Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish




Download 56.36 Kb.
bet5/11
Sana10.11.2023
Hajmi56.36 Kb.
#97154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qum ishlab chiqarish texnologiyasi-fayllar.org
SHISHA VA KERAMIKA (2)
Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish.
Shag‘al asosan qum-shag‘al konlarni qayta ishlashda olinadi. Qum-shag‘alli aralashmada shag‘alning massa ulushi o‘rtacha 30-40% ni tashkil etadi.
Qum-shag‘alli konlarni qayta ishlashda qum alohida va shag‘al standart fraksiyalarga ko‘ra donalari yirikligi bo‘yicha alohida ajratiladi.
Xozirgi vaqtda qazib olinayotgan qum-shag‘alli aralashmalar hamma vaqt ham navlarga ajratilmaydi. Ularni bevosita beton tayyorlashda ishlatiladi. Bu qulay, arzon va ba’zan maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda qum-shag‘alli aralashmaning donadorlik tarkibi beton uchun optimalga yaqin bo‘lishi shart.
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish jarayonini esa elash deyiladi.
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan bajariladi. Ba’zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha harakatlanadi.
Bunday g‘alvirlarni harakatlanmaydigan deyiladi. Ko‘pincha harakatlanuvchi g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi.
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elash yuzasi kolosnikli, shtampalangan quyilma yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi.
Shtampalangan quyilma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi.
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq.
G‘alvirlardagi va panjaradagi teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi va donalarning panjarada harakatlanishi tezligiga bog‘liq.
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5% yoki 10% shag‘al bo‘lishi, shag‘alda esa 10% gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi.
Shag‘alni navlarga ajratishda turli konstruksiyali qo‘zg‘aluvchan katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi.
Yassi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish xarakteriga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan.
Chayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali harakatga keladi. Rasm-4.2, a da aylanma chayqaluvchi g‘alvir sxemasi keltirilgan. Bunday g‘alvirlarni giratsion deb ataladi.
Tebranuvchan, ba’zida inersion deb nomlanadigan g‘alvirlar ularda joylashgan tebratgich-debalansli val (rasm-3.2, b) harakatlanishidan tebranadi.

Rasm-3.2. YAssi harakatlanuvchi katta ko‘zli g‘alvirning sxemasi: a-gratsion; b-inersion
Panjaraning tebranish amplitudasi va nuqta sahnasi debalanslar inersiya kuchiga, shu bilan birga prujina elastikligiga, g‘alvirning massasiga va uni materiallar bilan yuklash darajasiga bog‘liq.

