|
1-modul: ta’limda axborot texnologiyaiarining oʻRNl
|
bet | 1/133 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #134002 |
Bog'liq Ўзбек тили ва адабиети таълимида ахборот технологиялари Word varianti
1-MODUL: TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYAIARINING OʻRNl
Ta’liinni axborotlashtirishga old huquqiy-me’yoriy hujjatlar
Ma’lumki, texnologiya (techne) so'zi grek tilidan tarjima qilinganda san'at, mahorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o'z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo'yilgan maqsadga erishish uchun ma’luin harakatlar majmuasidir.
Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsulot) holati haqida yangi sifatdagi ma’lumotlarnj olish uchun foydalanadigan ma’lumotlami (birlamchi) yig‘ish, ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullari majmuasidir.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyasi -- bu zamonaviy kompyuterJar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do‘stona» interfeysga ega bo'lgan axborot texnologiyasi demakdir.
Mazkur fanni o'rganiqfiga kirishishdan oldin ta’limni axborotlashtirishga oid buquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishish muhim o'rin tutadi. Dastlab “Me’yoriy-huquqiy hujjat” atamasi mohiyatini anglab olishga harakat qilamiz .
Me’yoriy-huquqiy hujjat (normativ-huquqiy hujjat) deb normativ hujjatlar to'g'risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko'rsatmalari sifatida buquqiy normalarni belgilashga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar daviat qo'mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiltsh huquqiga ega bo'lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlariga quyidagilar kiradi:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
O'zbekiston Respublikasining qonunlari.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majiisi palatalarining qarorlari.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkatnasining qarorlari.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralaming buyruqlari hamda qarorlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlatining qarorlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar qcnun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majiisi palatalarining qarorlari qonunlardir. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkatnasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralaming buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida: “Har kim ftkrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uui tarqatish huquqiga ega” ekanligi qayd qilingan. 42-moddada esa: “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydaianish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi”, — deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 67- moddada: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibdajavobgai'dirlar”, - deb belgilanganI.
Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini tcxnologiyalashtirish bilan uzviy bog'liqdir. Ilmiy- texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zamrati e’tirof etildi, uning ikktnchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.O‘zR Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivoj- lantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berdi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi.
|
| |