MASHINALARDAGI MURAKKAB JARAYONLARNI MODEL-




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana31.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#91171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Text of lecture 9 (1)
Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar
3. MASHINALARDAGI MURAKKAB JARAYONLARNI MODEL-
LASHNI OSONLASHTIRUVCHI CHEKLI AYIRMALAR USULI 
Traktorsozlikda yechishga to’g’ri keladigan ko’pgina masalalar ancha mu-
rakkab, chunki hisoblanayotgan fizikaviy 
jarayonlar doimo uchta koordinat o’qi 
va vaqtdan iborat bo’lgan to’rt o’lchovli fazoda sodir bo’ladi. 


Echim matematik fizika tenglamalari deb ataluvchi, xususiy hosilali differ-
entsial tengamalar tizimini yechishga olib kelinadi. Bu tenglamalarga to’rtta 
bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi kiradi. 
Ba’zan masalani shunchalik soddalashtirishga muvaffaq bo’linadiki, tengla-
malarda faqat bitta bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi qoladi, ya’ni masala bir 
o’lchovli holga keltiriladi. SHunday yo’l bilan olingan differentsial tenglamalar 
bitta bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchiga ega va amalda aniq analitik usullar bilan 
yechilishi mumkin.
Turli bir o’lchovli masalalarni analitik yechimlari qator mahsus fanlarda 
ko’riladi. Masalan, mustahkamlikni hisoblashning bir o’lchovli masalalari materi-
allar qarshiligi fanida yechiladi. Bu yerda bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi sifatida 
koordinat o’qlaridan biri ifodalanadi va bir o’lchovli masala aniq yechiladi, masa-
lan nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasining ko’pgina masala-
lari. 
Masalani bir o’lchovli ko’rinishga keltirish doimo uni ideallash bilan bog’liq 
bo’ladi. Ideal masalada fizikaviy jarayonning kechishiga ta’sir etuvchi qator 
ikkinchi darajali omillarni hisobga olmaslikka to’g’ri keladi. Bundan nazorat qi-
lish qiyin bo’lgan xatolar paydo bo’ladi. Mashina va u ishlayotgan sharoit qancha-
lik murakkab bo’lsa, hisoblash natijalarining yetarli aniqligiga umid qilsa 
bo’ladigan, bir o’lchovli matematik modelni ishlab chiqish shunchalik qiyin 
bo’ladi [6]. 
Ba’zi hollarda masalani bir o’lchovli ko’rinishga keltirish va uni aniq analitik 
usullar bilan yechish amaliy mumkin emas. Ko’p o’lchovli masalalarni qo’yishga 
yuqorida aytilganlardan ko’ra murakkabroq fanlar bag’ishlangan. Masalan, mus-
tahkamlikni hisoblash masalalarini yechishda materiallar qarshiligidan elastiklik 
nazariyasiga o’tishga to’g’ri keladi. Ko’p o’lchovli elektrotexnika masalalarini 
ko’rishga elektrodinamika fani bag’ishlangan. Issiqlik jarayonlari issiqlik uzatish 
nazariyasida ko’riladi, ishqalanish jarayonini o’rganishda umumiy fizikadan tri-


bologiya faniga o’tiladi va hokazo. Bu fanlarni barchasini mukammal darajada 
o’rganish juda qiyin.
Traktor loyihalayotgan konstruktor elastiklik nazariyasi va elektrodinamika, 
issiqlik uzatish va gidrodinamika, tribologiya va mashinalar puxtaligi fanlarining 
aralash masalalariga duch keladi. Qandaydir fan sohasida ozgina xatolikka yo’l 
qo’yilsa, mashina mo’ljaldagidek ishlamaydi.
Hisoblash usullarining murakkabligi va yetarlicha takomillashmagani sababli 
loyihachi "sinov va xatolar" usulida ish yuritadi. Mashina qurilgach sinovga 
qo’yiladi. Natija asosida yana qaytadan loyihalanadi va xokazo. Mashinalardagi 
murakkab jarayonlarning nazariy hisoblash usullarni hayotga tadbiq etishda 
xususiy hosilali differentsial tenglamalarni turli yaqinlashtirib yechish usullari 
yordam beradi. 
Bunday usullardan biri chekli ayirmalar usuli bo’lib, bu usulni to’r usuli yoki 
kublar usuli deb ham ataladi. CHekli ayirmalar usuli odatda juda katta hajmdagi 
hisoblash ishlarini bajarishga olib keladi. Bu kamchilik zamonaviy kompyutarlar 
yordamida oson yo’qotiladi. Mashinalarni loyihalashda kompyuter hisob-kitob 
ishlaridan tashqari detallarni joylashtirish, loyihani ko’p variantli bajarish kabi 
qulayliklar yaratadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi bunga yorqin misol 
bo’la oladi. 
CHekli ayirmalar usulining tenglamalari maxsus matematika kitoblarida keng 
yoritilgani sababli biz ularga to’xtalib o’tirmaymiz. 

Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MASHINALARDAGI MURAKKAB JARAYONLARNI MODEL-

Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish