• Zamonaviy yil hisobi.
  • Musilmonlar hiiriy vil hisobi.
  • Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari




    Download 38 Kb.
    bet9/10
    Sana11.05.2023
    Hajmi38 Kb.
    #58296
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Yordamchi tarix 2 mavzu maruza
    24, Avtomobil va avtopoezd-tsisternalarning tuzilishi, jihozlari va -azkurs.org (1), 3-amaliy mashgʻulot., ИЛОВАЛАР, mustaqil ish, Умк источниковедение для 2 курса, zebra, Shvetsiyada umumta\'lim tizimining òziga xos xususiyatlari, Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad, MUSTAQIL ISH24, MUSTAQIL ISH25, 1709361325, 1-maruza, 1r
    7.Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari.
    Kalendar (lot. calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. Kalendar so‘zi lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi. Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to‘laganlar va bu “kalenda”ga qayd qilib borilgan, qarzdorlar qarz foizlarini oyning birinchi kunida to‘laganlar.
    Kalendar - kecha kunduzlar hisobi tizimidir. Sutka katta davrlarni o‘lchash uchun kichiklik qiladi. Qadimdan insoniyat katta vaqt oralig‘ini o‘lchash uchun sutkadan tashqari hafta, oy va yildan foydalanib kelganlar. Vaqtning katta oraliqlarini o‘lchash birligi tabiiy yil- Yerning Quyosh atrofida bir marta to‘la aylanib chiqish davri qabul qilingan va u kalendar yili deb ataladi.
    Quyosh, Oy, sayyoralarning koʻrinma harakati, kun bilan tunning almashinuvi, Oy fazalari va yil fasllarining davriy ravishda takrorlanib turishiga asoslanadi. K.ning paydo boʻlishi odamning xoʻjalik faoliyatini yuritish ehtiyoji bilan bogʻliq. Odamlar Quyoshning chiqib botishini kuzatib — kun, Oy oʻrogʻining avval kattalashib, soʻng kichrayishiga qarab — oy, yil fasllarining davomida Quyoshning ufqdan qanchalik koʻtarilishini kuzatib yil tushunchalariga kelishgan. Asta-sekin vaqtni yana ham aniqroq hisoblash ehtiyoji bilan soat, minut birliklari, mifologik anʼanalar asosida hafta tushunchasi kiritilgan. Vaqt hisobini toʻgʻri yuritish uchun dastlabki rasadxonalar qurilgan, quyosh soati oʻylab topilgan.
    Kalendar hisobining asosiy birligi — ysh. Yil esa oylarga, oylar esa kunlarga boʻlingan. Bu 3 tushuncha 3 xil astronomik hodisa — mos tartibda Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Oyning Yer atrofida aylanishi va Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi bilan bogʻliq. Bu 3 hodisaning davomiyligi ancha murakkabligi yilni oylarga, oyni kunlarga boʻlishni murakkablashtiradi. Bu masala turli xalqlarda turli usulda hal etilgan va shu tarzda quyosh kalendari (shamsiy taqvim), oy kalendar (qamariy taqvim) hamda oy-quyosh kalendar (shamsiyqamariy taqvim) ishlab chiqilgan.
    Zamonaviy yil hisobi.
    Hozirda Iso payg'ambar tug'ilgan yil yangi yil hisobi uchun asos qilib olingan. Mana oradan 2007 yil o'tib bormoqda. Bu XXI asr demakdir. Iso tug'ilgan avvalgi yillarni «milloddan avval», undan keyingi yillarni «milodimizning» deb beramiz. Eramizdan awalgi sanalar kattadan kichikka, milodimiz sanalari esa kichikdan kattaga qarab sanalar hisoblanadi.
    Tarixda yil hisobi qanday yuritiladi. Misol keltiramiz ! Insonlar mil aw VIII ming yillikdan beri dehqonchilik bilan shug'ullanib kelmoqdalar. Xozir esa 2007 yil. Shunday ekan dehqonchilik paydo bo'Iganiga qancha bo'ldig’ Buni aniqlash uchun mil aw o'tgan 8 ming yilga, millodning 2 ming yilini qo'shamiz. Demak, dehqonchilik paydo bo'Iganiga 10 ming yil bo'lgan.
    Musilmonlar hiiriy vil hisobi.
    Milodning 622 yilida (16 iyul) Muhammad payg'ambar (SAV) Makka shahridan Madinaga ko'chgan. (Arabcha ko'chib o'tish - hijrat deb atalgan).
    Hijriy yil hisobining o'zi 2 ga - hijriy qamariya (oy) va hijriy shamsiya (quyosh)ga bo'linadi. Qamariya oy yili bo'yicha yil hisobi milodning 622 yil 16 iyulidan boshlangan. Shu sana musulmon olamida 1 - yilning boshlanishi deb qabul qilingan. Hijriy yil 12 oydan iborat. Biroq, bu yil hisobida 1 oy 29,5 kundan, 1 yil esa, 354 kundan iborat. (biz amal qilayotgan yil hisobi esa 365-366 kundan iborat). Hijriy yil hisobida toq oylar 30 kun, juft oylar 29 kundan iborat. Biz amal qilayotgan yil hisobi bo'yicha farqlar 10-12 kunni tashkil qiladi.




    1. Download 38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kalendarlar va ularning turlari. Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari

    Download 38 Kb.