44. Mikrofonlarni ishlatish xususiyatlari?
Mikrofonlar belgilanishi bo‘yicha uchta katta guruhga bo‘linadi: maishiy magnit yozuv
apparatlar uchun; professional maqsadlar uchun va maxsus belgilanishi bo‘yicha.
Professional mikrofonlar ham belgilanishi bo‘yicha qo‘yidagilarga ajratiladi: ovoz yozish va
uzatish, musiqa va badiiy nutqlarni yozish studiyalari telekinostudiyalardan uzatish uchun;
tovush va musiqa kuchaytirish tizimlari uchun; akustik o‘lchovlar uchun; dispetcher aloqasi
uchun.
Undan tashqari mikrofonlar konstruktiv yechimi va signal manbaiga nisbatan joylashishi
bo‘yicha:
-
pol ustidagi ustunchaga o‘rnatilgan;
-
stolda yoki minbarda o‘rnatilgan;
-
ichiga o‘rnatilgan (masalan, yig‘ilishlar stoli);
-
estrada solistlari uchun (qo‘l mikrofonlari);
-
yoqa mikrofonlari (kiyimga biriktiriladigan);
-
radiomikrofonlar;
-
inshoatdan uzoq masofada joylashganda reportaj olib borish yoki xujjatli tasvirlarga
tushirishda qo‘llaniladigan (o‘ta yo‘naltirilgan mikrofonlar);
-
qatlam chegarali mikrofonlari (RZM-mikrofonlari).
Mikrofonlarni tanlashda ularning ishlash sharoitlarini bilmasdan turib biron-bir tavsiya berish
juda qiyin, chunki ma’lum konstruktiv yechimdagi mikrofon boshqa sharoitlarga va
belgilanishiga mutloq to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Studiya mikrofonlarining ekspluatatsiyasi. Tovush yozish va televidenie eshittirish studiyalari
yuqori elektroakustik parametrlarga ega bo‘lgan keng polosali mikrofonlar bilan ta’minlangan
bo‘lishi shart. Shuning uchun studiyalarda yo‘nalgan, diagrammalari o‘zgaradigan keng
chastota va dinamik diapazonli kondensatorli mikrofonlar ko‘llaniladi. Undan tashqari
kondensator mikrofonlarining sezgirligigi dinamik mikrofonlarga qaraganda 5-10 marta yuqori
bo‘lib, eshitiladigan o‘tish buzilishlari deyarlik yo‘q, chunki qo‘zg‘aluvchi tizimning rezonans
chastotasi yuqori chastota chegarasiga yaqin bo‘lib, juda kichik asllikka ega.
Shuning uchun ovoz yozish studiyalari va ovoz yozish tizimlarida , universal mikrofonlar
sifatida kardioidali yo‘nalganlik diagrammaga ega bo‘lgan kondensatorli mikrofonlar KM 84,
KM 184 (Neman), C460B (AKG) va MKE-13m (M-mikrofonlar) qo‘llaniladi. Kondensatorli
mikrofonlarning kamchiligi sifatida alohida ta’minot manbai va u bilan bog‘liq bo‘lgan
kuchlanish bloki zarurligi, sezgirligi haroratning keskin o‘zgarishi va namlikka bog‘liqligini
ham aytish kerak. Haroratga bog‘liqligi shundaki, mikrofonga bevosita ulangan
kuchaytirgichning kirish qarshiligi 0,5÷2 GOm, shuning uchun namlik katta bo‘lganda bu
qarshilik kamayadi, natijada past chastotalar susayib, shovqin sathi oshadi. Shu sababli
kondensatorli mpkrofonlarni ochiq havoda deyarlik qo‘llamaydilar.
Mikrofonlarni studiyalarda odatda pol ustunchalariga yoki «laylak» tayoqchalarga o‘rnatadilar.
Mikrofonlar studiyalarda yozuv vaqtida qo‘zg‘atilmaydi, tayoqchalar esa, mustahkam etib
amartizatorlarga o‘rnatiladi. Mikrofonlarni o‘rnatishga bo‘lgan ko‘p talablar odatda ko‘z bilan
chamalanadi. Masalan, televidenie yozuvida kadrga tushishi mumkin bo‘lgan mikrofon
o‘lchamlari katta bo‘lmasligi, qoplamalari yaltiroq bo‘lmasligi kerak. Televidenie rang
tasvirlarni aniq kafolatli uzatish kerak. Kadrdan tashqarida ko‘chma mikrofonlar qo‘llaniladi.
