• 6. Ishga qabul qilishdagi dastlabki sinov ko‘zlangan maqsad nima va uning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib bering.
  • -modda. Mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishi va shartnomaning imzolanishi




    Download 235,19 Kb.
    bet14/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    126-modda. Mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishi va shartnomaning imzolanishi
    Agar taraflar mehnat shartnomasining barcha majburiy va qo‘shimcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan hamda mehnat shartnomasini imzolagan bo‘lsa, ushbu shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasining shakli, shuningdek uning kuchga kirish sanasi hamda ishning boshlanish sanasi ushbu Kodeksning 106 va 108-moddalariga muvofiq belgilanadi.
    127-modda. Ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishi hamda ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish
    Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
    Tashkilot rahbarini ishga qabul qilish bevosita tashkilot mulkdori yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
    Tashkilot rahbari tashkilot mulkdori tomonidan yoki ta’sis hujjatlari bilan o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi.
    Ish beruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Buyruq xodimga ish haqiqatan boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda, imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi. Xodimning talabiga ko‘ra ish beruvchi unga mazkur buyruqning lozim darajada tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini berishi shart.
    Ish beruvchi ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq asosida xodimning mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi yozuvni qayd etadi, xodim ushbu yozuv bilan uch kun ichida tanishtirilishi kerak. Ish beruvchi buyruq asosida ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga ham kiritadi.


    6. Ishga qabul qilishdagi dastlabki sinov ko‘zlangan maqsad nima va uning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib bering.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishi va shartnomaning imzolanishi

    Download 235,19 Kb.