• 578 yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g‘ildirakli) soatlar tilga olinadi
  • 1-mavzu: yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti




    Download 38 Kb.
    bet8/10
    Sana11.05.2023
    Hajmi38 Kb.
    #58296
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Yordamchi tarix 2 mavzu maruza
    24, Avtomobil va avtopoezd-tsisternalarning tuzilishi, jihozlari va -azkurs.org (1), 3-amaliy mashgʻulot., ИЛОВАЛАР, mustaqil ish, Умк источниковедение для 2 курса, zebra, Shvetsiyada umumta\'lim tizimining òziga xos xususiyatlari, Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad, MUSTAQIL ISH24, MUSTAQIL ISH25, 1709361325, 1-maruza, 1r
    Dastlabki soatlar. Soat - bu vaqt o‘lchov birligi, qiymati 60 daqiqa yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig‘i va vaqtni o‘lchash uchun ishlatilgan asbobdir. Yunoncha “xogo” soat so‘zi dastlab “vaqt oralig‘i, davr” kabi ma’nolarni bildiradi. Miloddan avvalgi IV asrlarda yunonlarda soat atamasi paydo bo‘lgan. Yunon olimi Ptolemey (mil. av. II asr) sutkani soat, daqiqa sekundga bo‘lgan. Odamlar vaqtni o‘lchashga qadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakatlanishi va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni o‘lchashda foydalanganlar. Vaqtni aniq o‘lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o‘tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi o‘laroq, dastlab Quyosh soati, keyinchalik suv va qum soatlari paydo bo‘lgan. Ksenofontning ta’kidlashicha, kunduzi Quyoshga, odam soyasining uzunligiga, kechasi yulduzlarga qarab aniqlangan. Miloddan avvalgi 1800 yilda Misr kohinlari kechasi bo‘ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo bo‘lishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini berdi. Misrda miloddan avvalgi 1600 yillarda suv soatlari, miloddan avvalgi 1450 yillarda Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati, ya’ni skafis bobillik Beros tomonidan miloddan avvvalgi I asrda quriladi. Dastlabki Quyosh soatlari miloddan avvalgi. 550 yillarda yunon Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda miloddan avvalgi 293 yildan boshlab Quyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalqlarida qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uzun bo‘lmagan vaqt oralig‘ini hisoblashga mo‘ljallangan. Hozirda tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi.
    Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klespidralar keng tarqaldi. Mazkur soatlar, aniq va qulay bo‘lmasa-da, ma’lum bir vaqt odamlarning ehtiyojini qondirgan. O‘rta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug‘bek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyat taraqqiyoti natijasida aniq va qulay soatlar kashf etildi.
    578 yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g‘ildirakli) soatlar tilga olinadi. XI-XII asrlarda Yevropada mexanik soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar odatda ratusha minoralariga o‘rnatilgan. G‘ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. 1706 yilda Petrning I buyrug‘i bilan bu soat o‘rnini Golland kuranti egallaydi. 1640 yilda Galileo Galiley tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675 yidda Xristian Gyugens tomonidan yasaladi. Xristian Gyugens cho‘ntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi yaxshilandi. I.P.Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U har soatda bong urardi. Rossiyada bunday soat 1404 yilda Moskva Kremliga o‘rnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrda qo‘l soatlari paydo bo‘ldi. Bunday soatlar cho‘ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qo‘shimcha qismlar, kalendar ko‘rsatgichi, sekundomer, o‘z-o‘zidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840 yilda yaratildi. XX asrda elektromexanik, elektron-kvars, molekulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947 yilda qurilgan Toshkent kuranti minorasiga to‘rt siferblatli zangli elektr soat o‘rnatilgan. Energiya manbaiga ko‘ra soatlar atom, mexanik, molekulyar va elektr, tebranish tizimi mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga bo‘linadi.

    Download 38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti

    Download 38 Kb.