• 8-modda. Xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipi
  • 2-bob. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar 10-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik
  • -modda. Mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi prinsipi




    Download 235,19 Kb.
    bet4/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    7-modda. Mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi prinsipi
    Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagilarni ta’minlaydigan vositalar va usullar majmuini mustahkamlaydi:
    xodimlarning va ish beruvchilarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan mehnat sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini;
    mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarning ish beruvchilar va xodimlar tomonidan bajarilishini;
    xodimlar va ish beruvchilarning mehnat huquqlari himoya qilinishini hamda buzilgan huquqlari tiklanishini;
    xodimlarning mehnat huquqlari, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun ish beruvchining javobgarligini, shuningdek o‘z mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodimning javobgarligini.
    8-modda. Xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipi
    Har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.
    Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
    2-bob. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar
    10-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik
    Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qoidalari mehnatga oid yakka tartibdagi munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi.

    Download 235,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi prinsipi

    Download 235,19 Kb.