1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja




Download 3,44 Mb.
bet67/121
Sana16.12.2023
Hajmi3,44 Mb.
#120026
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Buyurtmani qabul qilish
Mehmonlar joy-joylariga o‘tirganlaridan so‘ng bosh ofitsiant yoki ofitsiant ularga taom va ichimlik tanlash uchun taomnoma tavsiya etadi. Buyurtma qabul qilinadi va bajrish uchun kirishiladi. Bunday hollarda bosh ofitsiant ham xizmat qiluvchi yordamlashishi mumkin.
Odatda ofitsinat stolning chap tomonidan kelib ichiga taomnoma joylashtirilgan papkani mehmonlarga beradi. Guruhga xizmat qilayotganda tamonomani yoshi ulug‘ kishiga taqdim etadi. Agar ayollar bo‘lsa ular orasidagi yoshi kattarog‘iga taomnomani tutiladi.
Agar mijozlar ikki kishi – erkak va ayol bo‘lsa taomnoma erkak kishiga beriladi o‘z navbatida erkak kishi taomnomani ayolga uzatadi. Ayol taom tanlab bo‘lgach erkak kishi ofitsiantga buyurtma beradi. Guruh ko‘pchilik bo‘lgan taqdirda taomnomani ofitsiantga murojat qilgan odamga beriladi. Ofitsiant ikki va undan ortiq taomnoma keltirishi ham mumkin. Agar restoranga harbiy xizmatchilar kelgan bo‘lsa taomnoma unvoni yuqoriroq kishiga tavsiya etadi.
Taom tanlashda xo‘randalarga malakali yordam ko‘rsatish uchun ofitsinat quyidagilarni bilishi shart:

  • xizmat qilish jarayonini tezlatish uchun issiq sexda qancha taom borligini;

  • qancha vaqt ichida ovqat tayyor bo‘lishini;

  • mavjud garnir va qayla assortimentini;

  • taomlarga harakteristika berishni.

Ofitsiant mijozlarning eng nozik imo-ishoralarini sezadigan bo‘lishi kerak.
Alkogolli ichimliklarning ishlab chiqariladigan joyi quvvati aytiladi, ularga mos gazaklar buyuriladi. Qahva, qora qahva buyurilganda nima qo‘shilishi, choy limon bilanmi yoki boshqa shirinliklar bilanmi aytiladi.
Buyurtma qabul qilib olingandan so‘ng ofitsinat darrov ketib qolmasadan yozilgan narsalarini xo‘randa ishtirokida takrorlab tekshiradi va to‘la ishonch hosil qilib buyurtmani bajarish kirishadi.
Iste’molchilardan buyurtma qabul qilib olish ham restoranning tegishli darajada o‘ziga xos reklamasidir. Ofitsiant mijozlar e’tiborini taomnomada mavjud taomlar, ichimliklarga qaratishi kerak, mahsulotlarning sifatiga yaxshi baho berish lozim.
Ofisiant uchun murakkab ishlardan biri bir necha yakka kelgan iste’molchilardan birdaniga buyurtma olishdir. Bularning har biriga alohida hisob ochishi va bir necha xil taom, ichimliklarni olib kelib kimga qaysi tegishli bo‘lsa alohida-alohida berishi lozim.
Bordiyu baliq bilan oq musallas buyurilgan bo‘lsa, baliq yeyishga xos narsalar keltiriladi. Bitta sanchqi o‘ng tomonga qo‘yiladi, ortiqchalari olinadi, vino uchun rumka qoldiriladi boshqa rumkalarni yig‘ishtirib olish mumkin, ammo fujer ovqatlanish oxirigacha turishi kerak.
Ofitsinat xo‘randalarga ovqatlarni keltirish mukinligini, buyurtmalar 10-15 daqiqadan so‘ng tayyorlanishi aytadi.

Download 3,44 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   121




Download 3,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Download 3,44 Mb.