Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping?
valuta, inflatsiya, byudjet
abstrakt, aksioner, arbitr
burokrat, brooker, bisnez
litsenziya, shosse, kompensatsiya
Qo’shib yoziladigan so'zlarni toping.
1. Xush xabar. 2. Kichik Osiyo. 3. Oq qo‘rg‘on. 4. Sovuq mijoz. 5. Sher yurak.6. Qay kuni. 7. Kundan kun.
2, 3, 5, 6, 7
1, 3, 4, 5
3, 4, 6, 7
1, 2, 5, 7
Metaforaga berilgan misolni toping.
O'z jigariga ham shavqat qilmaydilar.
“Rossiya”ga qanday borsam bo'ladi?
Asal bolalarim yugurib keldi.
Mabodo “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?
Quyidagi qaysi so'zning paronimi mavjud?
shaydo
adl
drama
harakat
Qaysi qatorda shakldosh qo'shimchalar berilgan?
-gi, -choq, -ma, -dor
-li, ser, -dor, -mand
-kash, -chan, -ng, -iy
-in, -ish, -k, -siz, -zor
Tarixan tarkib topgan, qat'iy me'yorlarga bo'ysunuvchi, so'zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat'iy nazar barchasi uchun umumiy bo'lgan til ... sanaladi.
umumxalq tili
adabiy til
xalqaro til
so'zlashuv tili
Polisemiya nima?
ko'p ma'nolilik
bir ma'nolilik
ma'nodoshlik
shakl va ma'no birligi
Quyidagi gaplardagi ma'no ko'chish turlarini to'g'ri toping.
1. «Semurg'» «Sug'diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
2. Qo'shnimizning o'g'li dadasi bilan tortishayot-ganining ustidan chiqib qoldim.
3. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho'zib yuborilmoqda.
4. Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi.
5. Prezidentimiz adashganlar uchun to'g'ri yo'lni ko'rsatib berdi.
6. Bolam, ho'l-u quruqqa qanoat qil, ana o'shanda sen, kayvoniy odam bo'lasan.
Barcha gaplarda metafora usuli bilan ma'no ko'chgan.
1-gapda metanimiya, qolganlari metafora
1-gapda metanimiya, 2, 3, 4, 5-gaplarda metafora, 6-gapda sinekdoxa
1, 2-gapda metanimiya, qolganlarida metafora usuli bilan ma'no ko'chgan
Ko'p ma'noli (polisemantik) so'zlar qatorini toping.
tish, til
topishmoq, aruz
pasta, patnis
atlas, xosiyat
Bir ma'noli (monosemantik) so'zlar qatorini toping.
g'oz, g'uncha
gazeta, grammatika
doya, qoshiq
qoya, xat
Qalam ushladimmi demak - o 'yin has, Yayrab ocholmaydi gul dudog 'ini
Shundoq yurak yutib so 'rasha olmas, Xonamda qoldirgan qo 'g 'ir-chog 'ini.
Ushbu sheriy parchada ma'no ko'chishning qaysi turi bor?
ma'no ko'chish yo'q
metafora
metanimiya
sinekdoxa
Qaysi qatorda sinekdoxa usuli bilan ma'no ko'chgan? ,
Sekinroq gapiring, ayla-nay, devorning ham qulog'i bor.
Hozirgi yoshlarimizga ko'z tegmasin, ular bizdan ko'ra aqlliroq, bilimdonroq bo'lib o'sishyapti.
Guruhimizning birlashishi uchun unga bir bosh kerak bo'lib qoldi.
Samolyotning qanoti o'ta pishiq . materialdan ishlangan.
Qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma'no ko'chgan?
Guruhimizning birla-shishi uchun unga bir bosh kerak bo'lib qoldi.
Kechagi futbol bahsida O'zbekistonning qo'li baland keldi.
Olimpiadada birinchi-likni bu gal Buxoro olib ketdi.
Avtomobilning eshigini ochib do'stini chiqarib oldi.
Qush daraxtga qo 'ndi.
Ushbu gapda ma'no ko'chishining qaysi turi qo'llangan?
metanimiya
metafora
vazifadoshlik
hech qanday ma'no ko'chishi bo'lmagan
O'n qo'li - o'n hunaf
Ma'no ko'chishning turifli toping.
metafora
sinekdoxa
metanimiya
vazifadoshlik
Qo 'li gul birikmasida qanday usulda ma'no ko'chgan?
metafora
sinekdoxa
metanimiya
vazifadoshlik
Qaysi qatorda bir ma'noli so'zlar berilgan?
aruz, g'uncha, qoshiq
urg'u, haykal, maqol
til, tish, grammatik
dunyo, paxta, g'isht
Men qilurman sajda egma qoshima.
Baytda ma'no ko'chishning qaysi turi bor?
sinekdoxa
metafora
metonimiya
vazifadoshlik
Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas. (Qo 'shiqdan)
Ma'no ko'chish turini toping.
ma'no ko'chishi yo'q
sinekdoxa
metafora
metanimiya
Arabchadan o'zlashgan so'zlarni toping.
sur'at, muomalaa
paravoz, donishmand
maorif, xo'roz
karaxt, badjahl
Forschadan o'zlashgan so'zlarni toping.
saodat, taxt
a'lo, she'r
go'sht, badjahl
ro'za, qoida
Aslida yasama, hozirda bir o'zakni tashkil qiluvchi so'zlarni toping.
oltov, to'ng'iz
to'ng'ich, kunbotar
bo'yinbog', bog'lash
bugun, ovloq
Majlis ahlining aksa riyati xursand bo 'lib, Mustafo Sodiqni qarshi oldilar (Oybek)
Ushbu gapdagi ahlining so'zi ahil so'ziga o'zaro qaysi jihatdan bo'g'liq?
