|
Aylanma harakat gidrosilindrlarini hisoblash
|
bet | 34/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019Aylanma harakat gidrosilindrlarini hisoblash
Uzellarni 3600 kam bo`lmagan burchakka keltiruvchi aylanma-qaytma harakatlar uchun aylanma gidrosilindrlar qo`llaniladi (2-rasm), bu chiqish zvenosining aylanma-qaytma harakatlarli hajmli gidrodvigatelidir.
a) b)
2-rasm. Bir parrakli aylanma gidrosilindr:
а - sxema; b – umumiy ko`rinishi
Aylanma gidrosilindr korpus 1, plastina(parrak) 3 ni tutib turuvchi vtulka 2 ni o`z ichiga oluvchi aylanish rotoridan iborat. Silindr ichki sirti va rotor orasidagi halqasimon bo`shliq zichlagichli to`siq 4 bilan zichlagichli element 5 ga ega rotorga bo`linadi.
Suyuqlik Pp bosim ostida yuqori kanalga yetkazilganda vtulka 2 li plastina 3 soat strelkasi bo`ylab aylana boshlaydi (2-rasm,a). Bitta ishchi plastinaga ega bo`lgan silindr valining burilish burchagi 270…280 dan oshmaydi.
Ko`rilayotgan bitta plastinali gidrosilindr validagi M aylanish momenti R kuchni kuch yelkasi a ga ko`paytmasiga teng:
M = Ra
R kuch parrakka ta’sir qiluvchi bosimlar garqini plastina ishchi sohasi F ga ko`paytmasiga teng:
R = ΔPF = ( Pр - Pсл ) F
2a – rasmdan ko`rinib turibdiki, plastinaning ishchi sohasi quyidagicha
bu yerda b – plastina kengligi.
Kuch yelkasi
Bunga bog’liq holda aylanish momenti quyidagicha
Val aylanishining burchak tezligi ω
Haqiqiy holatda aylanish momenti M va burchak tezligi ω larning qiymatlari ishqalanish va suyuqlikni sirqib chiqishi tufayli kamroq bo`ladi:
4-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar.
4.10-Mavzu: Elеktr ijro mеxanizmlarini hisoblash va tanlash.
Reja:
1. Elektr ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash.
2. Elektr ijro mexanizmlarini kompyuterda modellash va ularni ishlashiga konstruktiv parametrlarining ta’sirini o`rganish.
3. Umumiy sxemalari asosida ijro mexanizmlarini differensial tenglamalarini, uzatish funksiyalarini toppish.
|
| |