|
Sohada tashkiliy o'zgartirishlar amalga oshirildi
|
bet | 2/133 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #134002 |
Bog'liq Ўзбек тили ва адабиети таълимида ахборот технологиялари Word variantiSohada tashkiliy o'zgartirishlar amalga oshirildi:
O‘zA, AKTni rivojlantirish Jamg‘armasi, TATU tashkil etildi;
tadbirkorlikni qo'llab-quvwatlash bo'yicha bojxona va soliq imtiyozlari belgilandi;
Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish Markazi -UZINFOCOM tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Telekotnmunikatsiyalar scftasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (2000-y.), “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” (2002-y.), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” (2005-y.), “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida” (2005-y.j, “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlaslini tashkil etish to‘g‘risida” (2006-y.) Farmonlari va Qarorlari iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda fan va ta’lim sohalariga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirdi. Shu tariqa mamlakatimizdagi ta’lim-tarbiya sohasidagt islohotlar ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish masalasiga uzviy bog'landi.
2005-yil 28-sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prczidenti I.Karimovning “O'zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Ziyonet” jamoat axborot ta’lim tarmog’i tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining “2002 - 2010-yillarga mo’ljallangan o rta ta’lim tizimini axborotlashtirish dasturi" to’g’risidagi qarori asosida Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 9-iyundagi buyrug’iga asosan 2 -4-sinflarda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga bir soatdan informatika darslarini tashkil etish belgilab berilgan. Bu shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar umumta’lim maktablari uchun darsliklammg multimedia ilovalarmi foydalanishga 2-sinfdanoq tayyorlanadi.
|
| |