Ahl va ahil so'zlaf o'zaro ma'nodosh so'zlar
Ahl va ahil so'zlan o'zaro paronim so'zlar
Aynan bir so'z bo'lib egalik qo'shimchasi qo'shil gach, i unlisi tushib qolgan
Ahl va ahil so'zlari o'zaro shakldosh so'zlar
Quyidagi birliklardan qaysilari ham erkin, ham turg'un birikma (ibora) sanaladi?
boshini ko'tarmoq, ko'ngliga keltirmoq, qo'l ko'tarmoq, to'nini teskari kiymoq
boshiga yetmoq, yaxshi ko'rmoq, qulog'iga quymoq, o'z yog'iga qovrulmoq
bo'yniga qo'ymoq, kapalagi uchmoq, jonidan o'tmoq, ko'zini tikmoq
ko'zini yog' bosgan, Ko'nglidan o'tkazmoq, qo'lini siltamoq, tosh otmoq
Leksik omonimlarni toping.
tarvuzi qo'ltig'idan tushib ketmoq - kapalagi uchib ketmoq
Yulduzxon - kitobxon
o't (olov) - o't (harakat)
qo'l ko'tarmoq (harakat) - qo'l ko'tarmoq (urmoq)
oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq sinonimlar uyasidagi eng salbiy so'z qaysi?
bet
aft
turq
nusxa
Sinonimlar uyasidagi uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko'ra neytral so'z nima deyiladi?
asosiy so'z
erkin so'z
dominant
betaraf so'z
Quyidagilardan qaysi birlari shakldosh so'z emas?
1. pilla2. tom 3. Chang 4. ko'k 5. mol 6. palata
1, 3, 4, 5
barchasi shakldosh so'zlar
1, 6
3, 5, 6
Qaysi juftlik paronim so'zlarga misol bo'la olmaydi?
otaliq – otalik
urush - urish
tanish – tanish
xol - hol
Qaysi qatorda ibora qatnashgan gap berilgan?
Hovli jimjit. Ayvonda xira osma chiroq allanechuk kir yog'du to'kib turardi.
Ammo men bir narsaga tushunolmay turibman: shuncha gaplaring bor ekan, nega shu chog'gacha indamay keldilaring.
U xonasi kelganda hech kimni ayamasdi.
O'zi xunukkina. Hech uni xunuk demaydi: yuragi chiroyli, qilig'i chiroyli.
Qaysi so'z ikki so'z turkum doirasida shakldoshlik hosil qila oladi?
1. so'qmoq 2. O’t 3. taxt 4. surma
1,3
1,2,3,4
1,3,4
3
Shakldosh so'zlar berilmagan qatorni toping?
oz, nor, palla
nota,savdo, soz
pilla, tort,bor
barcha javoblarda shakldosh so'zlar berilgan
Quyidagi so'zlarning qaysi biri bir so'z turkum doirasida shakldoshlik xususiyatiga ega ?
tuyg'un
olma
soch
o't
Affiks antonimlar bor gapni toping.
Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor.
Bor maqtansa topilur, yo'q maqtansa chopilur.
Do'st achitib gapirar, dushman - kuldirib.
Yomonning yaxshisi bo'lguncha, yaxshining yomoni bo'l.
Qaysi birikmalar ham barqaror, ham erkin birikma bo'la oladi?
tepa sochi tikka bo'lmoq, ko'nglida kiri yo'q
og'ziga tolqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq
ko'nglini yozdi, o'takasi yorildi
me'dasiga tegmoq, yuragi toza
Belgi bildiradigan iboralarni toping.
og'zi ochilib qoldi, gullab qo'ydi
ko'kragini yerga bermoq, loy bo'lmoq
ishtahasi karnay, dumog’i chog’
taqdirga tan bermoq, quloq solmoq
Omonim iborani toping.
boshiga ko'tarmoq
tuyog'ini shiqillatmoq
aravani tortmoq
og'zi qulog'iga yetmoq
Qaysi gapda ikkita ibora qo'llangan?
Issiqning va yog'liq ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan qo'l uzmas edi.
Ba'zan dovon oshishingga ko'zing yetmay, Vuraging orqangga tortib ketadi.
Bu yoqda Jamol Bo'riboyevday og'aynilari bo'lgan,yulduzni benarvon uradigan
bunaqa odamlardan hayiqmoq kerak.
Tansiq go'yo bo'g'ilganday uh tortdi. Shunday
qarindoshlarni ko'kka ko'targan dadasidan
xafa bo'ldi u.
Qaysi ibora ruhiy holat natijasini bildiradi?
sirkasi suv ko'tarmaydigan
qildan qiyiq topmoq
terisiga sig'may ketdi
yer bilan yakson qilmoq
Quydagi qaysi fikr noto'g'ri?
barqaror birikmalar ko'pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi.
barqaror birikmalar, ko'chma ma'noda ishlatiladi.
frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo'lagi vazifasida keladi.
frazeologizmni tashkil etgan so'zlar gapning boshqa bo’laklar bilan alohida-alohida munosabatga kirishadi.
Quyida berilgan frazeologizmlarning qaysi birining ma'nosi xato izohlangan?
ko'zi ochilmoq -tushunib yetmoq
oyog'ini qo'lga olmoq - yugurmoq
boshi osmonga yetmoq – sevinmoq
ko'zi uchib turgani yo'q - boshi og'rimoq
Frazeologik iboraning sinonimi to'g'ri berilgan qatorni toping.
tomdan tarasha tushganday - xamirdan qil sug'urraoq
qulog'i ding bo'lmoq -ichini mushuk tirnamoq
tepa sochi tikka bo'lmoq - ko'zi to'rt bo'lmoq
tarvuzi qo'lidan tushmoq - kapalagi uchib ketmoq.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar ... sanaladi.
iboralar
matallar
maqollar
aforizmlar
Quyidagi so’zlardan qaysi biri neytral leksikaga mansub?
qor, daftar
moma, gashir
vodorod, sotosintez
huvaydo, ochun
Toshbaqa, oybolta, qo’yko’z, sherdil, otquloq so’zlari nima uchun qo’shib yoziladi ?
narsani biror narsaga qiyoslash orqali hosil qilingani uchun
Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo’ljallanganini bildirgani uchun
ruscha, baynalminal va tarjima qilingan so’zlar bo’lgani uchun
qismlari bir-birini izohlagani uchun
So`z qo`llash bilan bog`liq xatoni toping?
