-mavzu. Adabiy-nazariy va adabiy-tarixiy kurslar




Download 20,75 Kb.
bet2/5
Sana04.01.2024
Hajmi20,75 Kb.
#130170
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fan dasturi

3-mavzu. Adabiy-nazariy va adabiy-tarixiy kurslar
Oliy o'quv yurtlarida nazariy-adabiy kurslarining ahamiyati. “Adabiyotshunoslikka kirish” kursining vazifalari va mazmuni haqida bugungi qarashlar, nuqtai nazarlar, ushbu kursning talabalarni adabiyotshunoslikka tayyorlashdagi roli, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Kurs bo'yicha tuzilgan dasturlar va o'quv qo'llanmalari. “Adabiyot nazariyasi” fanining vazifasi va mazmuni, uning talabalarni adabiyotshunoslikka tayyorlashdagi roli, boshqa filologik fanlar, estetika, falsafa va psixologiya kurslari bilan bog'liqligi. Oliy o'quv yurtida “Adabiyot nazariyasi” kursining tuzilish prinsiplariga bugungi yondashuvlar. Kurs bo'yicha tuzilgan dasturlar va o'quv qo'llanmalari. Ushbu kursni o'qitishdagi qiyinchiliklar va o'ziga
xosliklar.Tarixiy-adabiy kurslarning maqsadi, ularning tuzilish sistemasi va prinsiplari. Adabiyot tarixining tuzilish prinsiplari haqida bahs. O'zbek adabiyoti tarixi bo'yicha kurslar, ularning professional, madaniy va tarbiyaviy ahamiyati. O'zbek adabiyoti tarixining O'zbekiston tarixi va o'zbek madaniyati bilan bog'liqligi. O'zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish masalasi va boshqa bahsli muammolar. Eng qadimgi davr adabiyoti (islomgacha bo'lgan davr), islom kirib kelgan davrdan to yigirmanchi asrgacha bo'lgan vaqt oralig'idagi katta adabiyot – o'zbek mumtoz adabiyotini o'rganish va o'qitish muammolari. O'zbek adabiyoti tarixi bo'yicha dastur va o'quv qo'llanmalar. MDH xalqlari adabiyoti hamda jahon adabiyoti umumiy kurslari, ularning vazifalari va mazmuni. Jahon adabiyoti tarixini davrlashtirish, uning rivojlanishi asosiy davrlari (epoxalari) va adabiy yo'nalishlar. Zamonaviy chet el adabiyotini o'qitish prinsiplari. Kurs bo'yicha dastur va o'quv qo'llanmalar. “O'zbek adabiy tanqidi tarixi” kursining vazifalari, xususiyatlari mazmuni va tuzilish prinsiplari. Kursni davrlashtirish. Kurs bo'yicha dastur va o'quv qo'llanmalar. Propedevtik kurslar (jumladan, o'zbek adabiyoti tarixi kursining dastlabki – mumtoz adabiyotga kirish qismi kabi), ularning vazifasi. O'zbek xalq og'zaki ijodi kursi, uning vazifasi, boshqa adabiyotshunoslik kurslari bilan bog'liqligi.Mumtoz adabiyotni, o'zbek adabiyoti tarixini o'rganishda muhim o'rin tutgan yordamchi fanlar. Tasavvuf va badiiy ijod masalalariga, matnshunoslik va manbashunoslikka oid fanlar. Talabalarning adabiyotshunoslik bo'yicha tadqiqotlar olib borish texnikasi va metodikasini hamda darslarda o'quv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash shakllari va usullarini rivojlantirishga yo'naltirilgan kurslar.



Download 20,75 Kb.
1   2   3   4   5




Download 20,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Adabiy-nazariy va adabiy-tarixiy kurslar

Download 20,75 Kb.