|
Navoiy asarlarining yaratilishi haqida umumiy ma'Jumot
|
bet | 99/133 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #134002 |
Bog'liq Ўзбек тили ва адабиети таълимида ахборот технологиялари Word variantiNavoiy asarlarining yaratilishi haqida umumiy ma'Jumot
Alisher Navoiy, eng avvalo, ulug* lirik shoir. U bolaligidan umrining oxirigacha lirik she’rlar bitdi, o'zidan boy lirik meros qoldirdi. ®
Alisher Navoiy adabiy merosi o'z ichiga lirik, epik va ilmiy nasriy asarlami oladi. 1465 yili Navoiy muxlislari lining sbe’rlarini jamlab, devon tuzadilar. U fanda “Ilk devon’’ nomini olgan. 1470- 1476-yillar orasida shoir “Badoe’ ul-bidoya" (“Badiiylik ibtidosi") devonini tuzdi. “Badoyiul-bidoya" 842 she’rdan tashkil topgan. Unda 585 g'azal, 3 mustazod, 4 muxammas, 2 musaddas, 3 tarkibband, 46 fard mavjud. 1476 1483-yillar oralig'ida shoir faqat g'azallardan tartiblangan ikkinchi devoni “Navodir un-nihoya" (“Behad nodirliklar")ni tuzdi. Navoiy 1491 1498-yillar mobaynida maxsus
to‘rt devondan tashkil topgan lirik kulliyot - "Xazoyinul-maomy" (“Ma’nolar xazinasi") ni tartibladi
Navoiy buyuk epik shoir-dostonnavis ham. Lirikada katta ijodiy tajriba to'plagan shoir qisqa muddat ichida - 1483 - 1485 -yillari 51 tnisradan ortiq besh dostonni yaratdi. Ular “Xamsa” tarkibidagi besh doston: “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin", “Layli va Majnun" “Sab’ai Sayyor" va “Saddi lskandariy"dir. 1501 yili “Lison ut-tayr” dostoni yozildi shoirning o'ndan ortiq ilmiy-nasriy asarlari mavjud.
Navoiyning o'ndan ortiq nasriy va ilmiy-nasriy asarlari katta shuhrat topdi. Ular: Navoiyning memuar-biografik xarakterdagi asarlari “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon
Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin”; iltniy-filologik xarakterdagi asarlar — “Majolis im-nafois”, “Mezon ul-avzon”, "Mufradot”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”; tarixiy va diniy-falsafiy mavzuda bitiigan asarlar — “Tarixi muluki Ajam”, “Nasoyim ul- muliabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Vaqfiya” epistolyar xarakterdagi “Munshaot” asarlaridir.
Elektron jadvallar asosan Excel dastirida ishlab chiqiladi. Bu dasltirda gipermatn, gipermurojaatlami o'matish mumkin. Excel dasturida staiestik, xronologik va bazaviy ma'lumotlarm yaratish imkoniyati katta. Bu dasturda odatda, moliyaviy hisob-kitob ishlari ainalga oshiriladi. Biroq ijtimoiy-gumanitar sohada ham Excel dasturimng imkoniyatlaridan samarali foydalanish mumkin. Masalan, Navoiy hayoti va ijodiga oid gipermatnli gipermurojaatlar orqali shoiming butun bir ijodi bilan tanishish imkoniyati bor. Navoiy hayoti va ijodi bo‘yicha o'tilayotgan mavzuda quyidagi xronologik jadvallardan foydalanish mumkin.
|
| |