rsatishi va kerak bo`lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o`z navbatida o`zgalarga ta’sirini o`tkaza olishi jarayonidir.
    Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o`rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko`rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o`zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan sub’ektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha xarakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 — 15 ta o`quvchidan iborat akademik litsey o`quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o`quvchining har biri shu ta’sirlarni o`zicha, o`ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o`quv ko`rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o`sha biz yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.
    Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart-sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog`cha, maktab, maxsus ta’lim o`choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
    Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o`ziga xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush uyasida ko`rganini qiladi» degan maqol bor. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta’sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o`zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi-ijtimoiylashtiruvchi rol o`ynaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, ba’zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya’ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo`lib, bu farq odamlar psixologiyasida o`z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib qolishadi. Ya’ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo`lib yetishishlariga ko`maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko`cha — eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o`hshash normalar tizimi har bir ko`cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo`layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta’sirini ko`rsatadi.
    Yana bir muhim ijtimoiylashuv o`choqlariga maktab va boshqa ta’lim maskanlari kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg`unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim oladigan, bola bilimlar tizimini o`zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma’naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o`qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan ko`zlangan maqsad asosiyday. Lekin, aslida ana shu jarayondagi o`qituvchining o`zini qanday tutayotganligi, kiyim-boshi, mavzuga sub’ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o`quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan omildir. Shu nuqtai nazardan o`quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan o`qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o`qituvchining ta’siri faqat salbiy rezonans beradi. huddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol o`ynaydi. Ba’zi sinflarda o`zaro hamkorlik, o`rtoqchilik munosabtlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, guruhda ijobiy munozaralar va baxslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o`z a’zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yo`naltirib turadi.
    Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o`ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega bo`lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo`lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar xarakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o`zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri – o`sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o`zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo`lib, ko`pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o`rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog`lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o`ynaydi.
    Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o`ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o`zlashtiradi, balki o`zidagi iqtidor, malakalari bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta’sir, shaxsiy o`rnak ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shu nuqtai nazaridan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz, onaxonlarimiz asosan o`zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug`ullanadilar va bu narsa ayniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Shu sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun sayin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o`chog`i sifatida davlat himoyasida bo`lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat yoshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, vatanparvarlikning rivojiga o`z xissasini qo`shadi.


    Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo`nalishining shakllanishi. Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o`z o`rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo`nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo`naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg`un, barqaror motivlar majmuiga ega bo`lishlik shaxsning yo`nalganligi deb ataladi.
    Yo`nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi:


    Mas’uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko`rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko`ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o`zining hayotida ro`y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat o`zini tan oladi. («Men o`zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o`zimga bog`liq, shuning uchun o`zim uchun ham, oilam uchun ham o`zim javob beraman»). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro`y bergan va beradigan voqea, xodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o`qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshq.).
    Xorij mamlakatlarda o`tkazilgan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko`proq o`smirlarga xos bo`lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o`rtasida mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham «nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim Dj. Rotter (J. Rotter) ning fikricha, mas’uliyatni o`z bo`yniga olishga o`rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm xolatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o`z -o`zini hurmat xissi ham yuqori bo`lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashish yashashga sira halaqit bermaydi. Shuning uchun ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga ko`proq tashabbus ko`rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz I. Karimov siyosatining asosini tashkil etadi.


    Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat xissiga bog`liq yo`nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq va yaqinga mo`ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson — ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o`zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog`liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o`rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham rol o`ynaydi. Ideallar — shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu — umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning paydo bo`lishiga sabab bevosita tashqi muhit bulib, o`sha ideallar ob’ekti bilan shaxs imkoniyatlari o`rtasida tafovut bo`lishi mumkin. Masalan, o`smirning ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo`lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo`lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo`yib, unga erishish yo`lidagi qiyinchiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.

    qiziqishlar va dunyoqarash. qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo`lib, ular shaxsni atrofida ro`y berayotgan barcha xodisalar, olamlar, ularning o`zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to`plash, ularni o`rganishga imkon beruvchi omildir. qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo`lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo`lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo`ladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo`nalishiki, unga o`z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo`lishi mumkin — Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga, go`zallikka va shunga o`hshash.
    E’tiqod va qiziqishlar har birimizdagi dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyoqarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g`oyalar majmui bulib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o`z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o`rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o`z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo`liga — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.


    Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o`zgartiruvchi omillar. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning roli. Dunyoqarash — shaxsning shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko`rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o`zgarishi masalasi muhim masalalardan bo`lib, hamma vaqt va davrlarda ham o`ta dolzarb bo`lib kelgan. ¤zbekiston o`z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri — ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bo`lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo`ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu o`rinda psixologiya o`zgarishlar sharoitida e’tiqod, dunyoqarash va ideallar o`zgarishiga sabab bo`luvchi omillar xususida quyidagilar ajratadi:
    1. Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu — odamning tabiat, jamiyat va insonlar to`g`risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo`lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun — mohiyatini belgilaydi. Demak, yoshlarga qaratilgan va ular o`qib, o`rganishi uchun yo`naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy-ahborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o`zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g`oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I. A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda yangi «Ta’lim to`g`risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg`or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o`rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i — xarakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o`zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo`ladi.
    2. Oila. Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o`chog`i bo`lgani uchun ham uning shu muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. Respublikamizda «Oila»yili deb elon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi o`z faoliyatini boshlashi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muhim tadbir bo`ldi va ularda yurtga, Vatanga, yaqinlarga sadoqat, muhabbat hislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko`rsatdi.
    3. Mafkura. har bir davrning o`z mafkurasi bo`ladi va u shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning ongiga ta’sir ko`rsatuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Kommunistik mafkuradan batamom voz kechgan jamiyatimizda yangi mustaqillik mafkurasi shakllanmoqda. Zero, mafkura jamiyat a’zolarining tabiat, jamiyat va ijtimoiy jarayonlar xususidagi g`oyalari, bilimlari majmui bo`lib, har bir ijtimoiy guruh o`z e’tiqodiga mos mafkurani tanlaydi. Mustaqillikdan ruhlangan, uning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan bahramand bo`layotgan o`zbekistonliklar o`tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart-sharoitlarni anglab, o`zlari ongli ravishda ana shu tuzumga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. Yangi mafkura mustaqillik va milliy qadriyatlar g`oyasi ta’sirida shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda yoshlar dunyoqarashini o`zgartiruvchi muhim shartdir.
    4. Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o`zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm — bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu — shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriyadir.
    Rus olimi V. A. Yadov o`zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to`rt bosqich va to`rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
    A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko`pincha ongsiz tarzda hosil bo`ladigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o`zgartirish kifoya.
    B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) — ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o`zgartirish kerak.
    V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar — ular shaxsning umumiy yo`nalishini belgilaydi va ularni o`zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o`zgartirish demakdir.
    G) qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o`z qadrini yo`qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
    Ijtimoiy ustnovkalarni o`zgartirishning eng sodda va qulay yo`li — bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo`lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o`z kuchini va mavjudligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak, u yerda biror g`oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o`z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so`zlar va iboralar, xarakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo`l bilan ko`pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo`llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o`zgartirishga erishish mumkin.


    Download 252,89 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




    Download 252,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval 4. Shaxs autodialogining muhim belgilari

    Download 252,89 Kb.