|
-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid predmetlarni o'rganish tizimida maxsus kurs va maxsus seminarlar
|
bet | 3/5 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 20,75 Kb. | | #130170 |
Bog'liq Fan dasturi4-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid predmetlarni o'rganish tizimida maxsus kurs va maxsus seminarlar
Adabiyotshunoslik predmetlari bo'yicha maxsus kurslar, ularning maqsadi, vazifalari, tematikasi – mavzusi, tuzilish prinsiplari, umumiy kurslar bilan munosabati. Maxsus kurslar tizimi, ularning badiiy ijod haqidagi fanning dolzarb muammolari va kafedra hamda professor-o'qituvchilar va ilmiy tadqiqot faoliyati bilan bog'liqligi. Maxsus kurslarda talabalar bajaradigan ishlar. Adabiyotshunoslik muammolari bo'yicha maxsus seminarlar, ularning vazifalari, mazmuni, olib borish metodikasi, umumiy va maxsus kurslar bilan aloqadorligi. Maxsus seminarlarda talabalar bajaradigan ishlar, ularni o'tkazishda o'qituvchining roli va vazifalari. O'zbek shoirlari, o'zbek yozuvchilari ijodi bo'yicha seminarlar. Proseminariylar (o'zlashtirish qiyin bo'lgan mavzulardan oldingi tayyorgarlik mashg'ulotlari) talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha ko'nikmalarini rivojlantirishning dastlabki shakli sifatida.
2-modul. Adabiyot o'qitishning amaliy asoslari
5-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid kurslar bo'yicha mashg'ulotlarda dars o'tish shakllari.Adabiyotshunoslik predmetlari bo'yicha o'quv mashg'ulotlarining shakllari. Ma'ruza umumiy kurslar va maxsus kurslarni o'qitishning asosiy shakli sifatida. Ma'ruzalarning turlari va ularga qo'yiladigan talablar. Ma'ruzaning an'anaviy va noan'anaviy shakllari. Ma'ruzani o'tishda dialog prinsipi. Ma'ruza vaqtida talabalar diqqatini faollashtirish va ularni qiziqtirish hamda materialni anglashi uchun o'qituvchi bilan hamkorlikda ishlashga jalb etish. Ma'ruza mavzusini ochishda talabalarning ishtirok etish imkoniyati. Ma'ruzaning fan dasturi, o'quv qo'llanmalari mazmuni va badiiy ijod haqidagi bugungi ilmiy qarashlar bilan munosabati, ularning muvofiq kelishi. Ma'ruza uchun material tanlab olish prinsiplari. Adabiyotshunoslik predmeti bo'yicha ma'ruza mashg'uloti va unga qo'yiladigan talablar. Ma'ruzaga tayyorgarlik ko'rish, uning tuzilishi va uni amalga oshirish. Ma'ruza o'qish va uni o'tkazishda o'qituvchining roli. O'qituvchining o'zi o'qiyotgan ma'ruzaning mazmuni, qurilishi, uning borishi, temp, nutq va boshqalarni nazorat qilish shakllari. Konspektlashtirishning aniqligi, ma'ruzaning talabalarga
yetib borishi, uning mazmunining talabalar tomonidan chuqur va to'liq o'zlashtirilayotganligini tekshirish usullari.
Adabiyotshunoslik fanlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar, ularning o'ziga xosligi, maqsadi, ma'ruza kurslari bilan aloqadorligi, shakllari va ularni o'tkazish metodikasi.
Adabiyotshunoslik fanlari bo'yicha seminarlarning o'ziga xos xususiyatlari va maqsadi, ularning turlari va olib borish metodikasi. O'qituvchi va talabalarning amaliy va seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rishi. Unda o'qituvchining vazifalari va faoliyati. Amaliy va seminar mashg'ulotlarida talabalar bajaradigan ishlarning mazmuni, uni faollashtirish usullari, ko'rib chiqilayotgan smasalalar bo'yicha bahs va munozaralarni tashkil etish usullari. O'tilgan amaliy va seminar mashg'ulotlarini yakunlash shakllari. Amaliy va seminar mashg'ulotlarining metodik ta'minoti. Laboratoriya mashg'ulotlari, ularning mazmuni va olib borish metodikasi. Kollokviumlar o'quv mashg'ulotlarining shakli sifatida. Nazorat ishlari, yozma javoblar va talabalar o'quv ishlarini faollashtirishning boshqa shakllari. Konsul`tatsiyalar (maslahat darslar), ularning adabiyotshunoslik predmetlarini o'qitishda va talabalarning fanni o'zlashtirishdagi shakllari va roli. Nazoratlar, ularning vazifalari, turlari va shakllari, ularni o'tkazish metodikasi va madaniyati. Talabaning bilim darajasi va qobiliyatiga qo'yilgan talablar, baholash mezonlari.
|
| |