Bu voqeani eshitib kampir :”Essiz bekor boribman “ dedi
Nargiza masalaning xosiyatini surishtirdi .
Shokirning hushi joyida joyida emasdi
Nodira o`choqqa o`tinni qaladi
Qaysi gap tarkibida 2ta ibora qo’llangan?
Ikki g’arib bir yoqadan bosh chiqargan edik
Pilla xususida tili qisiklik joyim yo’q
Qizga o’zbekning oq ko’ngil va bag’ri keng odamlari juda yoqdi
O’g’lidan ko’ngli to’q bo’lgach,yana nimanidir qidirmoqqa.
Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud?
U muzeyda haqiqiy san’at asarlarini ko’rdi
Saidjon pulni naqd to’lashini aytdi
’’Tib qonunlari’’ tibbiyotga oid qimmatli asar
Oyisi Niginaga tana qildi.
O'zbek tili leksikasida yangi ma'no kasb qilgan so'zlarni toping.
dallol, bozorbop
ishbilarmon, tadbirkor
firmachi, fermer
barchasi to'g'ri
Qaysi qatordagi so'zlarda qo’sh undosh qo'llanilishi kerak?
hij .:. alamoq, uv ... at
mut ... asil, jiz ... illamoq
has ... os, qo'sh ... а
ud …aburon, tasad ... uq
Qaysi so'zlarning ikkinchi bo'g'unida u yoziladi?
1) kul.. ..shinoq; 2) yug.. .rmoq;
3) bur... lmoq; 4) ulg... rmoq
1, 2, 3, 4
2,3,4
2, 4
1, 2, 3
Anavi mahallada samovar ochildi
Quyidagi gapda qanday ma’no ko’chish hodisasi uchraydi?
vazifadoshlik
Metafora
Metonimiya
Kinoya
Ulus, pasha, qopungda, cherik, ev kabi so’zlar qaysi davrga oid?
eski turkiy til
eski o’zbek adabiy tili
qadimgi turkiy til
o’rta turk davri
Qaysi ma’no ko’chish turida fikrimizni lo’nda, ifodali, ta’sirchan bayon qilishning bir yo’li sifatida qo’llaniladi?
Metafora
Sinekdoxa
Metonimiya
Vazifadoshlik
Ichkari so’zi ich o’zagida tomon ma’nosini buruvchi gari qo’shimchasidan iborat.
Quyidagi gap qaysi lug’atdan olingan?
etimologik lug’at
imlo lug’ati
izohli lug’at
ensiklopedik lug’at
Sinonim qo'shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
-li, -gi, -iy, -chan
-dor, -ser, -bo, -ba
-be, -no, -siz, -ma
-don, -dor, -ag'on, -chan
O'zbek till leksikasi o'z ichki imkoniyatlari asosida boyish manbasi noto'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.
ilgari qo'llanilib, keyin iste'moldan chiqib ketgan so'zlardan yangi tushuncha-larni ifodalash uchun foydalanish
yasovchi qo'shimchalar yordamida yangi so'z yasash
dialektal so'zlarni faollashtirish
ma'lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o'z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo'lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish
Arab tilidan o'zlashgan so'zlar qatorini toping.
saodat, taxt
a'lo, she'r
karaxt, badjahl
sur'at, obyekt
Qulog'idan kun ko'rinadi iborasi qanday
ma'noni anglatadi?
xursand
g'iybatchi
juda ozg'in
eshitganini tezda birovga yetkazuvchi
Ibora qo'llanmagan gapni aniqlang?
Tengqurlarim ichida yuzim yorug' bo'ldi.
Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz.
Uni qo'lga oluvchi kishilarimiz nihoyatda pixini yorgan bo'lmog'i shart.
Kishilikning dushmanlari yer bilan yakson bo'lur.
Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
obro'-obro'y
kabutar-kaptar
a'yon-ayon
a'zo-azo
Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
boquvi zo'r bo'lmoq
o'ta takabbur bo'lmoq
hayot darajasi, maishati yuqori bo'lmoq
katta maqsad sari intilmoq
Qaysi javobda faqat shakldosh so'zlar qayd etilgan?
savdo, stul, pilla
oqibat, rasta, savat
soch, baho, doska
O’lka, palata, rasta
Bir turkum doirasidagi shakldosh so'zlar qaysi javobda keltirilgan?
yoz, palla, rasta
palata, soch, nor
oq, savdo, oqibat
savag'ich, sandal, palla
Og’zi qulog’ida iborasining ma'nodoshini toping.
boyib ketmoq
dumog’I chog’
maqsadiga erishmoq
o'zligini unutmoq
Quyidagi qaysi birliklarning shakliy ifodasi bilan mazmuni o'rtasida bog'liqlik yo'q?
ibora
tasviriy ifoda
so'z birikmasi
ibora va tasviriy ifoda
Lug'at turlarining qaysi birida davlat so'zi "Davlat- jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot"tarzida ifodalanishi mumkin?
imlo lug'atida
izohli lug'atda
tarjima lug'atida
sinonim (ma'nodosh) so'zlar lug'atida
Bahr so'zi qaysi gapda tug'yon, ma'nodosh bo'lib kelgan?
Terdi san'at bahrining qimmatbaho injusidan.
Buloqlarda qaynadi g'azabning bahri.
