|
1. Musiqa akustikasi?
|
bet | 28/57 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 221,56 Kb. | | #160941 |
Bog'liq 1. Musiqa akustikasi -fayllar.org43. Radiomikrofonlar?
Azal-azaldan mikrofonlarni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan muammo, bu mikrofonlarning
apparaturalarga bo‘lgan «bog‘liqligi» - mikrofon kabellari artistlarga, jurnalistlarga, video va
tovush operatorlariga, ovoz rejissyorlariga ko‘pgina tashvish keltiradi. Shuning uchun yigirma
yillar ilgari paydo bo‘lgan radiomikrofonlar tovush uzatish va eshittirish masalalarini hal
etishda qo‘l keladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina radiomikrofonlar tpzimi mavjud bo‘lib, ular
radiosignallarni uzatish hamda konstruksiyalari bilan farqlanadi. Ko‘p tarqalgan radiomik-
rofonlar turiga uzatkich va antennasi «qo‘l» mikrofoni g‘ilofida joylashtirilgan
radiomikrofondir. Bunday mikrofonlar asosan konsert eshittirishlarida qo‘llaniladi. Teatr-
konsert eshittirishlarida bosh mikrofonlari ko‘p qo‘llaniladi, unda uzatkich belbog‘ga
biriktirilgan yoki cho‘ntakda bo‘lib ijrochi qo‘llari maksimal bo‘sh bo‘lib qoladi.
Keyingi paytlarda bunday mikrofonlarni ijrochining bevosita og‘ziga yaqin joylashtirilganligi
guvohi bo‘lyapmiz. Bunday xolat o‘z-o‘zidan akustik uyg‘onishni bartaraf etishda juda qo‘l
keladi.
Radiomikrofonlarning boshqa turi musiqa asbobi mikrofonlaridir. Bunday mikrofonlar musiqa
asbobiga (saksafon, truba) yoki elektrogitaraga biriktirilib uzatkichning chiziqli kirishiga
ulanadi. Radiomikrofonlarning yana boshqa bir turi - bu yoqa mikrofonlaridir, ularning asosiy
qo‘llanilishi, televidenieda, tok-shoularda, vidio tasvirga olishda, turli prezentatsiyalarda
ishlatiladi. Bu mikrofonlarning o‘lchamlari juda kichkina bo‘lib ular qistirgich sifatida
biriktiriladi. Uzatkich esa, belbog‘da yoki cho‘ntakka joylashtiriladi. Ko‘p radiomikrofonlarda
radiokanalda chastota modulyatsiyasi uslubi qo‘llaniladi. Oddiy radiomikrofonlar 170÷220
MGs chastota diapazonida ishlaydi. Bu diapazonda bir vaqtning o‘zida 8 tagacha tizimni
ishlatish mumkin.
Murakkab va qimmat tizimlar esa, yuqoriroq 1 GGs gacha bo‘lgan chastota diapazonida
ishlaydi. Ularning texnik yechimi ancha murakkab bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 15 va undan ortiq
tizimni ishlatish mumkin. Uzatkichning quvvati odatda 50 mVt bo‘lib, uni aniq qabul qilish
masofasi 100÷150 metrni tashkil etadi.
Oddiy radiomikrofonlar odatda bitta antennaga ega. Ammo, bu chastota diapazonida
radioto‘lqinlar turli jismlardan, devor va b.q kabilardan qaytib murakkab interferensiya hosil
qiladi, shu sababli qabul qilish joyida «sokinlik» zonasi paydo bo‘ladi. Shuning uchun
murakkabligi va qimmatliligiga qaramasdan ikki antennali tizimlar ishlatiladi, Ularning ishlash
prinsipi shunday, agarda bitta antenna «sokinlik» zonasida bo‘lsa, ikkinchisi fazoda birinchisi
bilan ajratilgan holda ishonchli qabul qilishni davom ettiradi.
|
| |