Rasm-3.3. Baraban tipidagi g‘alvirning sxemasi
Qurilishda yassi g‘alvirlardan tashqari, baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi (rasm-3.3), ularda materiallarni navlarga ajratish nisbatan sekin qiya o‘q atrofida silindr panjaraning bir tekisda aylanishidan bajariladi.
Baraban tipidagi g‘alvirlar turli o‘lchamdagi tirqishlardan iborat seksiyalardan iborat bo‘lib, material mayda ko‘zli panjaradan yirikka qarab harakatlanadi, rasm3.3 da ko‘rsatilgan. Ba’zida ikki yoki uchta panjaradan iborat biri-ikkinchisida joylashgan baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi. Bunda yassi g‘alvirlardagi kabi navlarga ajratish yirikdan maydaga qarab bajariladi.
Yirik ko‘zli g‘alvirlarning ishlashini baholashda elashning sifat koeffitsienti kiritiladi (%), elashning samaradorligi ham deb ataladi:
E = (b/a)*100 = (100/a)*(a-s)/(100-s)*100
bu erda: v-quyi sinfning chiqishi, butun material massasi bo‘yicha
(masalan, qum - shag‘alli aralashmadan qumning chiqishi); a- foydalanilgan material tarkibida mayda fraksiyaning massa ulushi (qum-
shag‘alli aralashmada qumning miqdori),%; s- yuqori sinfdagi mayda fraksiyaning ifloslanishi (shag‘alda qumning massa
ulushi),%.
Agar s- kattaligi 5% dan oshmasa, u holda elashning samaradorligi, masalan a=60% da quyidagidan kam bo‘lmasligi kerak:
E = (100/60) * (60-5)/(100-5) * 100 = 96.5
A gar s=10% bo‘lsa, u holda elashning samaradorligi E=93% bo‘ladi.
Bir martali elashda E-kattaligi, tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, baraban tipidagi g‘alvirlar uchun-60% gacha, chayqaluvchi g‘alvirlar uchun-90% gacha, tebranuvchi g‘alvirlar uchun -98% gacha.
Aralashmani g‘alvirda suv bilan yuvganda ho‘l elashning samaradorligi oshadi. Bu holatda shag‘al pastki sinf bilan birga yuvilgan qo‘shimchalardan tozalanadi.
Titranuvchan katta ko‘zli g‘alvirlarning mahsuldorligi (m3/soat) quyidagi formuladan aniqlanadi:
Q=cF·q·l·m·n·o·p ,
bu erda:
c- elak yuzasidan foydalanish koeffitsienti; yuqori elak uchun c =1;0,85 va g‘alvirni material yuklaganda eni 70 dan katta va 65% dan kichkina mos keluvchi pastki elak uchun -c =0,8 va 0,7;
F-elakning ishchi yuzasi, m², g‘alvir turlari GIS- 62, GIS- 52 ,GIS- 42 uchun
9,7,5 qabul qilinadi, GIT-41 uchun F=4,5; q- kvadrat ko‘zli 1m² elakning solishtirma hajmiy mahsuldorligi, m3 (m²·soat); metall elak ko‘zi o‘lchami 3,5,10,20,40,80 va 100 mm uchun mos holda q=7,11,19,28,38,58va 63;
R, l, m, n, o, p –tuzatma koeffitsientlar;
R va l- elak ko‘zidan katta va yarmidan kichigiga mos keluvchi o‘lchamdagi donalarning miqdorini hisobga oladi;
R=0,6-2,0 bo‘lib, 20 dan 90% gacha tarkibda 0,2 interval bo‘yicha har 10% dan so‘ng; l=0,94; 0,97; 1,0; 10, 20, 25% uchun va l=1,03; 1,09; 1,18; 1,32; 1,55 ;2,0;
3,36- 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90% uchun; m-elakning samaradorligi-Ega bog‘liq bo‘lib: n=1,0 va 1,25- maydalangan material va qum-shag‘alli aralashma uchun; 0=1,0 va 0,75....0,9-quruq va nam materialga mos keladi;
R=1,25 – 1,4 suvda elashda elak o‘lchami 25mm dan kichik uchun, boshqa holatda quruq va ho‘l elash uchun R=1.

Rasm-3.4. Konussimon g‘alvir:
1-qumli-loyqa suvni yo‘naltiruvchi pattrubka; 2-shag‘alni yo‘naltiruvchi patrubka; 3-korpusning konussimon qismi; 4-konussimon panjara; 5- korpusning silindrsimon qismi; 6-qopqoq
Qum-shag‘alli aralashmani gidromexanizatsiyalashgan usulda qazib olishda suvli aralashma konussimon suvli g‘alvirda qum va shag‘alga ajratiladi. Konussimon g‘alvir (rasm-5.4) ichida konussimon panjara o‘rnatilgan bo‘lib, 2,5-5 m/s tezlikda suvli aralashma tangensial holatda uzatib turiladi. Qumli- loyqa suv va shag‘alni ajratish suvli aralashmaning tepa qavatida bosim va markazdan qochma kuchlar ta’sirida bajariladi.
Korpusning silindrik qismi ichki diametri 1,1-3m bo‘lganda g‘alvirning o‘rtacha mahsuldorligi 20-400 m3/soat ni tashkil etadi, qattiq mahsulot (shag‘al) va suvli aralashma (qumning suvli aralashmasi)ga mos keladi. So‘ngra gidravlik klassifikatorlarga yuboriladi, shag‘alni donalar yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratiladi.

Download 56.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 56.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish

Download 56.36 Kb.