-mavzu. Talabalarning mustaqil o'quv ishlarini tashkil etish




Download 20,75 Kb.
bet5/5
Sana04.01.2024
Hajmi20,75 Kb.
#130170
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fan dasturi

7-mavzu. Talabalarning mustaqil o'quv ishlarini tashkil etish
Talabalarning mustaqil ishi zamonaviy oliy maktab o'quv jarayoni shakllaridan biri sifatida, uning mazmuni va shakllari/turlari. Filolog talabalarning badiiy matnlarni tahlil qilish, ilmiy va tanqidiy adabiyotlarni o'rganish va talqin qilish bo'yicha mustaqil ishi, uning metodikasi, shakllari va rejalashtirish. Talabalarning joriy ishlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish. Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni tekshirish usullari: o'rganilgan materialni bosqichma-bosqich topshirish, o'qilgan badiiy asar yoki ilmiy adabiyot bo'yicha hisobot berish, o'qituvchining savollariga javob berish, muayyan mavzu yuzasidan suhbatlashish va boshqalar. Talabalarda badiiy matnlarni faol va professional darajada o'qish qobiliyatini, ilmiy va tanqidiy adabiyot bilan mustaqil ishlash ko'nikmasini, ilmiy g'oyalarni, fikrlarni, kontseptsiyalarni, shuningdek, badiiy asarlarning turli xildagi talqinlarini tanqidiy baholash prinsiplarini shakllantirish. Adabiyotshunoslik turkumidagi predmetlarni o'rganish uchun talabalar ishini kompyuterda tashkil etish.
8-mavzu. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish. Zamonaviy o'quv jarayonida talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari rolining oshnaligi. Talabalar ilmiy ishlari shakllari. Proseminariylar (o'zlashtirish qiyin bo'lgan mavzulardan oldingi tayyorgarlik mashg'ulotlari)da ishlash talaba ilmiy-tadqiqot faoliyatining ko'nikmalari, shakllari, texnikasini egallash ilmiy etapi – bosqichi sifatida. Amaliy va seminar mashg'ulotlaridagi chiqishlar – dokladlar talabaning ilmiy ishga yaqinlashtirish vositasi sifatida. Talabalar ilmiy konferensiyasidagi chiqishlar – dokladlar ilmiy ishning bir ko'rinishi sifatida. Talabalar ilmiy konferensiyasi talabalarning ilmiy muammo yuzasidan bahs-munozara olib borish, bir-biri bilan suhbatlashish, muloqot qilish va ko'rib chiqilayotgan muammoni birgalikda muhokama qilishni bilish vositasi sifatida. Talabalarning kurs va diplom ishlari hamda adabiyot bo'yicha boshqa yozma ishlari, ularning mavzulari, strukturasi, ularga qo'yiladigan talablar; talabalarning kurs ishlari, diplom ishlari va boshqa yozma ishlariga rahbarlik qilish metodikasi, ularni rasmiylashtirish, himoya qilish va baholash mezonlari. Talaba diplom ishining roli va ahamiyati. Talabaning diplom ishiga (BMIga) taqriz yozish, uning tuzilishi va mazmuni. Magistrlik dissertatsiyasi, unga qo'yiladigan talablar, uning tuzilishi, uni rasmiylashtirish va yoqlash. Doktorantlar, stajyorlar va tadqiqotchilarga rahbarlik qilish metodikasi va prinsiplari.
Download 20,75 Kb.
1   2   3   4   5




Download 20,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Talabalarning mustaqil o'quv ishlarini tashkil etish

Download 20,75 Kb.