• Valetsli maydalagichlar
  • Sortirovkalash (groxotlash)
  • 1-mavzu: Yo‘l qurilish materiallarini olishning texnologik usullarini o‘rganish qum ishlab chiqarish texnologiyasi qum




    Download 56.36 Kb.
    bet10/11
    Sana10.11.2023
    Hajmi56.36 Kb.
    #97154
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Qum ishlab chiqarish texnologiyasi-fayllar.org
    SHISHA VA KERAMIKA (2)

    Bolg‘ali maydalagich

    Bolg‘ali maydalagich asosan o‘rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladi. SHuningdek rotorli maydalagich kabi kam abraziv materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.


    Tayyor maxsulot o‘lchamlari bolg‘alar soni va shakli bo‘yicha tartibga solinadi (sozlanadi). Bunda, bu o‘lchamlar, bolg‘a mahkamlangan rotor aylanish chastotasi, tayyor maxsulot tushiradigan panjara kolosniklari orasidagi masofa, shuningdek bolg‘alarni aylanish doirasi orasidagi tirshiqga bog‘liq Bolg‘ali maydalagichning asosiy afzalliklari:
    • ishonchli, konstruksiya ishonchliligi va oddiyligi;


    • materiallarni maydalash yuqori darajasi;


    • maxsus maydonchalar tashkil etilishi va beton fundament bo‘lishini


    zuruiyati yo‘q;


    • ob’ekt o‘zida va karerda ishlatilishi mumkin.



    Rasm -4.6. Bolg‘ali maydalagich


    a - birrotorli; b – ikkirotorli bir bosqichli maydalash; v - reversli; g - vertikal valli; d – tozolov polotnoli

    Valetsli maydalagichlar

    Valetsli maydalagichlar kompression maydalagichlar turkumiga kiradi.


    Valkovli maydalagichlar materialni zarralarini yirikligi 2 mm gacha maydalaydi va ikkita aylanadigan vallar kompressiyasidan foydalanadi. Vallar orasidagi masofa maxsulot yirikligini belgilaydi. Asosiy afzalligi materiallarni talabdagi o‘lchamda maydalaydi va chang kam xosil bo‘ladi.
    Valetsli maydalagichlarda ishchi organ – bir-biriga intilib aylanadigan ikkita vallar, chiqadigan maxsulot yirikligiga mo‘ljallangan tirshiqlari bilan. Maydalaniladigan material vallar orasidagi ishqalanish natijasida ular orasiga tortiladi va maydalanadi, Maxsulot yirikligi vallar orasidagi tirshiq eniga bog‘liq.

    Rasm - 4.7. Valsli maydalagich


    Sortirovkalash (groxotlash)

    Groxotlash (elash) – sochilma materiallarni groxotda zarralarini yirikligi bo‘yicha ajratish (sortirovkalash) jarayonidir.


    Texnologik vazifasiga ko‘ra groxotlash:
    • yordamchi, shuningdek dastlabki – mayda klasslarini ajratib maydalagichga yo‘naltirish (ochiq siklda maydalaganda);


    • nazorat va tekshiruv – maydalangan materialning mayda klasslarini ajratish


    (berk siklda maydalaganda);


    • birlashtirilgan – kompleks (dastlabki va nazorat) – ikkita jarayon bittaga birlashtirilgan (berk siklda maydalaganda);


    • tayyorlov – turli klass yiriklikdagi maxsulotni ajratib maydalash maqsadida ajratish;


    • mustaqil yoki mexanik sortirovkalash – tayyor maxsulot (sortlar bo‘yicha) olish va iste’molchiga yuborish.


    • Yiriklikni tartibga solish uchun, o‘z vaqtida, maydalashga yo‘naltirilayotgan materialning miqdorini to‘g‘ri ta’minlashda elash ishlari bajariladi.


    • Texnologik sharoitga bog‘liq holda quyidagi turdagi elash ishlari bajariladi: dastlabki, nazorat va yakuniy (tayyor mahsulot).




    • Dastlabki elash, maydalashga tushayotgan materialdan mayda sinfga mansub bo‘laklarni ajratish uchun bajariladi (rasm-4.3). Natijada maydalagichlarning ishlash sharoiti yaxshilanadi va mahsuldorligi ortadi.


    • Nazorat elash, yopiq siklda qayta maydalashga yo‘naltirilgan mahsulotdan alohida sinflarni ajratib olish uchun xizmat qiladi. YOpiq sikl maydalashning yakuniy bosqichida nazarda tutiladi (rasm-4.4). YOpiq siklda maydalashda kerakli fraksiyaning chiqishi ortadi va chaqiq tosh dona shakli yaxshilanadi.


    • YAkuniy elash, iste’molchiga tovar fraksiyali chaqiq toshni olish va jo‘natish (rasm-4.4) uchun bajariladi.
    • Barcha tog‘ konlari u yoki bu darajadagi mustahkamligi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan toshlardan tashkil topgan.


    -

    Rasm-4.8. Har bir bosqich Rasm-4.9. Maydalashning yakuniy maydalash oldidan elash sxemasi: bosqichida yopiq sikl sxemasi:


    1- g‘alvir; 2- maydalagichni 1-nazorat elash; chetlab o‘tish uchun transportyor; 3- 2-yakuniy (tovar) elash. maydalagich: “+” va “-” panjara usti va panjara ostidagi (mayda sinflar) mahsulotlarga mos keladi.
    CHaqiq toshni boyitish yuqorida keltirilgan kabi shag‘al singari amalga oshiriladi.
    CHaqiq tosh uchun saylanma maydalash prinsipi asosida boyitish maqsadga muvofiqdir. Bu usul quyidagilarga asoslangan. Maydalanayotgan toshning maydalik darajasi nafaqat maydalagich turi, ishlash rejimi va uni to‘g‘irlashga, balki toshning mustahkamligiga bog‘liq.
    Agar doimiy rejimda ishlayotgan maydalagichdan turli mustahkamlikdagi toshlarni o‘tkazsak, u holda tosh mustahkamligi qancha kichik bo‘lsa, maydalangan mahsulot ham mayda bo‘ladi. SHu sababli maydalagandan so‘ng mahsulotdan mayda fraksiyani elashda, panjara ostida qoladigan mahsulot nisbatan bir jinsli va mustahkam hisoblanadi.
    Bu erda qo‘shimcha elashning yana bir afzalligini ko‘rish mumkin, ya’ni mustahkamligi past fraksiyalarniajratib, yakuniy mahsulotni boyitish imkonini beradi ( rasm-4.10).
    -


    Download 56.36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 56.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Yo‘l qurilish materiallarini olishning texnologik usullarini o‘rganish qum ishlab chiqarish texnologiyasi qum

    Download 56.36 Kb.