Yigitlar taltayar qizlar bahrida.
Bir yoningda Sevanday bahr, Misoli bulutlar ichida qamar.
Sel so'zi qaysi gapda ko'chma ma'noda qo'llanmagan?
Har qanday go'sht tuzlanganda, seli chiqib ketadi.
Quyoshning seliga miriqib cho'milgan yam-yashil dala barq uradi.
Elmurod shunday o'ylar selida g'arq bo'lib, uyqusi qochdi.
Barcha gaplarda sel so'zi ko'chma ma'noda qo'llangan
Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping?
qo'shish, kvadrat, ot, fe'l
andava, sog'moq, yigirmoq
hikoya, qissa, roman
milod, kalendar, kurtak
Tuyg'un so'zining ma'nodoshi qaysi
javobda to'g'ri berilgan?
masrur
sezgir
aniq
mos
Chapdast so'zining ma'nodoshi qaysi
Javobda to'g'ri berilgan?
chaqqon
chapaqay
chapani
chaparosta
Xilqat so'zining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri izohlangan?
biror narsaning yig'indisi
biror bir hukmdor qo'l ostidagi mamlakat
yaratilish, bunyodga kelish
sirli, mavhum
Qaysi javobda ma'nodosh so'zlar to'g'ri berilgan?
ataylab, jo'rttaga, azza-bazza
subut, burd, tob
sevinch, surur, huzur
jang, muhoraba, qutqu
Qishloqning husniga husn qo'shgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini mag'rur
ko'rsatib turadi.
Ushbu gapda shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qanday so'zlar ishtirok etgan?
ma'nodosh
shakldosh
paronim
ma'nodosh va shakldosh so'zlar
Qaysi qatordagi gapda paronimlarni
qo'llash bilan bog'liq xato mavjud emas?
Olisdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi.
Mashhur bog'bon Darvesh hoji shaftoli, olhirot ko'chatlarini o'tkazdi.
Salimning gapi borgan sari unga ko'proq nasha qilar edi.
Davraga dutor, tambur, g'ijjak, nay doira ko'tarib mashshoqlar kirib keldi.
Menga sen bo'lmasang, jon hojat ermas, Bihishtu huru rizvon hojat ermas.
Atoyining mazkur baytida so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qaysi turi qo'llangan?
ko'p ma'noli so'zlar
ma'nodosh so'zlar
takroriy so'zlar
zid so'zlar
Visoli lazzatidin zavq topmoqlig' erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur.
Bobur qalamiga mansub ushbu baytda so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qaysi turi qo'llangan?
ma'nodosh so'zlar
zid so'zlar
shakldosh so'zlar
paronim so'zlar
Chokar hazilga, zarofatga o'ch yigit edi.
(S.Siyoyev)
Berilgan gapdagi zarofat so'zining ma'nodoshini toping.
hozirjavoblik
fahm-farosat
chiroyli gaplar
maqol
Qaysi gapda so'z qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud?
Erta bahorda o'n tup mevali daraxt ko'chati o'tqazdik.
Otabek ham istehzoli tabassum orasida Homidga ko'z qirini tashladi.
Yo'lchi mashaqqatlar, qiyinchiliklar ichida bo'lsa ham, faqir hayotning uch yilini Mirzakarimboy eshigida o'tqazdi.
Quyosh hamal yulduzlar burjiga o'tishi bilan kunlar isiy boshladi.
E'timod so'zining lug'aviy ma'nosi qaysi
javobda ko'rsatilgan?
ishonch yorlig'i
ishonch
hurmat
samimiyat
Berilgan shakldosh so'zlarning qaysilari faqat
bir so'z turkumi doirasida bo'ladi?
shira, qayin, dasta
shon, qadoq, yopiq, ko'klamoq
gazak, o'rim, qotmoq, bosma
bog', qoplamoq, o'tin, qozon
Qaysi gapdagi barcha so‘zlarning asosi omonim xarakterga ega?
Boshingga qilich kelsa ham, rost so‘zla.
Karam qil, buncha kuydirma meni.
Birovga ishonib yashamang zinhor.
May oyida uloqda yutdi.
Qo‘shib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.
birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan
geografik nomlar qo‘shib yoziladi
keyingi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan
ifodalangan geografik nomlar qo‘shib yoziladi
bop, rang, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan
qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi
bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi
Urish so‘zining paronimi bilan antonim bo‘la oladigan so‘zni aniqlang.
bosqin
osoyishta
tinchlik
do‘pposlash
Oyog‘ingniz yugursa, maqsadingizga yetkazadi,
tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi.
Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z ma’nosi qaysi usulda ko‘chgan?
metafora
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
Qaysi qatordagi xatolik paronimlarni qo‘llash bilan bo‘g‘liq xatolik emas?
Lahim go‘shtlarni ajratib oldi va rastaga terib sota
boshladi.
To‘nning adibini chiroyli qilib tikdi va onasiga ko‘rsatdi
Ta’magir odamlar hayotda faqat o‘zini o‘ylab yashaydi.
Qanday aytilishidan qat’i nazar bir xil yoziladi.
Abdulla Qahhor qalami bilan ming-minglab o‘quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga chiroq yoqib ketdi
Berilgan gapda ostiga chizilgan so‘zda qaysi usulda ma’no ko‘chgan?
vazifadoshlik
metafora
metonimiya
sinekdoxa
Ona zamin qish uyqusidan uyg‘ondi.
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
metafora
Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan notog‘ri yozilgan so‘z mavjud?
Bu asarni keng ommaga tatbiq etish uchun juda ko‘p yelib-yugurdi.
Bunday yangicha fikrlashni hozirda hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Yigitlarimiz o‘z baynalminal burchini bajarish uchun
harbiy xizmatga olindi.
Anvar bu yerga shoshib kirib keldi.
Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?
