• 7.2. EIZning maqsadi, vazifalari va turlari
  • Umuman, erkin iqtisodiy zonalarni joriy etishdan maqsad quyidagilar hisoblanadi




    Download 2,98 Mb.
    bet73/108
    Sana07.12.2023
    Hajmi2,98 Mb.
    #113285
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
    Bog'liq
    1 mavzu Xorijiy investitsiyalarning mazmun mohiyati va tasnifla

    Umuman, erkin iqtisodiy zonalarni joriy etishdan maqsad quyidagilar hisoblanadi:
    milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish;
    milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv darajasini oshirish;
    mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash;
    samarali aholi bandligini ta’minlash;
    muayyan hudud aholisining turmush darajasini oshirish asosida butun mamlakat aholisining turmush darajasini yaxshilash;
    yopiq turdagi iqtisodiyotdan ochiq turdagi iqtisodiyotga o’tish;
    hududning innovatsiyaviy imkoniyatlarini oshirish.


    7.2. EIZning maqsadi, vazifalari va turlari

    Jahon amaliyotidan ma’lumki, EIZ turli maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi


    Birinchidan, EIZ tashkil etishdan maqsad milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimoti jarayoniga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash hisoblanadi. Raqobatbardosh eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali valyuta tushumlarini ko’paytirishga erishiladi. Agar mamlakat qandaydir sabablarga ko’ra xorijiy tadbirkorlik kapitali uchun iqtisodiyotning erkinlashuvini ta’minlay olmasa, unda erkin iqtisodiy zona tashkil etish orqali xorijiy investorlarga qulay investitsiya muhitini yaratishi mumkin.
    Ikkinchidan, EIZ birinchi navbatda import o’rnini qoplovchi mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish uchun tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun hududda xorijiy kapital yordamida import o’rnini qoplovchi ishlab chiqarish barpo etiladi.
    Uchinchidan, EIZni maxsus tashkil etishda xalqaro mehnat taqsimotiga tovar ishlab chiqarish tarmoqlari bilan birgalikda turizm, madaniyat va sanatoriya-kurort sohalarining integratsiyalashuvi ham ko’zda tutiladi.
    To’rtinchidan, EIZ ishlab chiqarishga xorijiy texnologiyalar va milliy ilmiy-texnik yangiliklarini tatbiq etish orqali butun milliy iqtisodiyotda undan foydalanishni nazarda tutadi.
    Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash va o’qitishni nazarda tutadi.
    Oltinchidan, maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil etish biror hudud yoki sohaning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirishni ko’zda tutadi. Misol uchun AQSh va Buyuk Britaniyada maxsus iqtisodiy hududlar XX asrning 80-yillarida iqtisodiy turg’unlik holatidagi hududlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Ushbu hududlarda ishbilarmonlarga mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan moliya-viy imtiyozlar va xo’jalik faoliyati erkinligi beriladi. Ushbu dasturlar xorijiy kapitalni jalb etishni rag’batlantirish uchun maxsus yo’naltirilgan. Shu maqsadda qoloq hududlarni rivojlangan hududlarga aylantirishda asosiy e’tibor xorijiy kapitalni jalb etishga qaratiladi.
    Ettinchidan, ayrim mamlakatlarda erkin iqtisodiy hudud iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning mintaqaviy usuli sifatida qaraladi.
    Maxsus iqtisodiy zonalar o’zining umumiy maqsadlariga ko’p o’xshash, biroq, ularning funktsiyalari xilma-xil hisoblanadi Maxsus iqtisodiy zonalarning turli-tumanligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi qator omillarga bog’liq.
    Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalar xo’jalik faoliyatining ixtisoslashuviga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi: erkin savdo zonalari, sanoat-ishlab chiqarish zonalari, ilmiy-texnologik (texnoparklar, texnopolislar), offshor markazlar, iqtisodiy-ekologik va tor sohaga ixtisoslashgan zonalar (turistik) va kompleks zonalar.

    Download 2,98 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




    Download 2,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umuman, erkin iqtisodiy zonalarni joriy etishdan maqsad quyidagilar hisoblanadi

    Download 2,98 Mb.