Ko‘chma mikrofonlarni eshittirish davomida joylaridan qo‘zg‘atish mumkin bo‘lganligi uchun
ularni shamoldan saqlash, titrash va silkinishshlardan himoyalashning maxsus chora-tadbirlari
ko‘riladi. Tovush manbaigacha bo‘lgan nisbatan uzoq masofa va katta shovqin odatda
yo‘nalgan yoki o‘ta yo‘nalgan mikrofonlarni qo‘llashni taqozo etadi.
Bir tomonlama yo‘nalgan mikrofonlar ijrochilar keng burchakda tashkil etib joylashganlarida
va yozuv vaqtida bir necha mikrofonlardan foydalanib alohida guruhlarni ajratish zarurati
bo‘lganda va shuningdek tashqi shovqinlarni yozuv jarayoniga ta’sirini kamaytirish maqsadida
qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama yo‘naltirilgan mikrofonlar duet yozuvlarda, ashulachi va akkompaniator
muloqatlarda, kichik musiqa tarkibidagi yozuvlarda, hamda shovqin manbai yo‘nalishini
susaytirish yuqsadlarida qo‘llaniladi. Bu vaziyatda mikrofonlar shovqin manbaiga yoki to‘lqin
qaytaruvchi yuza zonalariga minimal sezgirlikdagi yo‘nalishda o‘rnatadilar.
Yo‘nalganlik diagrammasi «sakkizsimon» mikrofonlar ham yakkaxon xonandani yoki alohida
musiqa asboblarini ajratish zarura bo‘lganda ijrochiga bevosita yaqin joylashtiriladi. Bunda
tovush manbaidan yaqin masofalarda tovush to‘lqinlarining doirasimonli natijasida ro‘y
beradigan «yaqin zona effekti» foydalaniladi. Mikrofonning birinchi va ikkinchi akustik
kirishlariga fazalarigina emas, balki amplitudalari ham boshqa bo‘lgan signallar ta’sir etadi. Bu
effekt ko‘proq «sakkizsimon» diagrammali mikrofonlarda namoyon bo‘lib, boshqalarida
umuman kuzatilmaydi.
Yo‘naltirilmagan mikrofonlar xonada bir necha mikrofonlar o‘rnatilib yozuv jarayoni olib
borishda, umumiy akustik muhitni uzatish uchun qo‘llaniladi, shuningdek nutq, ashula va
musiqalarni tovush kuchli so‘ndirilgan xonalarda, turli uchrashuvlarni yozish uchun ham
qo‘llaniladi.
Keyingi paytlarda shunday yozuvlar uchun ko‘proq RZM mikrofonlari qo‘llanilmoqda. Ovoz
rejissyorlari orasida RZM abbreviatura mikrofon turining belgilanishi sifatida o‘rnashib qoldi.
Uni birnecha ; alternativ nomlari, masalan «boundary-mikropone» yoki «chegara qatlam
mikrofoni» kabi nomlari mavjud.
Ma’lumki, mikrofon to‘lqin qaytaruvchi yuzaga yoki to‘siqqa yaqin joylashgan bo‘lsa, unda
qo‘shimcha amalda yo‘qotib bo‘lmaydigan chastot tavsifining taroqsimon effekti paydo
bo‘ladi. RZM mikrofonlar chastota tavsifining taroqsimon effektini yo‘qotadi, chunki ular
to‘lqin tovushlarni yangicha prinsipda qabul qiladi. Tovush chegaraga yetgan zahoti (devor,
stol, pol) uning oldida 4 - 5 millimetrli tovush qatlami paydo bo‘ladi. Shu qalinlikda to‘g‘ri va
qaytgan signallar kogerent, fazalari saqlangan holda qo‘shiladilar. RZM mikrofonlarda
o‘zgartirgich shu bosim zonasi chegarasida joylashgan, shu bois faza interferensiyasi paydo
bo‘lishini yo‘qotadi. Bunday mikrofonlarni yo‘nalganlik diagrammasi mikrofon joylashgan
yuza yo‘nalishi va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib yarim doiraga yaqin. «Chegara qatlami»
mikrofoniga misol tariqasida S562VL (AKG) va MK 403 (Nevaton) keltirish mumkin.