Kech bo‘lsa ham uyda yolg‘iz qolgan onaizorini bir ko‘rib ko‘nglini xotirjam qilib ketishga ahd qildi.
Birozdan so‘ng hamma tinchib, tashqaridan tanbur ovozi yangradi.
Yosh Mirzoning hushyorligi, topqirligiga qoyil qolgan Umarshayx ayonlariga qarab: “Qilichni emas, aqlni ishga solmoq kerak”, − dedi.
O‘tmish merosimizni o‘rganishga, ota-bobolarimizning boy tajribalarini ko‘zdan kechirishga azm qildi.
Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga jarangli
sirg‘aluvchi lab undoshi yoziladi?
1) a..zal; 2) a..tomobil; 3) sha..qat; 4) ta..tish; 5) a..g‘on; 6) mu..affaqiyat
1, 2, 3, 4, 5, 6
2, 3, 6
2, 4, 6
2, 6
Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida tovush o‘zgarishining ikki turi sodir bo‘lgan?
Xullas, ana shunaqa gaplar, odamlar to‘rtburchak
elektron narsa ichida yashashlari mumkin ekan.
Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.
O‘z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi yo‘li kimningdir
ko‘nglini ko‘tarishdir.
Haqiqat daraxtini toshga o‘tqazganda ham qurimas.
Birinchi qismida faqat tor unli, ikkinchi qismida faqat keng unli qatnashgan qo‘shma otni toping.
huzur-halovat
xushovoz
sirinsuxan
ildizpoya
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
sazavor, mulaqot
sozovor, muloqot
sazovor, muloqot
sazovar, muloqat
Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko‘chgan so‘z ega vazifasida kelgan?
Stol oyog‘i pishiq yog‘ochdan qilingan.
Qozonning qulog‘i qiyshayib qolgan ekan.
Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi.
Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz.
Quyidagi berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat til undoshlari va unlilar ishtirok etgan?
Soqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi.
To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to‘pda ko‘p koptok.
Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.
Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.
Keng unlilar o‘rni almashtirilganda yangi so‘z hosil bo‘ladigan so‘z ishtirok etgan gapni ko‘rsating.
Bunday xulosaga kelishingizga nima majbur qildi?
Ko‘chada devonaning ovozi goh-goh eshitilardi.
Xonadagi gullarni shamollatish uchun derazani ochdim.
Hammaning jahlini chiqargan bu bola Rahimjonning og‘li − Salim.
Ko‘zimdan yomg‘irlar to‘kilar tinmay. . .
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?
metafora
sinekdoxa
vazifadoshlik
metonimiya
Tabiat qish uyqusidan uyg‘ondi.
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi kuzatiladi?
metafora
metonimiya
vazifadoshlik
sinekdoxa
Xalq og‘zaki ijodida mard yigitlar bo‘ynidagi
mas’uliyat ular ulg‘aygan sari ortib borishi haqida
ham to‘xtab o‘tilgan.
Ushbu gapdagi nechta so‘zda tovush tushish hodisasi ro‘y bergan?
to‘rtta
uchta
ikkita
beshta
Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping.
Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab
emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar.
Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi.
Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.
Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.
Qaysi juftlikdagi paronimlar ma’nosini farqlovchi undoshlar faqat ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra farqlanadi?
tub-tup
yaroqli-yarog‘li
afzal-abzal
xol-hol
Lablangan va lablanmagan unlilar yonma-yon kelgan so‘z(lar)ni toping.
1) okean; 2) tabiat; 3) muallim; 4) material; 5) beaql
3
2, 4
1, 3, 4
1, 5
Qaysi so‘zlarda u unlisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
1) unutmoq; 2) unumli; 3) unub-o‘smoq; 4) umumiylik; 5) umum; 6) umurguzaron
3, 6
2, 3, 5
1, 2, 4, 6
3, 4,
Quyidagi qaysi so‘zlar bo‘giz undoshi bilan boshlanishi lozim?
1) ..arorat; 2) ..ijjalatmoq; 3) ..iylakorlik; 4) ..alfalik; 5) ..iyobon; 6) ..o‘randa
1, 2, 3
4, 5, 6
2, 4, 6
1, 3, 5
Qaysi so‘zda quyi keng unlidan so‘ng shovqinli, jarangli undosh kelgan?
ozoda
o‘g‘il-qizlar
xontaxta
ota-onalar
Keltirilgan gapda qo‘llangan tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi".
2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi
1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi
2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi
Qaysi javobda turkiy tillarning o'g'uz guruhiga kiradigan tillar qatori berilgan?
yoqut, turkman, qirg'iz
usmonli turk, turkman, ozarbayjon
qoraqalpoq, boshqird, xakas
o‘zbek, uyg'ur, chuvash
Qipchoq lahjasiga oid so'zlarni toping.
yozutti, boravuza
kechog'i, onglar
inak, shoti
duz, go’rmak
Eski turkiy til davriga oid ko'kramak so'zining ma'nosi to'g'ri berilgan javobni toping.
ko'karmoq
na'ra tortmoq
ko'paymoq
kasal bo'lmoq
Qoraxoniylar davri g'arbiy til an'anasi qanday nomlangan?
qipchoq-uyg'ur
qorluq-uyg'ur
qipchoq-o'g'uz
qorluq-o'g'uz
Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi.
Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang.
