• Banketga tayyorgarlik.
  • Mehmonlarga xizmat qilish.
  • 1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja




    Download 3,44 Mb.
    bet109/121
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,44 Mb.
    #120026
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121
    Bog'liq
    1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    CHOY-BANKETI
    Choy-banketlar tavallud topgan kunlar va boshqa tan-tanalarda o‘tkaziladi. Bunday banketlarda odamlar uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bunday tadbirlar ko‘p hollarda soat 16—18 larda o‘tkaziladi, 2 soat atrofida davom etadi.
    Choy-banketining o‘tkazilishida qatiy qoida yo‘q. U erkin holda o‘tkaziladi.
    Banketga tayyorgarlik. Choy-banketiga tavsiya etiladigan mebel —dumaloq, cho‘zinchoq stollar, ular bo‘lmasa kvadrat, to‘g‘ri to‘rt burchakli stollar, stullar, kreslo, yarimkres-lo, yumshoq kursi, divanlar.
    Choy stollari zalning markaziga yoki mehmonlar uchun qulay joylarga o‘rnatiladi. Zalga bir qancha stollar qo‘yi-ladigan bo‘lsa, ular orasida mehmonlar o‘tishi, ofitsiant-lar yurishi uchun yo‘lak bo‘lishi lozim. Asosiy choy stol-laridan tashqari ofitsiantlar uchun yordamchi stollar ham qo‘yiladi.
    Dasturxon, sochiq, sochiq-salfetkalar gulli bo‘lishi kerak. Stolga yozilgan gulli dasturxonlarga mos keladi-gan sochiq-salfetkalar tanlanadi. Tantananing harakte-riga qarab rang-barang gulli dasturxon ishlatiladi. Ular bir xil rangda yoki milliy kashtachilik bezaklari beril-gan bir necha rangda bo‘lishi mumkin.
    Silliqlangan, oyna bilan qoplangan stollarga das-turxon yozilmaydi. Agar mehmonlar soni 8 dan oshsa, bir necha stolni yasatish mumkin.
    Banket taomnomasida asosan hamir-qandolat mahsulot-lari (non, pirog, suhari, tort, pirojniy, keks, pecheniy, konfetlar, shirin yong‘oqlar, bodom, olma, har xil meva va boshqalar) bo‘ladi.
    Spirtli ichimliklardan yarimshirin vinolar, musal-las, likyor, kon’yak tavsiya qilinadi. Ba’zi banketlarda shampan vinosi ham beriladi. Choy stoliga sovuq gazak-lar berish tavsiya etilmaydi.
    Choy-banketi stoliga mayda desert tarelkalari, desert, meva idishlari, vino, kon’yak, likyor uchun ryumkalar, sham-pan vinosiga qadahlar, choynak-piyolalar, qanddon va qand-ni siqib olgich, meva, qandolatlar solish uchun vazalar, gulli salfetkalar, kudsonlar qo‘yiladi.
    Choy stolidagi har bir mehmonga agar taomnomaga ki-ritilgan bo‘lsa, kichik desert tarelka, uning yoniga likyor va kon’yak uchun ryumka qo‘yiladi. Pichoq, vilka, qoshiq desert tarelkalariga yoki uning yoniga qo‘yiladi. Gulli sochiq-salfetkalar chiroyli buklanib, desert tarelkala-riga yoki ularning yoniga, chap tomonga qo‘yiladi.
    Mevalar uchun tarelkalar, anjomlar 4—6 tadan taxla-nib, mehmonlar uchun qulay joyga qo‘yiladi. Ular xizmat qiluvchilar uchun ham o‘ng‘ay bo‘lishi kerak.
    Meva, kiyom, asal, pecheniy, tort, pirojniy, qand, yongoq solingan vazalar banket boshlanmasdan oldin stollarga qo‘yiladi.