RZM mikrofonlari dekoratsiyalarda yaxshi niqoblanib, stolda o‘rnatilganligi sezilmaydi.
Chegara qatlamda tovush bosimining oshishi, mikrofon sezgirligini 6 dB oshiradi.
RZM mikrofonlarining jaranglashi boshqalarnikidan ajralib turadi. Birinchidan, ijrochilardan
uzoqda bo‘lganda ularga tiniq tembr xos va diffuziya maydonining signal qiymati katta.
Ikkinchidan, signal tushish burchagiga bog‘liq bo‘lmagan tekis amplituda chastota tavsifiga
ega.
RZ2M mikrofonlari tovush manbaiga yaqin joylashgan yo‘naltirilmagan mikrofonlarga
qaraganda ko‘proq sub’ektiv jarangroq tovushni beradi. Va nihoyat, ijrochi qo‘zg‘alganda
uning tembri an’anaviy texnika yozuvlaridagiga qaraganda kamroq o‘zgaradi. Gap shundaki,
tovush signalini qabul qilish joyida signalning chastota tavsifi doimo cho‘qqi va cho‘kmalardan
iborat bo‘ladi. Agarda, tovush manbai mikrofonga nisbatan siljiyboshlasa, mikrofonga
tushayotgan tovush va birinchi tovush qaytarilishi fazalari nisbati ham o‘zgaradi. Natijada,
tavsif cho‘qqi va cho‘kmalari surilaboshlaydi va tembr o‘zgarish effektini beradi. Ikkita RZM
mikrofonidan yaxshi stereomikrofon hosil qilish mumkin.
Alohida guruhni «kamera ustida» mikrofon tashkil etadi. Videokameralarda odatda nisbatan
katta bo‘lmagan yengil, yo‘nalganligi kardioida diagrammasidan o‘tkirroq mikrofonlar
qo‘llaniladi. Misol sifatida MKE-24 va MKE-25 (Mikrofon-M) mikrofonlarini aytish mumkin.
Tovush kuchaytirish tizimlarida mikrofonlarning ishlash xususiyat-larii. Professional-musiqa,
tovush kuchaytirish tizimlari, teatr, konsert zallaridan eshittirishlarni translyatsiya qilish uchun
yana bir guruh mikrofonlar qo‘llaniladi. Tovush kuchaytirish tizimlarida mikrofonlarning
ishlash xususiyatla-ridan biri ayrim chastotalarda (parazit teskari aloqa natijasida
mikrofonlarning o‘z-o‘zidan uyg‘onishidir bu hodisa mikrofonga qaytarilgan to‘lqin tovushlari
to‘g‘ridan-to‘g‘ri radiokarnaydan ship, devor va boshqa yuzalardan kelishi natijasida sodir
bo‘ladi. Bular odatda zalni ovozlashtirishdagi tovush bosimini cheklaydi. Tizimning
barqarorligini oshirish, signalni maxsus elektron qayta ishlash quyida ko‘riladigan bir necha
oddiy yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
1.
Mikrofonni birlamchi signalga maksimal yaqinlashtirish (ijrochiga, notiqqa, musiqa
asbobiga), ya’ni yoqa va qo‘l mikrofonlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Ta’kidlab o‘tamiz, yoqa
mikrofonlari odatda yo‘naltirilmagan, shuning uchun ularni notiqqa yaqinlashtirilishi ularning
chastota tavsiflariga ta’sir etmaydi.
2.
Notiqni va mikrofonni radiokarnaydan hamda tovush qaytaruvchi yuzalardan imkoniyati
boricha uzoqlashtirish zarur.
3.
Mikrofonning yo‘nalganlik diagrammasini to‘g‘ri tanlash va uning ishchi o‘qini shovqin
manbai, hamda radiokarnay va tovush kolonkalariga nisbatan to‘tri yo‘naltirish kerak.
Tovush quchaytirish tizimlarida va televidenie translyatsiyasida kichik mikrofonlardan ko‘proq
foydalanilishi maqsadga muvofiqdir.