2 ta
4 ta
3 ta
5 ta
Qaysi so‘z tarkibida ham qator, ham qo‘sh undoshlar mavjud?
metall
sportchi
issiqqa
kilogramm
Unlilar qo‘shaloq holda kelgan qo‘sh undoshli tub so‘zni aniqlang.
taalluqli
inshoot
raund
taassuf
Qaysi so‘zdagi barcha undoshlar jarangli til undoshlari sanaladi.
bambuk
g‘amgin
jarayon
dabir
Ochiq bo`g`inida chuqur til orqa, jarangli undosh qo`llangan yasama so`zni aniqlang.
serg`alva
qaramlik
beg`araz
xavotir
”A” unlisi qachon cho’ziq talaffuz qilinadi?
chuqur til orqa q,g`,x undoshlaridan so’ng kelganda
“o” ga moyil aytilsa,a yozilganda
tutuq belgisi ta`sirida
tutuq belgisidan oldin kelganda va qo’shaloq qo’llanganda
”M” tovushining fiziologik tomoni to’g`ri berilgan qatorni toping.
jarangli undosh
lablarning bir-biriga tegishi va o’pkadan chiqayotgan havoning bu to’siqdan portlab chiqishi
jarangli,lab undoshi
jarangli,portlovchi,lab undoshi
l, n tovushlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub emas?
sirg‘aluvchi undoshlar
jarangli undoshlar
til oldi undoshlari
jarangli va til oldi undoshlari
Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir.
Berilgan gapdagi qo‘shimcha qo‘shish natijasida tovush o‘zgarishi vujudga kelgan so‘zlar miqdorini aniqlang
1
2
3
4
Jarangli jufti mavjud bo’lgan til oldi undoshlarini aniqlang.
b, n, y
s, sh, ch
x, h, q
m, r, n
Urg‘u ma no farqlash vazafasini bajargan so'zlarni belgilang?
1) yangi; 2) toza; 3) aytuvchi; 4) qurilma; 5) moslama; 6) gullar.
barcha so'zlarda
1, 2, 5, 6
l, 3, 5, 6
1, 2, 3, 4, 5
dengiz so‘zi tarkibida qanday til undosh tovushlar mavjud?
2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
3 ta til oldi, 1 ta lil o‘rta undoshlari
2 ta til oldi, 1 ta til o‘ria undoshlari
Qaysi so‘z asosida yuqori tor unlidan so'ng jarangli, sirg'aluvchi undosh kelgan?
muqaddas
kezmoq
qizlarjon
o‘qituvchi
Jarangsiz jufti mavjud bo'lgan til oldi undoshlarini aniqlang.
l, m, r, n
d, z, j
x, y, h
r, l, n
Qaysi so'zdagi bir quyi keng unli o'rnida boshqasi qo'llanganda so‘z ma’nosi farqlanadi?
taqa
siqim
soliq
xam
Qaysi qatordagi so'zlarda til oldi undosh tovushlari qo'llangan?
xohish, simbul
dada, shinni
qoqi, handasa
bobo, joja
b va k undoshlari qaysi xususiyatiga ko'ra bir guruhga mansub bo'ladi?
lab yoki tish undoshlariga mansubligiga ko'ra
jarangli yoki jarang-sizligiga ko'ra
tilning qayerida paydo bo'lishiga ko'ra
portlovchi yoki sirg'aluvchiligiga ko'ra
Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping.
qing'ir
soxtalik
iqtisod
hamfikr
Qaysi so'z tarkibida portlovchi undosh mavjud?
yuzsiz
vositasiz
osha
foizsiz
Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan?
b, ng
r, s
k, q
p, v
Berilgan jarangli undoshlarning qaysilari sirg'aluvchiga mansub emas?
j, u
m, n
x, g
p, v
Undoshlar ovozning ishtirokiga ko'ra qanday bo'linadi?
sof va qorishiq
sonorlar va shovqinlilar
portlovchilar va sirg'a-luvchilar
jarangli va jarangsiz.
Undoshlar aytilishiga ko'ra qanday bo'linadi?
sof va qorshiq
sonorlilar va shovqinlilar
portlovchilar va sirg'a-luvchilar
jarangli va jarangsiz
Shakl yasovchi qo'shimcha vazifasida qaysi undoshlar qo'liana oladi?
v, p, z, d
y, ch, k, z
sh, t, y, b
r, v, k, g
Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xato
bor?
Soddalik go'zallikning birinchi va zarur shartidir.
Yaxshi va xayirli ishning birortasini kichik sanamang, suv so'ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan bo'lsa-da , ezgulik qiling.
Aniqlik, ravshanlik, ohangdorlik - mana go'zallik qanday yuzaga keladi.
Sovuq mijozlik kishilar o'rikni asal bilan yeyishlari kerak.
O'rik suvi tashnalikni qondiradi.
Qaysi qatorda fonetik hodisalar soni nisbatan ko'proq?
O'sha kun men mast edim, Mast edim, menmas edim.
Bu olamning jumbog'i ko'p, Bu olamning so'rog'i ko'p.
Olamda yolg'izim, unutma bir so'zim, Sening-la men faqat qirolichaman.
Yuragida bormi deya tugun, Qaydaligim so'rarmikan deb.
Qaysi qatordagi so'zlarda bo'g'iz tovushi qo'yiladi?
Kambag'alning ba...ti boyning ta...tini yiqitar.
...alqqa suyansang bo'lasan, ...alqdan chiqsang o'lasan.
Barvaqt qilingan ...arakat, ...osilga berar barakat.
Yer - ...azina, suv -gav...ar
Quyidagi so'zlarning qaysi biri alifbo tartibida yozilgan?
Anor, anjir, bog', bug'doy, bahor,
Kuz, paxta, dala, yoz, zavod, Kattaqo'rg'on
Mashina, nok, teploxod, sholi, charos
Agranom, agrotexnika, agent, telegraf, ekskavator
Qaysi gapda ng ikki tovushni ifodalayapti?
