O‘zgartirgich-dvigatelga radiokarnaylar, o‘zgartirgich-generatorga mikrofonlar misol bo‘la
oladi. Elektroakustika fanining asosiy vazifasi tuzilishi va belgilanishi turlariga qarab tovush
chastota tebranishlarini elektromexanik o‘zgartiruvchi asboblarni loyihalash va hisoblashdan
iborat.
O‘zgartirgichlarning umumiy nazariyasi to‘rt qutbliklar nazariyasiga asoslanadi.
Akustik signallarni elektr signallarga va aksincha, elektr signallarni akustik signallarga
o‘zgartirish eshittirish kanalining uzatish va qabul qilish tomonlarida amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilgandek, bunday o‘zgartirishlarni amalga oshiradigan apparatlar, elektromexanik
o‘zgartirgichlar deb ataladi, ya’ni mexanik tebranishlarni elektr tebranishlarga aylantiradigan
o‘zgartirgichlar - generator, elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga aylantira
o‘zgartirgichlar-dvigatel deb ataladi.
Signallarni o‘zgartirish nochiziqli buzilishlarga olib kelmasligi uchun, eshittirish texnikasida
qo‘llaniladigan elektromexanik o‘zgartirtirgichlar yetarli aniqlikda chiziqli o‘zgartirish shartini
qanoatlantirishi kerak. Bu shart vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan qiymat, o‘zgartirgichning ikki
tomonidagi elektr va mexanik signallar o‘zaro chiziqli tenglamalar bilan bog‘langan.
Ko‘pchilik elektromexanik o‘zgartirgichlar qaytariluvchan, ya’ni ular o‘zgartirishni ikki
tomonlama bajaradi. Qaytarilmaydigan o‘zgartirgichlar turi kam, ularga ko‘mirli mikrofonlar
misol bo‘laoladi.
Ishlash prinsipiga qarab o‘zgartirgichlar induktivli va sig‘imli turlarga bo‘linadi.
Induktivli o‘zgartirgichlarda siljituvchi kuch toklarning o‘zaro ta’siri tufayli paydo bo‘ladi,
elektr yurituvchi kuch esa, magnit oqimi o‘zgarishiga bog‘liq.
Sig‘imli o‘zgartirgichlarda siljituvchi kuch zaryadlarning o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladi,
hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanish esa, sig‘imlarning o‘zgarishi natijasidir.
Pezoelektr o‘zgartirgichlarni alohida guruhga kiritadilar ammo, rasmiy ravishda ular sig‘imli
turdagi o‘zgartirgichlarga kiradi