|
1-mavzu. Texnik tizimlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Reja: «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari»
|
bet | 5/8 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 100,97 Kb. | | #149234 |
Bog'liq 1-MavzuKompyuter tizimlari va asosiy komponentalari
Kompyuter ma’lumotlarni qayta ishlovchi maxsus qurilmadir. Kompyuter tizimlari kompyuter yordamida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan komponentalarning birlashmasidir. Har bir kompyuter tizimi apparat va dasturiy ta’minotning bir nechta qismlaridan tashkil topadi.
Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimining apparat ta’minotiga apparat konfiguratsiyasini tashkil qiluvchi qurilmalar kiradi. Zamonaviy kompyuterlar va hisoblash komplekslari modul blokli konstruksiyaga ega, ya’ni apparatli konstruksiyaga ularni tayor tugunlar va bloklardan yigish mumkin.
Dasturiy ta’minot. Dastur–bu buyruqlar kema-ketligidir. Har qanday kompyuter dasturining maqsadi apparat vositalarini boshqarishdir. Kompyuterning dasturiy va apparat ta’minoti bir-biri bulan uzviy bog’langan holda ishlaydi. Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti tarkibi dasturiy konfigurasiya deb ataladi. Amaliy dasturiy ta’minot matnlarni, elektron jadvallarni, dasturlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan.Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterni hamda Windows, Linux yoki UNIX kabi amaliyot tizimlarni boshqarush uchun mo‘ljallangan dasturlardan tashkil topgan. Ko‘pgina dasturlar boshqa pastroq darajadagi dasturlarga suyanadi, bunday kol dasturiy interfeys deb ataladi. Bunday interfeysning borligi, texnik sharoitning borligiga va protokollarning uzviy bog’liqligiga asoslangan bo‘lib amalda o‘zaro ta’sir etuvchi bir nechta satxlarga dasturiy ta’minotni bo‘lib beradi. Dasturiy ta’minotning satxlari piramida konstruksiyasiga ega.
Baza satxi. Dasturiy ta’minotning eng past satxi baza dasturiy ta’minotidir. Ular asosan baza apparat vositalarining uzviy bogliqligiga javob beradi. Baza dasturiy vositalar qoida bo‘yicha baza qurilmalari tarkibiga kiradi va maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Ular doimiy xotira qurilmasi deb ataladi.
Sistema satxi. Sistema satxi – o‘tuvchi(oraliqdagi). Bu satxda ishlovchi dasturlar kompyuter tizimining barcha dasturlari, baza dasturlari satxi va apparat ta’minoti bilan uzviy bog’langan holda ishlashni ta’minlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu. Texnik tizimlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Reja: «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari»
|