|
-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid fanlarni o'rganishda o'qituvchining roli
|
bet | 4/5 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 20,75 Kb. | | #130170 |
Bog'liq Fan dasturi6-mavzu. Adabiyotshunoslikka oid fanlarni o'rganishda o'qituvchining roli
O'qituvchi o'quv jarayoni va filologik ta'lim sistemasida yetakchi bo'g'in sifatida. Oliy ta'lim adabiyotshunos-o'qituvchisi muvaffaqiyatli faoliyatining asoslari va omillari. Adabiyotshunoslik kurslari, maxsus kurslar va seminarlarni tuzish va tayyorgarlik ko'rishda o'qituvchining faoliyati, uning o'quv jarayonidagi vazifalari. O'qitiladigan fanlar va maxsus fanlarning metodik ta'minotini, o'quv va metodik qo'llanmalarni, dasturlarni, referat ishlari, nazorat ishlari, kurs va diplom ishlari mavzularini ishlab chiqish, tayyorlash va nashr qilish bo'yicha bajariladigan ishlar. O'qituvchining o'quv ishlari, uning kasbiy mahorati, o'quv mashg'ulotlariga, ularni rejalashtirish va tahlil qilishga tayyorgarlik ko'rishi. Talabalarning o'qilayotgan kursni o'zlashtirishlari bo'yicha ishlarni tashkil etish. O'qituvchining iqtidorli talabalar va predmetlarni yaxshi o'zlashtirolmaydigan talabalar bilan individual ishlash bo'yicha, talabalarni o'rganish, ular orasida betakror shaxsiy qobiliyatga ega bo'lganlarini aniqlash va ularni rivojlantirish bo'yicha faoliyati. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, unga rahbarlik qilish.
O'qituvchining o'z malakasini oshirish, o'z ishini, uning mazmuni, texikasi, natijalari va hamkasblari bilan tajriba almashish, boshqa o'qituvchilarning pedagogik tajribasini, metodik adabiyotlarni o'rganish bo'yicha faoliyati. Shaxsiy ish rejalarini, yangi metodikalar, o'qitishning ijodiy usul va vositalarini ishlab chiqish. Talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda, ilmiy bilimlarni mustaqil ravishda izlab topa bilishida, badiiy asarlarni tahlil va talqin qilishda, ularning adabiyotshunoslik faoliyati norma va metodlarini egallashida o'qituvchining roli.Adabiyotshunoslik fanlarini o'qitishda OUYU o'qituvchisi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ahamiyati.
Ularning o'zaro bog'liqligi, ilmiy-tadqiqot ishi natijalaridan o'quv jarayonida foydalanish, o'qituvchi tomonidan tadqiq etayotgan muammoga talabalarni jalb etish imkoniyati. Adabiyotshunos-o'qituvchining tarbiyaga oid vazifalari. Adabiyot o'quvchilarning ichki dunyosi va ularning qadriyatlar tizimiga ta'sir etish uchun eng kuchli vosita sifatida. OO'YU o'qituvchisining ma'naviy qiyofasi. Hamkasblarga va talabalarga hurmat bilan munosabatda bo'lish o'quv jvrvyonini tashkil etishning muhim omili sifatida. Fuqarolik pozitsiyasi, madaniyat, demokratizm, intellegntlik, dunyoqarash kengligi, professsional kompetentsiyaga egalik, yuksak ma'naviy sifatlar o'zbek universitetlari adabiyotshunos-o'qituvchilarining an'anaviy qiyofasi. Fakultet kafedralaridagi eng yaxshi professor-o'qituvchilar.
|
| |