• 83-modda. Tarmoq jamoa kelishuvlari
  • 84-modda. Bosh jamoa kelishuvi
  • 85-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi
  • -modda. Hududiy jamoa kelishuvlari




    Download 235,19 Kb.
    bet9/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    82-modda. Hududiy jamoa kelishuvlari
    Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillik organlari o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan tuziladi.
    Hududiy jamoa kelishuvlari xodimlarning tegishli hudud uchun umumiy bo‘lgan mehnat shartlarini, kafolatlari va imtiyozlarini belgilaydi.
    83-modda. Tarmoq jamoa kelishuvlari
    Tarmoq jamoa kelishuvlari xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillari o‘rtasida, shuningdek taraflarning taklifiga ko‘ra tegishli tarmoqdagi davlat boshqaruvi organlari bilan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tegishli tarmoqdagi davlat boshqaruvi organlari ish beruvchilar sifatida ish yuritadigan hollarda tarmoq jamoa kelishuvlarining tarafi bo‘lib ishtirok etadi.
    Tarmoq jamoa kelishuvlari tegishli tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, mehnat shartlarini va unga haq to‘lashni, tarmoq xodimlari uchun ijtimoiy kafolatlarni belgilaydi.
    84-modda. Bosh jamoa kelishuvi
    Bosh jamoa kelishuvi a’zolarining soni eng ko‘p bo‘lgan respublika kasaba uyushmalari birlashmasi, o‘z vakolatli vakillari orqali xodimlarning boshqa respublika birlashmalari, o‘z vakolatli vakillari orqali ish beruvchilarning respublika birlashmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida tuziladi.
    Bosh jamoa kelishuvi O‘zbekiston Respublikasida kelishilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
    85-modda. Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishi
    Jamoa kelishuvlarining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.
    Jamoa kelishuvlarida:
    mehnatga haq to‘lash, mehnat shartlari va mehnatni muhofaza qilish, mehnat va dam olish rejimi to‘g‘risidagi;
    mehnatga haq to‘lashni narxlarning o‘zgarishlaridan, inflatsiya darajasidan, jamoa kelishuvlarida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda tartibga solish mexanizmi haqidagi;
    eng kam miqdori qonunchilikda nazarda tutiladigan kompensatsiya tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi;
    xodimlarning bandligiga, ularni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish haqidagi;
    ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda ishlab chiqarishda xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risidagi;
    xodimlarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maxsus tadbirlar haqidagi;
    davlat tashkilotlarini xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlari hisobga olinishi to‘g‘risidagi;
    yuqoriroq darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar va boshqalar) uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etayotgan ish beruvchilarga beriladigan imtiyozlar haqidagi;
    ijtimoiy sheriklikni va uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin.
    Jamoa kelishuvlarida qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir qoidalar bo‘lishi mumkin.


    Download 235,19 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Hududiy jamoa kelishuvlari

    Download 235,19 Kb.