• 123-modda. Ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomili
  • Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibini bosqichma-bosqichlik asosida va ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar yoritib bering




    Download 235,19 Kb.
    bet12/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    5.Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibini bosqichma-bosqichlik asosida va ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar yoritib bering.
    122-modda. Ishga qabul qilish bosqichlari
    Ishga qabul qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
    ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomilini;
    mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishini hamda shartnomani xodim va ish beruvchi tomonidan imzolashni;
    ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilishni hamda ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni.
    123-modda. Ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomili
    Ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni oldindan (mehnat shartnomasi imzolanguniga qadar) quyidagilar bilan tanishtirishi shart:
    ushbu shaxs qaysi ishni bajarish uchun ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha ishning mazmuni;
    mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish bajariladigan mehnat sharoitlari;
    ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, uning mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ichki hujjatlar.
    O‘z kasbiy va ishchanlik sifatlari bo‘yicha tegishli ishni bajarish (tegishli lavozimni egallash) uchun zarur bo‘lgan malaka talablariga muvofiq keladigan xodimni tanlab olish maqsadida ish beruvchi quyidagilarga haqli:
    ishga kirayotgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazishga;
    kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida yoxud, agar tanlov asosida saralash va uning tartibi qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, ishga qabul qilishning tanlovga oid tartibini nazarda tutishga. Ish beruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Qonunchilikda ayrim toifadagi xodimlarni ishga qabul qilish uchun tanlovga oid tartib belgilangan hollarda tanlov o‘tkazish shart.
    Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs oldindan (mehnat shartnomasi imzolanguniga qadar):
    ish beruvchiga ushbu Kodeksning 124-moddasi birinchi qismida sanab o‘tilgan, ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlarni taqdim etishi;
    ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladigan suhbatda ishtirok etishi;
    ishga qabul qilish chog‘ida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishi shart.
    Ish beruvchi tanlov o‘tkaziladigan sana haqida tegishli ishga (lavozimga) kirayotgan shaxsga kamida bir hafta oldin xabar qiladi.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibini bosqichma-bosqichlik asosida va ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar yoritib bering

    Download 235,19 Kb.