Konsert zallarida, estrada, tribunalarida katta halaqitlar va vibratsiyalar bo‘lishi ehtimoli bor,
shuning uchun ko‘p mikrofon ustunlari tebranish yutgichlarga qarshi maxsus choralar ko‘riladi:
mikrofon kapsulasi amortizatsiyalanadi yoki mikrofon g‘ilofidan ajratiladi, past chastotalarni
qirquvchi elektr filtrlar qo‘llaniladi.
Yevropaning (AKG, Sennheiser, Vevdynamik), amerikaning (Yelectro-Voice, Shure),
rossiyaning Bayton - 2 firmalari shunday mikrofonlarni ishlab chiqaradi. Shuni aytish kerakki,
dinamik mikrofonlar kondensatorli mikrofonlarga qaraganda tebranishlarga ancha chidamli.
Nutqlarni kuchaytirish tizimida (konferenszal, majlislar zali, dramteatrlar va b.q.) asosiy mezon
bo‘lib tembrni to‘g‘ri uzatish emas nutqning aniqligi hisoblanadi, shuning uchun mikrofonlar-
ning chastota diapazonini 100÷10000 Gs bilan cheklash va past chastotalarda 300÷400 Gs
boshlab 10÷12 dB pasayishiga qoniqish hosil qilish kerak. Bunday mikrofonlarga D541,
D558V, D590, S580 (AKG) va MD-91, MD - 96, MD-97 (Mikrofon -M) misol bo‘la oladi.
Chastota diapazonini yana ham siqish 500÷5000 Gs nutq aniqligiga zarar yetkazmagan holda
notiq tovushi tembrini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi, bu esa yuqori sifatli tovush
kuchaytirishda unchalik zarur emas. Shuning uchun chastota diapazoni 500÷5000 Gs va undan
tor bo‘lganda bunday mikrofonlardan faqat aloqa qurilmalarida, tovush tembrini saqlash
unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan, faqatgina harakatlar ma’nosini, komandalarni to‘g‘ri
uzatish uchungina foydalanadilar.
Yoqa mikrofonlari. Alohida guruh mikrofonlariga ko‘krak yoki yoqa mikrofonlari kiradi. Ular
televidenie va tovush kuchaytirish tizimlarida qo‘llaniladi.
Yoqa mikrofonlari odatda bosim qabul qilgich bo‘lib, ular yengil va o‘lchamlari kichik va
kiyimga maxsus biriktiriladigan moslamaga ega (5.36-rasm). Bu mikrofonlar turiga SK97 - 0
(AKG), MKE10 (Sennheiser), KMKE400 (Nevaton) va b.q. kiradi.
Bu mikrofonlarning afzalliklari va kamchiliklari bor. Birdan-bir afzalligi shundaki, bu
notiqning erkinligi, mikrofonning foydali tovush manbaiga yaqinligi.
Kamchiligi - mikrofonni ko‘krak qafasiga yaqinligi, bu past chastotalarning rangiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda manba bloki notiqlarga noqulayliklar yaratadi. Mikrofon
kabellari kiyimlarga ishqalanib shovqin hosil qiladi. Undan tashqari bunday mikrofonlarni
qo‘llashda psixologik noqulayliklar ham mavjud.
Ochiq havoda ishlash uchun mo‘ljallangan mikrofonlar har qanday havoda ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak: yomg‘ir, qor, shamol va h.k. Shu maqsadlarda odatda dinamik
mikrofonlar qo‘llaniladi. Ular boshqa turdagi mikrofonlarga qaraganda chidamliroq. Shamolga
qarshi chidamliligini oshirish maqsadida, ular shamolga qarshi qalpoqcha bilan jihozlanadi. Bu
mikrofonlarda alohida ta’minot manbaining bo‘lmasligi ularning afzalligidir. Ko‘chalarda
reportajlar olib borish uchun qo‘l mikrofonlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki
ular shamol va tasodifiy turtkilarga chidamli. Bunday mikrofonlarga misol tariqasida G‘-115
(Sopu) va MD -83 (Mikrofon -M) keltirish mumkin. Ochiq joyda tovush kuchaytirishda
yuqoridagi sabablarga ko‘ra yo‘nalgan mikrofonlardan foydalanish afzal, shu aytish lozimki
mikrofonlarga qor, yomg‘ir tegmasligi kerak (ayvoncha yoki kichik budka bo‘lishi kerak).
ega. Bunday mikrofonlarda tebranishga
|