|
Furshet-banketida xizmat qilish
|
bet | 106/121 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #120026 |
Bog'liq 1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari RejaFurshet-banketida xizmat qilish. Furshet-banketlarida xizmat qilish me’yoriy, har bir ofitsiantga 18—20 tadan mehmon to‘g‘ri keladi. Ofitsiantlar zal stollari qarshi-sida tik turgan holda mehmonlarga ichimliklar quyib beradi, taom va gazaklar solib oldilariga stolga ko‘yadi. Taklif qilinganlarning hammasi stollar yoniga kela olmagan mehmonlarni hisobga olib ofitsiantlar chekka-roqda turgan mehmonlarga ham xizmat tavsiya qilishi, ichimliklar, taom, gazaklar takdim etishi lozim.
Ichimliklar tarqatishda quyidagi qoidaga rioya qili-nadi. Ofitsiant patnisda ryumkalar, ichimlik shishalari qo‘yilgan holda chap qo‘li bilan olib yuradi, ryumkalar ustiga salfetkalar yopilgan bo‘ladi, mehmonlarga ichim-liklar taklif qiladi va o‘ng qo‘li bilan quyib beradi. Shu narsaga e’tibor berish kerakki, ichimlik shishalari etiketkasi mehmonlarga ko‘rinib tursin. Bu ishni ikki-ta ofitsiant bajarsa ham bo‘ladi: bitta ofitsiant butil-ka va ryumkalar qo‘yilgan patnisni olib boradi, ikkin-chi ofitsiant mehmonlarga ichimliklar tavsiya etadi va xohish bildirganlariga quyib beradi.
Stollar yaqinida bo‘lmagan mehmonlar uchun ofitsiant stoldan gazak olib taklif qiladi, bunday hollarda meh-mon stoldan bo‘sh tarelka oladi va ofitsiant unga gazak solib beradi. Ba’zi ofitsiant patnisida gazak bilan bo‘sh tarelkalar ham bo‘ladi, ofitsiant mehmonga hohlagan taom yoki gazak solib olishi mumkinligini aytadi, yoki o‘ng qo‘li bilan o‘zi solib beradi. Ofitsiant foydalanilgan idishlarni yig‘ishtirib oladi.
Bosh ofitsiant ishorasi bilan, mehmonlar sovuq ga-zaklarning asosiy qismini tamaddi qilib olganlaridan so‘ng (20—30 daqiqa), ofitsiantlar issiq gazak berishni boshlaydilar. Issiq gazak, taomlar har bir kishi uchun alohida idishlarda keltiriladi. Issiq gazak va taom-larni ofitsiantlar ikki kishi bo‘lib olib kelishi mum-kin. Issiq ovqatdan so‘ng har xil shirinliklar berila-di. Ularga tegishli anjomlar ko‘yiladi.
Shampan vinosi va qadahlar keltiriladi. Patnislar-dagi qadahlarga vino quyib, har bir mehmon oldiga bo-rib tavsiya qilinadi. Furshet-banket kofe ichish bilan yakunlanadi. Xohlavchilar bo‘lsa, konyak ichishlari ham
mumkin.
Butun xizmat qilish jarayonida ofitsiantlar stollar-ga qarab turadi, foydalanilgan idishlar, bo‘shagan shi-shalarni darrov yig‘ishtirib oladi, ularni yuvadigan xo-naga topshiradi, toza idishlarni olib kelib qo‘yib tura-di. Xuddi shuningdek, kuldonlarni o‘z vaqtida olib, tozalab keladi yoki o‘rniga tozasini almashtiradi. Meh-monlar ko‘p bo‘lgan hollarda bu ishlarga alohida ofitsiant
ajratiladi.
Zalda bir nechtagina stol bo‘lsa, gazak, taomlar, ichim-liklar bir vaqtda birdaniga beriladi. Stollar zalga kirish joyidan uzoqroqda bo‘lsa, eng oldin ularga xiz-
mat qilinadi.
Banket tugagach, yig‘ishtirish ishlari quyidagi tartibda o‘tadi: eng avval salfetkalar, shishalar, vazalar, anjom-lar navbati bilan olinadi. Chinni, shisha idishlar yi-g‘ishtiriladi. Stol ustiga solingan dasturxonlardan uvoq-ushoqlar chetga yoki salfetka bilan artilib olinadi, pat-nislarga solinadi. Dasturxonlar va ular ostiga solingan matolar o‘rab olinadi va so‘ngra pol supuriladi.
|
| |