• VINOLARNING TURLARI(TADQIQOT USLUBLARI VA NATIJALAR) Mahmudov Valijon Botanika va biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n. Tohirov Ziyoviddin
  • Quvvatlangan vinolar ishlab chiqarish texnologiyasi. Quvvatlangan




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.01.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #147804
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    Mahmud ov Valijon



    Международный научный журнал №9(100), часть 1 
    «Новости образования: исследованиев XXI веке» апреля, 2023г 
    474 
    QUVVATLANGAN VINOLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. QUVVATLANGAN 
    VINOLARNING TURLARI(TADQIQOT USLUBLARI VA NATIJALAR) 
    Mahmudov Valijon 
    Botanika va biologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n. 
    Tohirov Ziyoviddin
    Biotexnologiya yo

    nalishi 2-kurs magistranti 
    Quvvatlangan vinolar uzum sharbatini bijgʻitish vaqtida, ma’lum miqdordagi qandni 
    saqlab qolish uchun va bijgʻitishni toʻxtatish uchun spirtrektifikat qoʻshib tayyorlanadi. Ular 
    tarkibida spirt miqdori 17-20 % , shakarning miqdori 14 % gacha boʻladi. Bu tipdagi 
    vinolarga portveyn, madera, xeres va marsala vinolari kiradi. Ularning shakllanishiga 
    oksidlanish-qaytarilish va karbonilamin reaksiyalari asosiy rolni oʻynaydi. Bu vinolar 
    tayyorlashda maxsus texnologiyalarni qoʻllash mana shu ikki reaksiyani kuchaytirishga 
    asoslangan. Bu vinolar oʻzining xushboʻyligi, spirtning koʻpligi va ekstraktivligi bilan boshqa 
    vinolardan farq qiladi. Ular har qanday sharoitda ham uzoq vaqt oʻzini sifatini 
    oʻzgartirmasdan saqlanadi. Quvvatli vinolar tayyorlashda ishlatiladigan uzum navlari 
    tarkibida qand, fenol va xushboʻy moddalar koʻp miqdorda boʻlishi kerak.
    Quvvatli vinolar ikki xil texnologik yoʻnalishda tayyorlanadi:
    1. Bijgʻitilayotgan sharbatga spirt qoʻshishi orqali, bunda bijgʻish jarayoni toʻxtab, 
    vinoda kerakli miqdordagi qand saqlanib qolinadi, bu portveyn va madera tayyorlashda 
    uchun ishlatiladi.
    2. Asosiy va yordamchi materiallarni kupaj qilish bilan (spirtlangan sharbat vakumda 
    olingan sharbat) bu xeres, marsala va baʻzi yuqori sifatli portveynlar tayyorlashda 
    qoʻllaniladi. Bizning mamlakatimizda qabul qilingan hujjatlarga asosan quvvatli vinolar 
    tarkibida bijgʻitish jarayoni natijasida kamida 3 % spirt hosil boʻlishi kerak. Bijgʻitish 
    jarayonini toʻxtatadigan spirtni konsentratsiyasini aniqlash uchun Deleni empirik usulidan 
    foydalaniladi: bunga asosan vino yoki sharbatning bijgʻishga chidamliligi, uning 
    konservalanish birligi bilan oʻlchanadi, agar konservalanish birligi 80 ga teng boʻlsa, u 
    bijgʻitishga chidamli boʻladi. U quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
    4,5A + В = 80 
    bunda, 4,5 -1 % hajm spirtga toʻgʻri keladigan konservalash birligi;
    A - muhitdagi etil spirtini miqdori, % , haj.
    В - qand miqdori, g 100 ml dа 
    Misol. Tarkibida 16 g 100 ml-da qandi boʻlgan sharbatni bijgʻimasligi uchun uning 
    tarkibida qancha spirt boʻlishi kerak? 
    4 ,5 A + 16 = 80 A = 14,2 %
    Shu formula orqali anor yoki uzum vinolarining quvvatini aniqlasak boʻladi. 
    Portvyen vinosi.


