• Stol yasatish.
  • Stollarga dasturxon yozilishi




    Download 3,44 Mb.
    bet113/121
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,44 Mb.
    #120026
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
    Bog'liq
    1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

    Stollarga dasturxon yozilishi. Avval stollar ustiga qalinroq yumshoq mato solinadi, so‘ngra dasturxon yoziladi. Ustiga idishlar qo‘yilganda taqir-tuqur ovoz chiqmaydi, chinni, shisha va boshqa xil idishlar sinmaydi, idish tubi stodda tekis turadi, to‘kilgan suyuqlik namini o‘zi-ga tortadi.
    Restorandagi banket stollari ustiga yoziladigan das-turxonlar ularga mos kelishi zarur. Bir dasturxonni bitta stolga solish mumkin, uning chetlari stol chetidan 20-30 sm osilib turishi kerak. Agar bundan uzun bo‘lsa, osilib qoladi, kalta bo‘lsa, xunuk ko‘rinadi. Agar stolning yon tomoniga odam o‘tirmaydigan bo‘lsa, stol chetidan 30-40 sm osilib turishi mumkin. Dumaloq stollarga bir yoki bir necha dasturxon yozish mumkin, osilgan burchaklarini moslab qaytariladi.
    Stol yasatish. Banket stoliga idishlar, qadah, fujer, ryumka va boshqa anjomlar qo‘yilishi restoran taomno-masiga va gazak, taom, ichimliklar berilishiga bog‘liq.
    Banket stoliga oldin mayda oshxona tarelkalari qo‘yiladi, bular ustiga gazak va boshqa chuqur tarelkalar qo‘yi-ladi. Tarelkalarni qo‘yish tartibi quyidagicha. Ofitsiant mo‘ljal bilan stol markazini aniqlaydi va uni o‘rtadan bo‘ladi. Bir tomoniga markaziy tarelkani qo‘yadi, uning o‘ng va so‘l tomonlariga boshqa tarelkalarni qo‘yib chiqadi. Har bir kishiga 0,8-1 m joy mo‘ljallanadi. Meh-monlar soniga qarab tarelka teriladi. Bir tomonga tarelkalar qo‘yib chiqqan ofitsiant stolning ikkinchi tomoniga o‘tadi va qarshi tomondagi tarelkalar ro‘parasiga bir qator tarelkalar qo‘yib chiqadi.
    Yana boshqa usuli ham bor, oldin stullar qo‘yib chiqi-ladi, stolning narigi tomonidan har bir stul ro‘parasi-ga tarelka qo‘yiladi va ularga moslab stolning ikkinchi tomoniga ham tarelkalar teriladi.
    Banket stoliga tarelkalar terish quyidagicha bo‘ladi:

    1. Tarelkaning cheti stol chetidan 1-2 sm ichkarida bo‘ladi.

    2. Tarelkaning restoran emblemasi yoki belgisi tu-shirilgan tomoni mehmonga yuzlanishi kerak.

    3. Hurmatli mehmonlar o‘tiradigan joylardagi das-turxon maxsus usulda yasatiladi, tarelkalar oralig‘i bosh-qalarga qaraganda kengroq qoldiriladi.

    Tarelkalarni stol oyoqlari tepasiga qo‘yilmaydi. Oshxona anjomlari qo‘yilganda shu narsaga e’tibor be rish kerakki, tarelkaning ung tomoniga oshxona pichog‘i o‘tkir tomoni tarelkaga qaratib qo‘yiladi, sal o‘ngroqda baliq uchun pichoq, yana o‘ngroqda suyuq ovqat ichish uchun qoshiq ich tomoni tepaga qaratib qo‘yiladi, yana o‘ngroqda gazak pichog‘i o‘tkir tarafi tarelkaga qaratib qo‘yiladi.
    Oshxona tarelkasining chap tomoniga tishlarini yuqoriga qaratib vilka qo‘yiladi. Chaproqda osh qoshiq yonida baliq uchun vilka turadi, uning yonida gazak vilka-si tishlari yuqoriga qaratilgan holda qo‘yiladi. Hamma anjomlar soplari bir chiziqda bo‘ladi. Qoshiq va pichoq-lar sopi o‘ngga, vilka sopi chapga qaratiladi.
    Taomnomada belgilangan anjomlardan tashqari boshqa narsalar olib kelish tavsiya etilmaydi. Banketlarda stol yasatishning o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, pichoq va vilka dasturxon ustiga emas, gazak tarelkasiga qo‘yiladi va usti salfetka bilan yopiladi. Banket stoliga fujerlar qo‘yilganda ofitsiant shu narsaga e’tibor berishi kerakki, fujerlar tarelka chek-kasida 3-5 sm oraliqsa tursin. Stolning chiroyli chi-qishi ko‘p hollarda fujerlarning did bilan terilishiga bog‘liq. Fujerlardan o‘ng tomonda, stol chetiga parallel qilib ryumkalar teriladi. Fujer va ryumkalar orasiga shampan qadahlari qo‘yiladi. Konyak yoki likyor uchun ryum-kalar bu ichimliklar keltirilganda olib kelinadi.
    Agar taomnomada quvvatli vinolar belgilangan bo‘lsa, vino uchun ryumkalar aroq va vino ryumkalari orasiga qo‘yiladi. Sharbat ichish uchun stakan ikkinchi qatorga vino ryumkalaridan chap tomonga qo‘yiladi.
    Banket stoli bezaklaridan ajralmas bir qismi-sochiq-salfetkalardir. Ular chiroyli taxlangan va gazak tarelkalariga solingan bo‘ladi.
    Yangi uzilgan gullar suvli vazalarda qo‘yiladi. Gul qo‘yilgan vazalar uncha baland bo‘lmasligi kerak, chunki gullar baland bo‘lsa, stolning ikki tomonida o‘tiruvchi mehmonlarning o‘zaro suhbatiga halaqit beradi. Gul vazalarini odatda stol markaziga bir qator qilib qo‘yiladi, ular orasi bir xil uzunlikda bo‘lishi, gullar bir tekis turishi lozim. Bu ishlar ofitsiant zimmasiga yuklatila-di. Eng chiroyli, manzarali gul stol markaziga qo‘yiladi. Chunki bu yerda banket tashkilotchilari va hurmatli meh-monlar o‘tiradi.
    Ko‘p hollarda gul solinadigan vazalar ichiga yaxshi yuvilgan shag‘al tashlanadi. Ana shunday qilinganda har bir gulning cho‘pini shag‘al oralariga kiritib xohlagan tomonga qaratib qo‘yish mumkin. Gullar bir-birlariga munosib o‘rnashishlari uchun sim to‘g‘nog‘ichlardan ham foy-dalaniladi, ular gullarning tik turishini ta’minlaydi. Natijada vazada xuddi jonli gul o‘sayotganday manzara hosil bo‘ladi.
    Ba’zan banket stollarini gul bilan bezashda vazalar-ga bir donadan yoki bir necha donadangina gullar solina-di, bu ham o‘ziga xos chiroyli manzara yaratadi.
    Dumaloq banket stollarini gul bilan bezashda gullar katta vazaga solinib, stol o‘rtasiga qo‘yiladi.
    Yasatilgan banket stolida ortiqcha hech narsa bo‘lmas-ligi, u o‘ziga xos badiiy ko‘rinishli bo‘lishi kerak. Zira-vorlar solingan idishchalar juft-juft qo‘yiladi. Tuz chap tomonda, garimdori -o‘ng tomonda bo‘ladi. Usti ochiq idishli ziravorlarga kichkina qoshiqcha qo‘yiladi.
    Stol ustiga oldindan kuldon qo‘yib chiqish, chekish vositalari va gugurt qo‘yish tavsiya etilmaydi. Diploma-tiya qoidalariga ko‘ra kofe berilgandan keyingina cheki-ladi. Bu qoidaga rioya qilmay, mehmon sigareta cheka bosh-lasa, ofitsiant kuldon keltirib berishi kerak.
    Stol yasatilayotganda buyurtmachi kuldon qo‘yishni ta-lab qilgan taqdirdagina, ofitsiant oldindan kuldon qo‘yishi mumkin. Kuldon chekuvchiga yaqinroq, stol usti-dagi bo‘shroqjoyga qo‘yiladi. Kuldonlar kichikroq bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Sigaretlarni ofitsiant pachkani ochib tavsiya qiladi, birga gugurt qo‘shib beradi.
    Banket stoli yasatishdagi o‘ziga xos xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, har bir banket qatnashchisi ta-relkasining o‘ng tomonida stol markaziga yaqin joyda taomnoma kartochkasi bo‘ladi, bu kartochka bosmaxonada bosilgan yoki kompyuterdan chiqarilgan bo‘ladi, shuningdek mehmonning tashrif kartochkasi qo‘yiladi.
    Har bir taomnoma-kartochkada banketning turi ko‘rsatiladi. Agar banket xorijiy delegatlar sharafiga o‘tkazi-layotgan bo‘lsa, kartochka ikki tidda-mehmon millati ti-lida va banketni tashkil qiluvchilar tilida chop qilinadi.
    Buxanka nonlar, bulochkalar kesilib beriladi. Tandirda yopgan non butunlayicha yoki kesilib, to‘rtga bo‘li-nib qo‘yiladi. Banket boshlanishidan 15 daqiqa oldin bosh ofitsiant ichimlik suvlarini olib kirish haqida buyruq beradi. Ofitsiant shu narsaga e’tibor berishi lozimki, suv shishalari toza bo‘lsin, shisha og‘izlari to-zalab artilsin. Ichimliklar ofitsiantning xizmat sto-liga etiketkasi zalga qaratilgan holda qo‘yiladi. Shi-shalar usti sochiq-salfetkalar bilan yopiladi.
    Banket boshlanishidan oldin ichimliklar tarqatish nazarda tutilgan bo‘lsa, restoranning zalpeshtida banket boshlanishiga 15-20 daqiqa qolganda bu tadbir boshla-nadi. Alkogolsiz ichimliklar, musallas, sharbatlar tav-siya etiladi. Issiq paytlar meva va ma’danli suvlar be-riladi. Kuldon, gugurtlar qo‘yiladi. Ryumkalarga, fyujer-larga quyilgan ichimliklarni ofitsiantlar patnislarda mehmonlarga tavsiya etib yuradi. Ichimliklar quyilgan ryumkalar to‘la bo‘lmasligi kerak. Patnisda oralari 2-5 sm oraliqsa turishlari lozim. Bo‘yi baland ryumkalar patnisning o‘rta tomoniga qo‘yiladi. Birdaniga juda ko‘p ryumkalar to‘ldirilmasligi, ehtiyojga binoan ichimlik-lar keltirilishi kerak.
    Banketda uncha ko‘p odam qatnashmaydigan bo‘lsa, zal-peshda bufet-bar tashkil qilish ham mumkin. Mehmonlar xohlagan ichimliklarni olib ichishlari mumkin. Mehmon-lar chetroqda suhbat bilan band bo‘lsalar, ofitsiant bar-dan olgan ichimliklarni ularga tavsiya qilishi mumkin. Ofitsiantlar bo‘shagan idishlarni yig‘ishtirib olishla-ri, kuddonlarni almashtirib, tozalab turishlari zarur.
    Bu marosim tugagach, mehmonlar zalga o‘tadi va banket tantanasi boshlanadi.

    Download 3,44 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




    Download 3,44 Mb.