    Qiyom, asal soladigan idishchalar, qandni siqib ol-gich, tort, pirojniylar uchun kurakchalar, desert qoshiq-lari beriladi.
    Kuldon, sigaretalar, gugurt choy stoliga qo‘yilmaydi. Ularni zarur bo‘lib qolsa, ofitsiantlar keltirib bera-di. Choy stoli taomnomasida shirinliklar, mevalar, de-sert yoki nimshirin vinolar bo‘lishi mumkin. Issiq
    ichimliklar berish oldidan qiyom, sut, limon keltirila-di. Agar taomnomada qiyom belgilangan bo‘lsa, 4—6 dona kichik idishchalar stol ustiga qo‘yiladi. Shampan vinosi uchun qadahlar vino ryumkalarining chap tomonida turadi. Choy stolining bezagi — samovardir. U asosiy stol ustiga yoki maxsus qilingan ixchamroq stolga qo‘yiladi. Chinni choynak-piyolalar, chashkalar samovar yonida bo‘ladi. Mehmonlarga xizmat qilish. Ofitsiantlar mehmonlar-ni yasatilgan stollarga taklif qiladi, birinchi navbatda ayollar, yoshi ulug‘larni o‘tqazadi. Hamma mehmonlar o‘ti-rib joylashganiga ishonch hosil qilgan ofitsiantlar meh-monlarga shirinliklar va vino tavsiya qiladi. Ofitsi-ant o‘ngdan chap tomon yurib taomlarni tortib chiqadi. Taom solingan idishlarni qo‘yish uchun har bir mehmon oldiga kichik tarelkalar beriladi. So‘ngra issiq ichimliklar, qandolat mahsulotlari qo‘yiladi.
    Ofitsiantlar foydalanilgan idish-anjomlarni yig‘ish-tirib oladi va toza desert tarelkalari, anjomlarni bera-di. Qiyom, qaymoq, sut, limonlar qo‘yiladi va choy beriladi. Biz bu yerda Yevropa qoidalariga binoan choy-banket-lar o‘tkazish haqida qisman gapirdik, ammo o‘zbekona choy-xo‘rlik butunlay boshqacha bo‘ladi. Hozir respublikamiz restoranlarida choylar oshxonada paxta gulli choynaklar-da damlanadi, paxta gulli piyolalar bilan mehmonlar ol-diga qo‘yiladi. Ofitsiant choyni qaytarib, bir oz tinim berib piyolaga quyadi va mehmonga uzatadi.
    O‘zbekistonda bo‘lgan, o‘zbek xonadonlariga mehmondor-chilikka borgan bir xorijlik olim, mamlakatiga borib, maqolasida shunday yozadi: men o‘zbek qizining iffat-ehtirom, izzat-hurmat bilan choy uzatishini dunyodagi hamma iffat-ehtirom, izzat-hurmatga alishtirgan bo‘lar-dim.
    Choy quyish, choy uzatish — bu ham bir san’at, madani-yat. Bu madaniyatni biz restoranlarda xorijiy mehmon-larga ko‘rsatishimiz darkor.
    TO‘Y-BANKETLARIDA XIZMAT QILISH
    Restoranlarning to‘ylarga xizmat qiladigan alohida zallari bor. Peshzallarda mehmonlar yig‘ilishadi, bir-birlarini kutishadi. To‘y o‘tkaziladigan zalga stollar qo‘yiladi, banket dasturxoni yasatiladi. Restoranning faqat bittagina zali bo‘lsa, mehmonlar eshik oldida to‘pla-nishadi. To‘y banketlari uchun taomnomalar maxsus muqo-valarda tayyorlanadi.
    To‘y taomnomalarining muqovalari odatdagi tantana-li banketlarnikiga qaraganda kichikroq, oq rangda, «To‘y taomnomasi» deb yozilgan bo‘ladi. Muqova ichiga taomnoma solinadi, ammo taomlarning, ichimliklarning bahosi ko‘rsatilmaydi.

    Download 3,44 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121




    Download 3,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    Download 3,44 Mb.