    Международный научный журнал №9(100), часть 1 
    «Новости образования: исследованиев XXI веке» апреля, 2023г 
    475 
    Bu turdagi vino birinchi marotaba Portugaliyaning Porto shahrida tayyorlangan boʻlib, 
    shu sababli bunday vinolar shu shahar nomi bilan ataladi. Portugaliyada hozirgi vaqtda ham 
    oldingi texnologiya asosida portveyn tayyorlanadi. Bu texnologiya juda koʻp miqdorda 
    mehnat talab qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda portveyn olishning tezkor kam mehnat 
    talab etadigan usullaridan qoʻllaniladi. Rangiga binoan oq, qizil va pushti portveynlar 
    boʻladi. Ular oddiy, tutib turilmagan va markali bir necha yil davomida tutib turilgan boʻladi 
    va shunday xillar toifasida chiqariladi. Portveynlarning shirinligi oʻrtacha va mayin taʻmi, 
    oʻziga xos karamel mazasi kelib turadigan mevasimon yigʻma xushboʻyligi bilan ajralib 
    turadi. Bizning Fargʻona shahrida ham tayyorlandi va bu oq rangli portveynni kimyoviy 
    koʻrsatkichlari quyidagi jadvalda koʻrsatilgan: 
    Nomlanishi 
    Miqdori 
    Spirt, % hajm 18,1 
    Qand, g 100 ml 
    9,6 
    Kislota, g\dl - 
    Titrlanadigan 4,6 
    Uchuvchan 
    0,35 
    Aldegidlar, mg\l 
    61 
    Uchuvchan efirlar, g\dl 
    70 
    Oshlovchi moddalar, g\dl 
    0,4 
    Glitserin, g\dl 4,9 
    Keltirilgan ekstrakt, g\d 
    26 
    Umumiy azot, g\dl 
    0,366 
    pH 
    3,4 
    Portveyn tipidagi vinolarni tayyorlash texnologiyasida asosiy oʻrinni portveynizatsiya 
    jarayoni oʻynaydi. Portveynizatsiya bu kislorod va issiqlik ta’sirida spirt, oshlovchi 
    moddalar, azotli moddalarni oksidlanishi, aldegidlarning toʻplanishi, efirlarning, 
    melanoidlarning toʻplanishi natijasida vinoga oʻziga xos boʻlgan pishgan mevalarning 
    xushboʻy taʻmi hosil boʻladi. Bu jarayon vaqtida vinoning organoleptik koʻrsatkichlari 
    oʻzgaradi. Bizning mamlakatimizda ham portveyn tipidagi vinolar quyidagi texnologik 
    usullar asosida olinadi:
    - anor poʻstlogʻi, donasi tarkibidagi ekstraktiv va xushboʻy moddalarni mezgani 18—36 
    soat davomida sharbatga saqlab, sharbatni tarkibida 3-4 % qand qolguncha mezgada 
    bijgʻitib, mezgani 55-70°C haroratda 1 soat qizdirib ekstraksiya qilish;
    - maʻlum miqdorda vinoga havo yuborilib, unga sunʻiy yoki tabiiy ravishda quyosh nuri 
    tushadigan maydonchalarida saqlab, issiqlik ta’sir ettirish; 
    - bochkalarda yoki metall sigʻimlarda tegishli ishlov (okleyka, perelivka) berib 1-3 yil 
    saqlash. Portveyn tayyorlash uchun uzum yoki anor (talabga qarab) tarkibidagi qand 
    miqdori 18 % dan kam boʻlmasligi kerak. Anor maxsus aparatlarda markazdan qochma 
    maydalagich orqali, tagaz ajratgichda maydalanganidan soʻng, tagazi ajratilib, mezgago 


