• 106-modda. Mehnat shartnomasining shakli
  • Mehnat shartnomasining turlari va shakllari haqida batafsil ma’lumot bering




    Download 235,19 Kb.
    bet11/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    4. Mehnat shartnomasining turlari va shakllari haqida batafsil ma’lumot bering.
    103-modda. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari
    Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv bo‘lib, unga muvofiq xodim ish beruvchining manfaatini ko‘zlab, ushbu kelishuvda belgilangan mehnat vazifasini uning rahbarligi va nazorati ostida shaxsan bajarish, ichki mehnat qoidalariga rioya etish majburiyatini, ish beruvchi esa xodimga shartlashilgan mehnat vazifasi bo‘yicha ish berish, xodimga ish haqini o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lash, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va ushbu kelishuvda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
    Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflaridir.
    106-modda. Mehnat shartnomasining shakli
    Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.
    Mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.
    Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda mansabdor shaxsning mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
    Mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Mehnat shartnomasining nusxasi xodim tomonidan olinganligi ish beruvchida saqlanadigan mehnat shartnomasi nusxasidagi xodim mehnat shartnomasining nusxasini olganligi to‘g‘risidagi alohida imzosi bilan tasdiqlanadi.
    Mehnat shartnomasida shartnomaning ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan rekvizitlari ko‘rsatiladi.
    Ish beruvchilar va xodimlarga mehnat shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga ko‘ra tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan mehnat shartnomalarining namunaviy shakllari ishlab chiqiladi.



    Download 235,19 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat shartnomasining turlari va shakllari haqida batafsil ma’lumot bering

    Download 235,19 Kb.