• Hafta kunlarining nomlanishining astronomik ifodasi
  • Vaqt sanasi birligi. Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar




    Download 38 Kb.
    bet7/10
    Sana11.05.2023
    Hajmi38 Kb.
    #58296
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Yordamchi tarix 2 mavzu maruza
    24, Avtomobil va avtopoezd-tsisternalarning tuzilishi, jihozlari va -azkurs.org (1), 3-amaliy mashgʻulot., ИЛОВАЛАР, mustaqil ish, Умк источниковедение для 2 курса, zebra, Shvetsiyada umumta\'lim tizimining òziga xos xususiyatlari, Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad, MUSTAQIL ISH24, MUSTAQIL ISH25, 1709361325, 1-maruza, 1r
    6. Vaqt sanasi birligi. Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar.
    Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar. Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya’ni olg‘a, kelajak tomonga yurishidir. Matematiklar ta’biri bilan aytganda, manfiy vaqt bo‘lishi mumkin emas. Vaqtni o‘lchash uchun sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy va yil birliklari butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqt astronomik kuzatishlar asosida maxsus asboblar yordamida osmon jismlari kuzatilib, aniqlanadi.
    Vaqt tabiatdagi davriy hodisaga, yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o‘lchov birligidir. O‘rta asr solnomachisi rohib Beda Dostopochtenniy, “yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini - an’analar haftaning uzunligini belgilaydi”, - deb yozgan edi. Vaqtning sun’iy birligi bo‘lgan haftalar, qadimda uch, besh va yetti kundan iborat bo‘lgan. Bobil va Shumer matnlarida yetti kunlik hafta mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan. Yetti kunlik hafta vaqt o‘lchovi sifatida Bobilda ishlatilgan. Rimda qadimda dastlab sakkiz kunlik hafta bo‘lib, unga A harfidan N harfigacha bo‘lgan nomlar berilgan. Imperator Avgust davrida (mil. av. 63 y. mil. 14 y.) yetti kunlik hafta keng tarqalgan. Yetti kunlik hafta yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga, so‘ngra G‘arbiy Yevropaga tarqalgan.
    Bobilliklar yettini “qutlug‘ son” deb hisoblaganlar. Bu sig‘inish o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan beshta “sayyora” – “planeta” yoki “daydib yuruvchilar” va ular qatoriga qo‘shib hisoblangan Oy, Quyosh bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular yer atrofida yetti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan so‘ngra, G‘arbiy Yevropa xalqlari ham qo‘llashgan. Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning ko‘rinishlarini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
    Hafta kunlarining nomlanishining astronomik ifodasi
    Oy (dushanba)
    Mars (seshanba)
    Merkuriy (chorshanba)
    Yupiter (payshanba)
    Venera (juma)
    Saturn (shanba)
    Quyosh(yakshanba)

    Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) bo‘lgan. Shanbaning 1, 8, 15, 22, 23-soatlarini Yupiter, 24-soatini Mars boshqargan.


    Yetti kunlik hafta imperator Oktavian Avgust davrida keng tarqaldi. 321 yilda imperator Konstantin “Hamma fuqarolar quyosh kuni dam olsin”, - deb farmon berdi.
    Slavyanlarda ham yetti kunlik hafta bo‘lib yakshanba “nedelay”, ya’ni “hech narsa qilma”, “ishlamaydigan kun” - deyilgan. Dushanba – “ponedelnik” - "nedelay"dan keyingi kun, vtornik seshanba – “nedelay”dan so‘nggi ikkinchi, sreda “chorshanba” - nedelay haftaning o‘rtasi, “chetverg”, "pyatnitsa”- to‘rtinchi va beshinchi kun deb ataladi. “Subbota” - “Sabbatum" qadimgi yahudiy so‘zidan olingan bo‘lib “shabbaton” - dam olish demakdir. Yahudiylar shanba kuni dam olganlar. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha “nedelay” deb atalgan. Hafta so‘zining o‘rnida esa “sed’mitsa” ishlatilgan.
    Qadimgi Skandinaviya xalqlarida shvedlarda shanba – “laugarsday” - “hammom kuni” degan ma’noni bildirgan. Ba’zi xalqlarda eston, latish, arab, yunon va xitoyliklarda hafta nomlari tartib raqami bo‘yicha atalgan. Haftalarni raqamlash qadimda Bobilda ham mavjud bo‘lgan. Masalan: Saturn kuni baxtsiz h
    Download 38 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vaqt sanasi birligi. Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar

    Download 38 Kb.