    Международный научный журнал №9(100), часть 1 
    «Новости образования: исследованиев XXI веке» апреля, 2023г 
    476 
    100-150 mg\l oltingugurt angidridi aralashtirilib, sharbat mezgada saqlanishi yoki 
    laboratoriyada tayyorlangan achitqi qoʻshib achitilishi yoki mezga yordamida qizdirilishi 
    mumkin. Mezgadan stekatelda va pressda olingan sharbat aralashtirilib, unga 4 % hajm 
    miqdorda spirt qoʻshiladi, soʻng laboratoriyada tayyorlangan maxsus achitqi yordamida 
    achitiladi. Bijgʻitilayotgan sharbat tarkibida 10-12 % qand qolganda uning quvvati 17,5-18,5 
    % hajmga yetguncha spirt qoʻshiladi. Shundan soʻng vinomaterial tindirishga qoʻyiladi va 
    tindirilgandan soʻng achitqi qoldigʻidan ajratilib, yilning oxirigacha bir-ikki marotaba 
    «perelivka» qilinadi. Vinoni ikkinchi yil saqlanganda, ikki marotaba va uchinchi yilda bir 
    marotaba «perelivka» qilinadi. Vinoni saqlashning birinchi yilida issiqlik bilan ishlov beriladi 
    yoki boʻlmasa quyosh tushadigan maydonchalarida ikki yil saqlanadi. Bu texnologiya 
    qimmat markali uzoq muddatda saqlanadigan portveynlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Oddiy 
    saqlab turilmasdan tayyorlanadigan portveynlar tezlashtirilgan texnologiya asosida 
    tayyorlanadi. Bunda vinomaterial tarkibida fenol va azot moddalarining miqdori kam 
    boʻlsa, vinomaterialga uni issiqlik bilan ishlamasdan oldin, unga uzumni yoki anorni 
    tagazidan olingan vino-spirt ekstrakti va achitqi qoldigʻi qoʻshiladi.
    Vinomaterialga issiqlik bilan ishlov berish sharoiti quyidagicha: 45°C haroratda 30 
    kun, 50-55°C haroratda 20 kun, 60-65°C haroratda 6-8 kun, kuniga
    3 - 10 mg/l kislorod yuborib saqlanadi. Vino issiqlik bilan ishlov berilgandan soʻng 
    sigʻimlarga solinib, ular zich mahkamlanib, dam oldiriladi va soʻngra filtrlanib shishalarga 
    quyiladi. Portveynizatsiya jarayoni - bu vinoda harorat ta’sirida roʻy beradigan 
    oksidlanish-qaytarilish jarayoni boʻlib, bunda vinomaterial yarim oksidlanadi, yetilish 
    jarayonida 50-80 mg/l atrofida kislorod sarflanadi. Portveynizatsiya jarayoni ikkita faktor - 
    harorat va haroratning ta’sir etish vaqti bilan xarakterlanadi. Portveynizatsiya jarayoni
    bu murakkab kimyoviy jarayon boʻlib, bunda kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar roʻy 
    beradi. Bunda oksidlanish bilan birga, fenol va azotli birikmalar, spirtlar, aldegidlar oʻzaro 
    reaksiyaga kirishadi. Aminokislotalar bilan qandlar reaksiyaga kirishib qoʻngʻir modda - 
    melanoidlarni hosil qiladi. Aldegidlar va efirlarni hosil boʻlishi natijasida portveyni asosi 
    shakllanadi. Etil spirt va kislotalar miqdori kamayadi; havo ta’siriga chidamsiz boʻlgan 
    moddalar va tanin-oqsil komplekslari choʻkmaga tushadi; fenol birikmalar oksidlanadi; 
    antotsianlar, leykoantotsianlar va katexinlar oʻzgarishga uchraydi. Uglevodlarni 
    degradatsiyasi natijasida hidi yoqimli boʻlgan furfural va oksimetilfurfurol moddalarini hosil 
    qiladi. 

    Download 0,81 Mb.
      1   2




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quvvatlangan vinolar ishlab chiqarish texnologiyasi. Quvvatlangan

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish