• 2. Jamoa shartnomasi va Jamoa kelishuvi tushunchasini yoriting, Jamoa kelishuvining turlarini tahlil qiling. 8-bob. Jamoa shartnomasi
  • 66-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish
  • -modda. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar




    Download 235,19 Kb.
    bet6/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    12-modda. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar
    Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
    jamoa kelishuvlari;
    jamoa shartnomalari;
    ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
    ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.
    2. Jamoa shartnomasi va Jamoa kelishuvi tushunchasini yoriting, Jamoa kelishuvining turlarini tahlil qiling.
    8-bob. Jamoa shartnomasi
    65-modda. Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli
    Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir.
    Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida bo‘linmalarida tuzilishi mumkin.
    Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralar o‘tkazish, ish beruvchi nomidan jamoa shartnomasini imzolash uchun ish beruvchi ushbu alohida bo‘linma rahbariga yoki boshqa shaxsga ushbu Kodeksning 46-moddasiga muvofiq zarur vakolatlar beradi.
    Tashkilotning alohida bo‘linmasida jamoaviy muzokaralarni o‘tkazish, jamoa shartnomasini imzolash chog‘ida xodimlar manfaatlarini ifoda etish huquqi ushbu bo‘linma xodimlarining vakillariga beriladi.
    Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
    66-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish
    Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi qaror va uni tuzish masalasi bo‘yicha jamoaviy muzokaralar boshlash to‘g‘risidagi taklif istalgan tarafdan berilishi mumkin.
    Ushbu Kodeksning 49-moddasida belgilangan tartibda jamoaviy muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya tuziladi.

    Download 235,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar

    Download 235,19 Kb.