Birlashgan kuch yengilmas
Ochiq derazadan mayin long shabadasi esadi
Baxt yulduzimiz yongani-yongan
Bog'lar rang-barang gullardan ko'ylak kiydi
Quyidagi juftliklardan biri xato yozilgan qatorni toping?
xush - hush, tussiz -tuzsiz, yod - yot
saf - sof, sof - sop, ham-xam, yog'du -yog'di
judo - juda, sa'va -sava, ta'qib - taq'ib, chinni -chini
siylash - silash, yuvundi- yuvindi, qurt - qurut
Qaysi so'zlar xato yozilgan?
mudofaa, taassurot, mutolaa, taajjub
taalluq, matbaa, badiiy, tabiiy
Lutfiy, fanniy, juz'iy,
manfat, minn'at, taq'ib, tabbiy
Qaysi so'z oxiridagi qo'sh undosh bittasi aytilsa ham, ikki undosh yoziladi?
metall, kilovatt, kongress
matreal, diagnoz, million
Toshkent, go'sht, do'st
kilogramm, avgust, navbat
Quyidagi so'zlarning qaysi birida tutuq belgisi qo'yiladi?
mo'jiza
mo'tadil
mo'tabar
manaviyat
Qaysi qatorda qo'sh undosh xato qo'llangan?
Qattiq, tilla, yo'lladi
Essiz, tilli, tillik
Medalli, silla, ushshoq
Tabbiy, tozza, bemazza
Qo'sh undosh qo'llangan o'zbekcha so'zlarni toping.
taajjub, taassurot, muallim, mudarris
izzat, matbaa, mutolaa, qissa
o'ttiz, ikki, ellik, chappa, to'qqiz
sakkiz, qissa, naqqosh, kassa
Qaysi gap tarkibida tovush tushishi hodisasi sodir bo'lgan?
Ustoz jabri afzal ota mehridan - Inson anglab yetgan buyuk haqiqat.
O'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir.
Biz gulning nafisligini, suvning zilolligini, oppoq tonglarning go'zalligini, oydin tunlarning zavqbaxshligini bilamiz-u, nima uchunligini chuqur sezavermaymiz.
Ko'ngilda til jarohati bitmas. Anga hech nima marham yerini tutmas.
Qaysi bir so'z chiziqcha bilan yoziladi?
orom (baxsh)
har(kun)
bodom (qovoq)
omon (eson)
Qaysi gap tarkibida qo'shma va juft so'zlar bor?
Oqtosh mevazor bog'-rog'larga aylandi.
Urushning azob-uqubatlarini tortgan Ikromjon boshliqning gapiga ko'naver-madi, ishga kirishib ketdi.
Bitta bulbul qancha-dan-qancha odamning ko'nglini shod qiladi.
Ota-onangni naqadar e'zozlasang, do'st-yorga ham shunday oqibatda bo'l.
Bosh harflar imlosi bilan bog'liq xatoni aniqlang.
O'zbekiston Qahramoni
"Mustaqillik" Ordeni
"Sen yetim emassan" she'ri
O'zbekiston Oliy Majlisi
Qo'sh undoshlarning biri tushirilganda, so'z ma'nosi o'zgaradigan qatorni belgilang.
ushshoq, sodda, qattiq
himmat, quvvat, illat
issiq, chaqqon, pilla
tilla, xullas, achchiq
... umumiylik -xususiylik, imkoniyat -voqelik, mohiyat - hodisa zidlanishini o'zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o'z ifodasini topadi.
Tovush va fonema
Til va nutq
Tirik til va o'lik til
Til va fan
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma'lum jamiyat a'zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi -
nutq
til
axborot
bilim
Adolatparvarlik so‘zidagi undosh tovushlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
Til oldi jarangli undoshlar 6 o‘rinda qatnashgan.
Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar 3 o‘rinda qatnashgan.
Jarangli juftiga ega bo‘lgan 2 ta undosh qatnashgan.
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub bo‘lgan jarangli undoshlar 5 o‘rinda qatnashgan
Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping.
Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab
emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar.
Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi.
Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.
Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.
x va h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi?
ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
tarkibiga ko‘ra
hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
To‘y xarjida yuzta boy yapon
Bir kambag‘al o‘zbekcha yo‘qdir. (E.Vohidov)
Ushbu she’riy parchada urg‘u ajratib ko‘rsatilgan so‘zning nechanchi bo‘g‘iniga tushadi?
uchinchi bo‘g‘iniga
bu so‘z urg‘u olmaydi
ikkinchi bo‘g‘iniga
birinchi bo‘g‘iniga
Quyidagi so’zlarning nechtasida paronimlik yuzaga keltiruvchi tovushlar faqatgina ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra farqlanadi?
Tambur, nufuz, yoqilg’i, ham, qat, hirs, qarz, dars, ehson, ellik.
3 ta
4 ta
6 ta
5 ta
Til taraqqiyotining qaysi davrida turkiy xalqlarning xalq og’zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asar yaratilgan?
qadimgi turkiy til davrida
eski o’zbek tili davrida
eski turkiy til davrida
o’rta turk davrida
Qaysi javobda “og`zining tanobi qochdi” iborasining ma’nodoshi berilgan?
och qolgan
tirnoq ostidan kir qidirmoq
xafa
xursand.
Turkiylar boy bo‘lsa, tom soladi.
Ma’no ko‘chish turini aniqlang?
metafora
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
Rentgen aparatining nomlanishiga ko‘chishning qaysi turi asos bo‘lgan.
metafora
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
“O‘z ishiga ma’sulyatsiz, beg‘am” ma’nosida qo‘llanuvchi ibora tarkibida ishlatiladigan so‘z qaysi qatorda berilgan.
sirka
palak
tanob
o‘pka
Qaysi so‘zlarda shakldosh( omonim) qo‘shimchalar qo‘llangan.
ko‘zim, qo‘zim
ko‘ngli, yurak - bag‘ri
ekin, to‘kin
akam, ukam
Bizning qishloqda internet yo‘q. Bizning “internet”– mahalla ayollari.
