• Buyurtma qabul qilish.
  • Ofitsiantlarning to‘la xizmati bilan




    Download 3,44 Mb.
    bet111/121
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,44 Mb.
    #120026
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
    Bog'liq
    1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    Ofitsiantlarning to‘la xizmati bilan

    o‘tkaziladigan banketlar
    Bunday banketlar diplomatlar yig‘inlarida, rasmiy qabul marosimlarida o‘tkaziladi. Diplomatik amaliyotda qo‘llaniladigan protokol asosida mehmonlar restoran zaliga joylashtiriladi. Biroq bunday qabullar faqat diplomatlar uchingina deb qarash restoran faoliyatini cheklagan bo‘ladi. Restoranlarda huddi shunday mehmonlar kutish, ularga xizmat qilish hamma uchun erkindir. Bun-day banketlarda 8 dan 50 gacha, ba’zan esa 100 dan ortiq odam qatnashadi. Quyida bu tantanani o‘tkazish tadbirlari haqida so‘z boradi.
    Buyurtma qabul qilish. Bosh ofitsiant banket tashkilotchilaridan buyurtma qabul qilib olar ekan, eng avval tantananing sanasi, soatini aniqlaydi, mehmonlar miq-dori, tizimi (jinsi, yoshi, millati, kasbi)ni biladi, tantananing maqsadi, umumiy sarf qilinadigan pul sum-masi, har bir kishiga hisoblangan chiqim, pul to‘lash shakli (naqd, kredit), taklif qilingan hurmatli mehmonlar ro‘yxati aniqlanadi. So‘ngra bosh ofitsiant buyurtmachini zal bilan tanishtiradi, banket o‘tkaziladigan joyni ko‘rsatadi. Stollarning qo‘yilish tartibi, mehmonlarni o‘tqazish rejalari kelishib olinadi. Yana u xizmat qilish jarayonida kim bilan munosabatda bo‘lish zarurligini aniqlaydi. Bosh ofitsiant vazifasiga yana quyidagilar-ni aniqlash kiradi:

    1. Xorijiy davlatlarning turli elchixonalaridan mehmonlar keladigan bo‘lsa, o‘sha mamlakatlar bayroqla-rini osib qo‘yish.

    2. Hurmatli mehmonlarni restoranga taklif qilish.

    3. Stollarda mikrofonlar bo‘lishini ta’minlash.

    4. Orkestr kerak bo‘lsa, uning dasturi anikdanadi, yozuv uchun magnitafon.

    5. Banket qatnashchilari uchun shaharlararo va xalqaro telefon bo‘yicha gaplashish, rasmga tushish, pianino va royalda chalish imkoniyati tug‘diriladi.

    6. Mehmonlar tarqalishi oddidan mashinalar chaqirish uchun mikrofonlar qo‘yish.

    Buyurtmachi bilan taomnoma muhokama qilinadi, ta-omlarni berish vaqti va navbati, xizmat qilish jarayo-nida tanaffus va mehmonlarning aylanadigan joylari haqida kelishib olinadi.
    Banket taomnomasiga 3-4 nomli sovuq taomlar, is-siqgazak, bir-ikkita issiq taomlar, shirinliklar, kofe, mevalar, ichimliklar kiritiladi.
    Tanaffus paytlarida qanday ichimliklar va boshqa narsalar berish mumkinligi haqida kelishib olinadi. Buning uchun tanaffus qancha vaqt davom etishini ham belgilab olish kerak.
    Banket taomnomasi tuzganda milliy taomlar ham qo‘shilishi zarur. Taomnomada qadah ko‘tarish qaysi taomlar oldidan bo‘lishi, qachon issiq gazak, issiq taom va shirinlik berilishi belgilanadi. Taomnoma blanki odatda to‘rt nusxada bosiladi va ishlab chiqarish hamda bufet uchun, buxgalteriya, bosh ofitsiant, buyurtmachiga beriladi. Bos-maxonada chop etiladi, hajmi 12x12 sm bo‘ladi. Taomnomada bir necha sovuq gazaklar, bitta issiq, tushlik banketlarida sho‘rva, shuningdek, ikkinchi issiq taom, shirinlik, meva, ichimliklar bo‘ladi.
    Banketning har bir qatnashchisi uchun taom va ichimliklarning taomnoma kartochkasi beriladi, bu o‘z navbatida stolni bezatadigan bir manzara bo‘ladi. Bu kartochkada faqat taom, ichimliklar ro‘yxatigina emas, banket tantanasining maqsadi ham qisqacha bayon etiladi. Ban-ketda qatnashayotgan xorijiy mehmonlar uchun taomnoma ularning tillarida yoziladi. Bu xususiy taomnoma har bir mehmon oldida stolda bo‘ladi, mehmonlarning har biri uchun yana maxsus kartochka bo‘ladi, unda ularning ismi sharifi, unvoni, lavozimi ko‘rsatiladi. Bular kichik ta-relkalar yoniga qo‘yiladi.

    Download 3,44 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




    Download 3,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ofitsiantlarning to‘la xizmati bilan

    Download 3,44 Mb.