Ma’no ko‘chishning turini aniqlang.
metafora
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
Tilning …….. doimo o‘zgarishda va rivojlanishdadir. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
tovush tarkibi
lug‘at tarkibi
morfem tarkibi
fonologik tarkibi
Yuziga tabassum yugurdi. Ma`ni ko`chishi turini aniqlang
metafora
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
Qaysi qatorda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud.
lahim go‘sht olmoq
asl basharasini ko‘rsatmoq
kofeni xush ko‘rmaslik
quyosh haroratida toblanmoq
Qaysi qatorda paronimlar qo’llash bilan bog`liq xato mavjud?
Essiz,bozordan lahm go’sht olish yodimdan ko’tarilibdi.
Dushman jangda yarog`siz taslim bo’ldi.
O’tganlarni yod ayladik.
Yozning issiq kunlarida daraxtning ko’lankasida dam olishga nima yetsin.
Qaysi javobda keltirilgan so’zning tasviriy ifodasida ma`nodoshlik xususiyati kuzatiladi?
bokschilar
shaxmat
bahor
neft
Bugun menga kechki ovqat olib qo`ymang. Asrorboy bizlarni choyga taklif etgan.
Ma`no ko`chishini aniqlang.
metafora
metonimiya
sinekdoxa
vazifadoshlik
Olma archiyotib qo‘lini kesib oldi.
Ushbu gapda qaysi usulda ma'no ko‘chgan?
metonimiya
vazifadoshlik
metafora
sinekdoxa
Qaysi javobda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so'zlar qatori berilgan?
hushomad, hovoncha, hokandoz
hijil, xijjalamoq, xo’randa
ho‘randa, xijjalamoq, xufiyona
xipcha, halizamon, xuruj
Mungli kuy yurakni tirnar edi.
Berilgan gapda qaysi usulda ma'no ko'chgan?
metafora
vazifadoshlik
sinekdoxa
metonimiya
Asr so‘zining paronimi bilan sinonim bo‘la oladigan so‘zni aniqlang.
vaqt
tinchlik
tutqun
baland
Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi. Ushbu gapda ma’no ko'chishining qaysi turi mavjud?
metafora
metonimiya
vazifadoshlik
sinekdoxa
Quyidagi juftliklarning qaysi biridagi so'z xato yozilgan?
she’r — sher
otalik — otaliq
azm - azim
taxir - tahir
Dastlabki so'zining antonimini toping.
birinchi
ilk
oxirgi
bu so’zning antonimi yo‘q
Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zlarni belgilang.
1) yasha; 2) yayra; 3) yashna; 4) o‘yna; 5) ikkala; 6) uchala; 7) yamoq; 8) yong’oq; 9) yig’loq;
10) o’yinchoq.
1,4,5,7,9
1,2,3,5,6
5,7,9
1,5,7,9,10
Metonimiya asosida ma’no ko'chgan so'z bor gapni toping.
Dunyoda tashvishlarni ko‘p chekdi boshim.
Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
Besh qo‘l barobar emas.
Samovarda osh yedik.
Ajratib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.
o'zaro -dan qo‘shimchasi bilan bog’langan takror so‘zli birikmalar orasiga chiziqcha qoyiladi
birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar ajratib yoziladi
tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari bo’lgan joy nomlari qo‘shib yoziladi
qo’shma son qismlari ajratib yoziladi
Noto‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini toping.
yuroldi, berolmadi
koroldi, boroldi
sololdi, chiqolmadi
opketdi, opqochdi
Leksema nima?
so‘zning tovush tomoni
so’zning qaysi turkumga oidligi
so'zning grammatik ma’nosiz faqat leksik ma’no bildiradigan qismi
so’zning ma’no tomoni
Nutq jarayonida talaifuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida o'zgarishlarga uchrashiga nima deyiladi?
fonetik hodisalar
metateza
assimilatsiya
tovush moyillashuvi
Bulutlar haydar shamol,
Goh yog’ib o‘tar yomg’ir.
Ushbu gapda ma’no ko'chishning qaysi turi qo'llangan?
metafora
sinekdoxa
metonimiya
vazifadoshlik
Sirlar ma’nosini anglatuvchi so'zni belgilang.
asror
huvaydo
irshod
ashk
Yuzingni oftobini ko‘rub hayron bo’lib qoldim,
Falakg'a qo‘l uzotib shamsi anvami olib bo‘lmas.(Mashrab)
Ushbu baytda qo’llangan ma’nodosh so’zlarni toping.
oftob, shams
oftob, anvar
falak, anvar
oftob, falak
Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so'zni toping.
ra’y
ta’qiqlamoq
mas’uliyat
daf’atan
Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi.
Berilgan gapda qaysi usulda ma’no ko'chgan?
metafora
sinekdoxa
vazifadoshlik
metonimiya
Imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so'zlarni aniqlang.
1) xoxish; 2) mukofot; 3) rahmat; 4) xoxlamoq; 5) tadbiq; 6) taqdir.
1, 2
1, 4, 5
3, 4
1, 2, 3, 6
Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi.
Ushbu gapda qaysi usulda ma'no ko'chgan?
metonimiya
vazifadoshiik
metafora
sinekdoxa
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so'zlarni aniqlang.
1) statistika; 2) suiiste’mol; 3) subxidam;4) sparring; 5) skayner.
1, 2, 5
2, 4, 5
3, 4
1, 2, 4
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi,
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
Berilgan gapda qaysi usulda ma'no ko'chgan?
metafora
sinekdoxa
vazifadoshlik
metonimiya
Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘z qollangan gapni aniqlang.
O’roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir.
Aybsiz do‘st axtargan do'stsiz qolar.
Qarisi bor uyning parisi bor.
Tanlov yuqori saviyada o'tkazildi.
Barchasi imloviv jihatdan noto‘g‘ri vozilgan so'zlar qatorini belgilang.
xotin-xalaj, xurofot, xayrixoh
xalifa, huvullamoq, xolva
xorg'in, ximmat, rahna
hilol, hoynahoy, xo‘plam
|